Falsafiy dunyoqarash va uning o`z-o`zini anglashdagi rol falsafiy dunyoqarash nima degani?



Download 41 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi41 Kb.
#731864
Bog'liq
1-mavzu Falsafiy dunyoqarash va uning o`z-o`zini anglashdagi roli reja-fayllar.org



1-mavzu
FALSAFIY DUNYOQARASH VA UNING O`Z-O`ZINI ANGLASHDAGI ROL

Falsafiy dunyoqarash nima degani?


Agar falsafaso‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi.
Diogen Laertskiy(eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba'zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba'zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat'iy ilmiy ta'rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta'riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e'tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2degan savol tug‘ilishi mumkin.
Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta'riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastuta'limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sinofalsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta'riflagan. Boshqa yo‘nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta asr ilohiyotchisi al-G‘azzoliyo‘zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
Ba'zi ta'limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma'noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to‘g‘risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta'rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o‘z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko‘pchilik faylasuflar aynan o‘z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar.
Falsafaning o‘z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo‘ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo‘lgan, biroq 20-asr mobaynida «falsafa»ni ta'riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»3
.Umuman falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831)muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. Boshqa faylasuflar tasavvuriga ko‘ra tarixiy-falsafiy jarayon - bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta'limot sifatida mavjud emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda kilish mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo umuman falsafani emas.
Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo‘nalishga tegishliliklaridan qat'iy nazar, faylasuflar o‘zlari falsafa bilan shug‘ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O‘z raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat'i nazar, ularni «noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki, ular har holda faylasuf deb ataladilar. Boshqacha aytganda ularning mashg‘ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ularning faylasuf deb atalishiga asos bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning tushunchasida falsafa deganda, iboralarning mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot yoki tajribada hosil kilingan ma'lumotlarning tanqidiy bahosi berilgan bo‘ladi.
Hamonki shunday ekan, kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va boshqa falsafiy maktablarga mansub bo‘lgan barcha faylasuflarni nima birlashtiradi? Ushbu savol va demakki «Falsafa nima degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya'ni uning ma'naviy faoliyatning ma'lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zarur.
Falsafa dunyoqarash sifatidaHar qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta'riflar: falsafa - bu dunyoqarashyoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub'ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub'ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e'tiqodva aqidalarkiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiyva ilmiytusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiyong va ijtimoiyong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh(diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqarituzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.
Falsafa nazariy tafakkur sifatida
Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariyshaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma'lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an'analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqyea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi daobilimi (bevosita ma'lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao(mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «er yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi»4.
Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatidaTajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e'tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»5. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta'rif(«nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish(«nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini bilmaydilar»6.
Dunyoning an'anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya'ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan.
Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarashhamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir.
Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq, nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) turidir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi.
Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz.
Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqyea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta'rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib, u biron-bir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zaruratva boshqalar ishlab chiqilgan.
Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga– o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyilligi, ya'ni o‘z-o‘zini bilishi, falsafiy fikrni o‘ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi. Falsafa nimanidir o‘rganib qolmay, balki shu o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi.
Falsafa umumiy metodologiya sifatidaFalsafa bilish va amaliyotning universal tamoyillarini o‘rganishi bilan ham umumiy usul, ham metodologiyadir.
Inson o‘zining amaliy va bilish faoliyatida qanday yo‘l va usullar bilan u yoki bu natijaga erishishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylamasligi mumkin emas. Avval boshdanoq maqsadga yo‘nalganlik xos bo‘lgan inson faoliyatining o‘zi o‘zining universal xususiyati sifatida usullashtirishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, gap, turli usullarning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ketayapti. Buni keng ma'noda, har xil masalalar (kundalik, nazariy, pedagogik, texnik va boshqalar)ni hal qilish uchun qo‘llanadigan umumlashtirilgan yo‘l, usul va tamoyillarning majmui sifatida tushunish kerak.


Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish