Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba'zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e'tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e'tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta'limotlarga, xususan, Platon falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |