Falsafiy dunyoqarash va uning o`z-o`zini anglashdagi roli reja



Download 47,83 Kb.
bet1/13
Sana04.08.2021
Hajmi47,83 Kb.
#137988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sherzod


FALSAFIY DUNYOQARASH VA UNING O`Z-O`ZINI ANGLASHDAGI ROLI

Reja:


  1. Falsafiy dunyoqarash nima degani?


  2. Falsafaning asosiy xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti


  3. Falsafiy bilim tarkibi




1. Falsafiy dunyoqarash nima degani?
Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi.

Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.

Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.

«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.

Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2 degan savol tug‘ilishi mumkin.

Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliy o‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.

Ba'zi ta'limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.

Falsafaning o‘z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo‘lgan, biroq 20-asr mobaynida «falsafa»ni ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»3

.

Umuman falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiy-falsafiy jarayon - bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo umuman falsafani emas.



Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha aytganda ularning mashg‘ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning tushunchasida falsafa deganda, iboralarning mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot yoki tajribada hosil kilingan ma'lumotlarning tanqidiy bahosi berilgan bo‘ladi.

Hamonki shunday ekan, kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va boshqa falsafiy maktablarga mansub bo‘lgan barcha faylasuflarni nima birlashtiradi? Ushbu savol va demakki «Falsafa nima degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya'ni uning ma'naviy faoliyatning ma'lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zarur.





Download 47,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish