1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta
’limi yo’nalishi
2-bosqich talabasi Naqibjonov Sherzodbekning
“FALSAFANING UMUMNAZARIY MASALALARI”
fanidan
REFERAT
Mavzu: Yangi va eng yangi davr falsafasi.
Namangan
– 2013
2
Annotatsiya
Ushbu referatda falsafaning muhim rivojlanish bosqichini yoritib berilgan.
Jumladan, G
’arbiy yevropa va O’rta osiyodagi falsafiy fikrlar rivoji haqida
umumiy tasavvurlar beradi. Ushbu davrda yashab ijod qilgan fransuz
mutafakkirlari F.Bekon, R.Dekart ingliz faylasuflar T.Gobbs, J.Lokk kabi
faylasuflarning falsafiy qarashlari haqida fikr yuritiladi. Qolaversa O
’rta Osiyodan
Al- Buxoriy, B. Mashrab, So
’fi Olloyor va M.Behbudiy kabi qomusiy olimlarning
falsafiy ta
’limotlari haqida ma’lumotlar berilgan.
3
MAVZU: YANGI VA ENG YANGI DAVR FALSAFASI
Reja:
1. Kirish
2. XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi.
3. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari.
4. XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
4
KIRISH
G
‘arb falsafasida yangi zamondan boshlab sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan
ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq
qilinadigan bo
‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta'limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona
asosga ega bo
‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy
tafakkur tarzi bo
‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik
chegaralari XVII
– XIX asrning birinchi uchligidan iborat.U Bekondan boshlanib, Gegel bilan
yakunlandi va uning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.
Prinsipial, qat'iy ratsionalizm. Aynan ana shu xususiyati bilan antik davr
kosmotsentrizmi, o
‘rta asr teotsentrizmi, uyg‘onish davri antropotsentrizmidan farq qiladi.
Fikrlovchi individ, uning aqlining muqaddaslashtirilishi, borliqning etaloniga aylantirilishi
klassik ratsionalizmning mohiyatini tashkil etadi.
2.
Epistemologik optimizm, insonning bilish qobiliyatiga nisbatan cheksiz ishonch.
Bilib bo
‘lmaydigan narsalar yo‘q, hatto xudoni ham bilish mumkin, haqiqatga to‘la hajmda
erishsa bo
‘ladi, degan fikr ana shu optimizmning asosida yotadi.
3.
Progress g
‘oyasining asoslanishi. Bu g‘oyaga muvofiq aql-zakovatga ega inson
ijtimoiy hayotni o
‘z maqsadlarini tashkillashtirish va shu asosda baxt-saodatga erishishga qodir.
Tarix insonparvarlik, adolat, erkinlik sari harakatlanadi; bu ayniqsa XVIII asr fransuz
ma'rifatparvarlari ijodida yaqqol ifodalangan.
4.
O
‘z-o‘zini anglash g‘oyasining ilgari surilishi. Bu g‘oyaga muvofiq, inson aql
kuchi ila o
‘z mohiyatini, borliqda tutgan o‘rnini tushunib yetadi, (nemis mumtoz falsafasida bu
markaziy falsafiy masalalardan biri sifatida tahlil etiladi).
Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo
‘lib o‘tgan ilk burjua revolyusiyalari,
ularning G
‘arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy
etishiga ko
‘rsatgan ta'siri yangi davrning muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki,
yirik mashinali ishlab chiqarish fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va
Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur'atlar
bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar davr
amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo
‘ldi. Tabiyotshunoslik bilan uzviy aloqada,
o
‘rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr falsafasi shakllandi. Bu
falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi, o
‘zida davr bilishi
xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning kashfiyotlari, Nyuton tomonidan
mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida
to
‘liq shakllanishiga, mexanitsizmning esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va
metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning
mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo
‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar to‘plash bilan
ovora bo
‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e'tibordan chetda qoldirishga, o‘z navbatida,
tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish usulining shakllanishiga va uning keng
qo
‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Ilk burjua revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining
vujudga kelganligini, ilmiy va falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana
borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta'kidlash
zarur.
5
1. XVI asr oxiri va XVII asrda G
‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi.
XVI asr oxiri va XVII asrda G
‘arb falsafasi sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan
ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq
qilinadigan bo
‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta'limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona
asosga ega bo
‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy
tafakkur tarzi bo
‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik
chegaralari XVII
– XIX asrning birinchi uchligidan iborat. U Bekondan boshlanib, Gegel bilan
yakunlandi.
Ushbu davr buyuk faylasuflaridan biri bu - F.Bekon (I56I-I626)dir. Yangi davr fani va
falsafasining asoschisi. Uning dunyoqarashida Angliyada burjua revolyusiyasi arafasida vujudga
kelgan vaziyat, xususan dastlabki kapital jamg
‘arish bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, shakllanib
kelayotgan yangi ijtimoiy tabaqalarning intilishlari, ularning tabiatni ilmiy asosda bilishdan
manfaatdorligi o
‘z ifodasini topgan.U sxolastik falsafani chin bilim olish yo‘lidagi g‘ov deb
hisoblab, uni keskin tinqid qiladi va fanni isloh qilish lozimligini asoslaydi. Aristotel
“Organon”i
(mantiqiy asarlar to
‘plami) ga qarshi o‘z asarini “Yangi Organon” deb atab, unda yangi sharoitda
fanning asosiy vazifalari va metodi masalasini muhokama qiladi.
“Bilim-kuch” degan shiorni
maydonga tashladi. Uning fikricha, ilmiy bilishning bosh vazifasi
– tabiatda sodir bo‘layotgan
hodisalarning sabablarini aniqlash va shu asosda kishilar hayotini yaxshilashdir.Bekonning fanni
isloh qilish shartlari hahidagi fikrlariga alohida e'tibor berish lozim. Uningcha, fan tajribaga
asoslanishi zarur. Bilish jarayoni konkret hodisalarni o
‘rganishga, faktlarni to‘plashdan ularni
umumlashtirishgacha bo
‘lgan yo‘lni bosishi kerak. Shuning uchun ham ilmiy bilishning asosiy
mantiqiy usuli induksiya, induktiv metoddir. Shu tariqa Bekon o
‘zining induktiv mantiq
sistemasini yaratdi. Lekin, shuni ham ta'kidlash kerakki, ingliz faylasufi bilishda deduksiyaning
rolini inkor qilgan emas. Xususan, u faktlarga urg
‘u berib, ularni yig‘ish bilan ovora bo‘lgan sof
empiriklarni kerakmi yoki keraksizmi ekanligini o
‘ylab o‘tirmay, barcha narsalarni uyasiga
tashiydigan chumolilarga o
‘xshatadi.
XVII asr fransuz falsafasi va fanining boshqa bir yorqin vakili
– R.Dekart (I596-I650).
Uning fikricha, falsafa barcha mavjud bilimlarni o
‘zida mujassamlantirib, yaxlit sistema holida
mavjud. Bu sistemani u daraxtga qiyos qilib, uning ildizini
– metafizika, tanasini – fizika,
shoxlarini esa
– boshqa barcha fanlar (ular oxir-oqibatda meditsina, mexanika va etikaga borib
taqaladi) tashkil qiladi, deydi. Dekart falsafasining asosiy belgisi
– jon va tana dualizmidir. Olim
fikricha, bir-biridai mustaqil holda 2 ta asos: moddiy (xajm, materiya) va moddiy bo
‘lmagan
(tafakkur) substansiyalar mavjud bo
‘lib, ularning o‘zaro ta'siri inson tabiatini belgilaydi. Dekart
fizikasining (tabiat haqidagi ta'limotining) Yangi davr falsafasining taraqqiy etishdagi rolini
alohida qayd etish zarur. U fizika, kosmologiya, matematika, masalalarini faqat faylasuf sifatida
emas, tabiyotshunos olim sifatida ham tadqiq qilgan.Materiya, Dekart fikricha, bir jinsli bo
‘lib,
o
‘z chegarasiga ega emas; u bo‘shliqda mavjud emas, cheksiz bo‘liniishi mumkin. Harakatni u
mexanistik tarzda tushungan, ya'ni jismlarning bir-biriga bergan turtkisi natijasida hosil bo
‘ladi,
deb hisoblagan. Harakatning oxirgi sababini xudodan qidirgan. Bilish nazariyasida Dekart
ratsionalist bo
‘lgan, ya'ni aqlni bilishning asosiy vositasi deb hisoblagan. Uning fikricha.
Sezgilarimiz va fikr yuritishimizdagi ayrim xatolar mavjud bilimlarga shubha bilan qarashni
taqoza qiladi. Bu fikri uchun Dekartni skeptitsizm yoki agnostitsizmda ayblash xato bo
‘ladi,
albatta. Dekart, Bekon singari, shubhalanishni aniq va chin bilim olishga xizmat qiladigan usul
deb hisoblaydi. U quyidagicha mulohaza yuritadi:
“Men shubhalanayapman, demak, men fikr
yuritayapman
”, “Men fikr yuritayotgan ekanman, demak, men mavjudman”. Dekart ilgari surgan
bu tezislar, ayniqsa ikkinchisi, uning falsafiy pozitsiyasini tushunish uchun muhimdir. Uning
fikricha, inson fikr yuritish orqali o
‘zining borlig‘iga ishonadi. Dekart ratsional metodi bilish
oldiga bir qancha talablarni qo
‘yadi. O‘zining “Metod to‘grisidagi mulohazalar” asarida u
quyidagilarni ko
‘rsatib o‘tadi:
1) aniq va ravshan bo
‘lgan bilimlarnigina chin bilim deb hisoblash;
2) har bir murakkab muammoni qismlarga bo
‘lib o‘rganish;
3) ma'lum bo
‘lgan va isbotlangan narsalardan noma'lum narsalarga qarab borish;
6
4) hech bir bo
‘g‘inni qoldirmagan holda, muammoni izchil mantiqiy asosda o‘rganish.
Dekart falsafiy dunyoqarashiga umumiy baho berib, uning dualistik xarakterga ega
ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir o
‘tkazganligini aytish lozim.
Ingliz faylasufi Gobbs (1588-1679) Angliyada burjua revolyusiyasi amalga oshirilib,
burjuaziya siyosiy jihatdan mustahkam pozitsiyaga ega bo
‘lgan davrda yashagan. Burjuaziya
bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma'naviy hayotida sezilarli rol o
‘ynardi.
Gobbsning qarashlarida shu davrdagi mamlakatda sodir bo
‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar,
burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo
‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning
asosiy asarlari:
“Fuqaro haqidagi ta'limotning falsafiy elementlari”, “Leviafan”. Gobbs Bekon
falsafasini sistemaga solgan mutafakkirdir. Uning ta'limotiga ko
‘ra, olam moddiy predmetlar
yig
‘indisidan iborat. Moddiy bo‘lmagan substansiya yo‘q, barcha harakat va o‘zgarishlarining
asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo
‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada
deb biladi. Bilish g
‘oyalar yordamida amalga oshiriladi. Dekartdan farqli o‘laroq, Gobbs
goyalarni tug
‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat
deb biladi, ya'ni sensualizm ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat g
‘oyalarning emas, balki
butun bilishimizniig manbaini tashqi sezgilar tashkil qiladi. Predmetlar ta'siri natijasida
ongimizda boshlangich g
‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib
(taqqoslash, qo
‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs
bilish nazariyasida nominalizm pozitsiyasida turadi. Uningcha, g
‘oyalar ayrim faktlarni ifoda
qiladi. Umumiy xususiyatlar va aloqalar til orqali aks ettiriladi, ular ob'ektiv xarakterga ega
emas. Gobbs falsafasida uning davlat va huquq haqidagi ta'limotining ustun turishiga e'tibor
berish ham lozim.
“Leviafan” asarida u jamiyat taraqqiyotida 2 ta holatni: tabiiy va fuqarolik
holatini farq qiladi. Kishilar dastlab tabiiy holatda yashaganlar va tabiatning o
‘z-o‘zini saqlash
qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo
‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib
olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to
‘qnasha
boshlaydi, hammaning hammaga qarshi urushi holati vujudga keladi. Kishilar tinchlikni istab,
o
‘zaro kelishishiga, shartnomalar tuzishga, o‘zlarining ba'zi xuquqlaridan voz kechib, shaxsiy
irodasini bitta kishi yoki bir guruh kishilar ixtiyoriga berishga majbur bo
‘ladilar. Shu tariqa,
Gobbs ta'limoticha, davlat va huquq vujudga keladi va jamiyatning fuqarolik holatiga o
‘tiladi.
Uning fikricha, davlatning zng maqbul va mukammal shakli absolyut monarxiyadir. Din va
cherkov, ilmiy va axloqiy qarashlar
– barchasi davlat hokimiyatining ixtiyoriga bo‘ysungan
bo
‘lishi lozim.Gobbsning jamiyat haqidagi qarashlari, ayniqsa davlatni, uning kelib chiqishini
tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va
psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko
‘rsatdi.
Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua
revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi
dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish,
kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal
burjuaziyaning ideologi bo
‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan
keyin o
‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan
“tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta'limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka
o
‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal
emasligidir. Davlat kishilarning o
‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy
vazifasi
– inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson
aqli to
‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan
prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g
‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish
nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi
tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga
ta'sir qilishidan iborat bo
‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql
tomonidan qayta ishlanib, murakkab g
‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik,
do
‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini,
ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam
7
bilan bo
‘lgan o‘zaro ta'sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson
predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo
‘ladi. Birlamchi
sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo
‘lsa, predmetlarda
ham shunday, ya'ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang,
tovush, ta'm va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub'ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik
metodni
yaratishda sezilarli
rol
o
‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni
tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o
‘tgan.
Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677),
Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk
faylasuflar o
’z faoliyatlarini olib borganlar.
2. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari.
Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo
‘nalishlaridan birini ma'rifatchilik falsafasi
tashkil etadi. U G
‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya,
Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma'rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII
asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo
‘lgan intilishlarni
o
‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy
ta'limotdir.O
‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu
bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo
‘qotgan; ikkinchi
tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o
‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik
tomonidan e'tirof etilgan izchil ta'limotning shakllanib yetilmagan davriga to
‘g‘ri keladi.
Jamiyatning ilg
‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa
bo
‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a'zolarini dunyoviy
fanlarni o
‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma'rifatparvarlar fikricha,
qurilishi zarur bo
‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat
ko
‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot
bo
‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi
kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyili gumanizm g
‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning
falsafiy ta'limoti bo
‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya'ni uni
hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo
‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning
qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat
qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo
‘la turib, moddiy
bo
‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat
qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko
‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his
qilish qobiliyati mavjud bo
‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini,
hayotda o
‘z o‘rnini topishini ta'minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki
umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo
‘ladi, deb ta'kidlanadi.Inson o‘zi erishgan
yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur
– bu
tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta'lim berilganidek inson ta-
8
biatan yomon yoki yaxshi bo
‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar
ijtimoiy muhit ta'siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi.
Ularning mafkurasiga muvofiq to
‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma'rifatli, b) me'yor darajasida
xudbin bo
‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber»
tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy
tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta'minlaydigan tuzum
barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam
miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog
‘atda yashashni ta'minlashi mumkin.
Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir
ma'rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug
‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish
mavjud bo
‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi.
Didro ta'limoti bo
‘yicha, inson tabiatan yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat yaxshi bo‘lishga
tabiiy moyillik prinsipini jamiyat uchun yaxshi odam qilib shakllantirishi mumkin.Fransuz
ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari XIX, XX asrda dunyoviy taraqqiyot
yo
‘lini tanlagan qator mamlakatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Fransuz
ma'rifatarvarlarining o
‘lmas ta'limoti dunyoning gumanizm va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan
borib, demokratik tuzumning g
‘alaba qilishida g‘oyaviy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu
ma'rifatparvarlarning falsafiy-ijtimoiy qarashlari asosida Butun jahon inson huquqlari
deklaratsiyasi BMTda (1948) qabul qilindi. Ezgulikka yo
‘g‘pilgan ma'rifat – ijtimoiy
taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta'minlab beruvchi kuch
ekanligi va yer yuzida, Zardusht bashorat qilganidek, ezgulikning qabohat ustidan g
‘alaba
qozonishini ta'minlab bera oladigan yagona ilinj ekanligini insoniyatga sistemali bayon qilib
bergan kishilar fransuz ma'rifatparvarlar edilar.
3. XVI-XX asr boshlarigacha O
‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar.
Odatda, sharq uyg
‘onish davrining ikkinchi bosqichi sifatida qayd qilinadigan Temur
va temuriylar davri ham mamlakatimiz va mintaqamiz tarixiy taraqqiyotida juda katta iz
qoldirgan, insoniyat takdirida burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy hodisalarga boy davr hisoblanadi.
Ana shu buyuk siymolar zamoni ham Bahovuddin Naqshband, Xo
‘ja Ahror Vali, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug
‘bek, Ali Kushchi kabi yuzlab olimu fuzalolarni yetkazib
bergan edi.
XVI asrdan boshlab O
‘rta Osiyoda Xiva xonligi, Buxoro amirligi va keyinchalik – XVIII asrning
oxirlaridan boshlab
– Qo‘qon xonliklari tashkil topdi. Dunyoning boshqa mintaqalari bilan
savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarning sustlashuvi, ortodoksal islomning jamiyatda to
‘la
hukmpon mafkuraga aylantirilishi, feodal tarqoqlik va ichki nizolarning avj olishi va boshqa
sabablar tufayli mintaqa davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy soxalarda tanazzulga yuz
tuta boshladi. Bu inqirozning boshqa sabablaridan biri sifatida jahon miqyosida sodir bo
‘lgan
katta o
‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, jahon mintaqalari orasida savdo
yo
‘llarida tuya karvonlari o‘pniga dengiz(okean) kemalari kelib, ular hal qiluvchi ahmiyat kasb
eta boshladi. Oqibatda Buyuk ipak yo
‘li ustida joylashgan shaharlar, mamlakatlar endilikda juda
katta foyda manbasidan ajrala boshladi. Undan tashqari, O
‘rta Osiyo jahon mintaqalarida
kechayotgan yangiliklar, kashfiyotlar, ma'naviy-madaniy munosabatlarda tobora qoloqlikka yuz
tuta boshladi.Ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul siyosiy tanglikni, ma'naviyatda turgunlikni keltirib
chiqaradi. Bunday holat esa muqarrar ravishda kishilar o
‘ptasidagi axloqiy munosabatlarning
buzilishiga sababchi bo
‘lishi mumkin. Ana shunday sharoitda jamiyatning barcha sohalarini
nazorat qiladigan, jamiyatdagi inqirozning yanada chuqurlashib ketishining oldini oladigan
kuchli hukmron mafkuraga ko
‘ppoq ehtiyoj sezila boshladi. Ana shunday hukmpon mavqyeni
egallay olishi mumkin bo
‘lgan dunyoqarash mavjud islom mafkurasi edi. Buxoro, Xiva
madrasalarida XVI asrdan boshlab temuriylar davrida an'anaga aylangan dunyoviy fanlarni
o
‘qitishga chek qo‘yildi. Endilikda, davlat shariat qonun-qoidalari asosidagina jamiyat oldidagi
o
‘z vazifasini uddalashga yo‘nalish ola boshladi.Bu hol muqarrar tarzda o‘sha davr ijtimoiy
fikrlariga, adabiyot, san'at va ma'naviyatning turli sohalariga ta'sir ko
‘rsatmasdan qolmasdi.
Qariyb to
‘rt yuz yillik turg‘unlik o‘sha davr falsafiy tafakkurida aks etgan edi. Faqatgina XVIII
9
asr oxirlariga kelib xonliklar va amirlik markazlarida badiiy hamda tarixiy vokelikni aks
ettiradigan tarixiy-adabiy muhit shakllana boshladi.
Muhammad Sharif al-Buxoriy (1697 yilda Buxoroda vafot etgan). Bizgacha uning 20
ta asari yetib kelgan bo
‘lib, ularning ko‘pchiligini falsafiy masalalar, xususan mantiq, kalom,
ahloq-odob masalalariga bag
‘ishlangan. “Xoshiya–i mavlaviy sharif bir sharhi taqzib” (“Mantiq
va kalomning tuzatilishi
”) asarida mantiqan to‘g‘ri fikrlash shakllari, qonun-qoidalari,
argumentlash tartibi va usullarini o
‘rganish, kalom mohiyatini tushunib yetish zarurligi asosli
ravishda bayon qilinadi.Muallifning ahloq-odob masalalariga bag
‘ishlangan “Kitobi favondi
hoqoniy
” asarida muhim ahloqiy fazilatlarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi. Xususan, unda
podshohlik qilish uchun zarur hislatlar qatoriga shariat ko
‘rsatmalarini yaxshi bilish, davlat
hududini bosqinchilardan asrash, adolatli, oqil, nutq va eshitish qobiliyatiga ega bo
‘lish va shu
kabilar kiritiladi
1
.
Boborahim Mashrab (1653-1711) o
‘zining badiiy merosida o‘sha vaqtda Yaqin va
O
‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e'tiqod qiladi. U
jamiyatdagi adolatsizliklarni qoralaydi, kishilarni halol, pok, mehr-shafqatli, sabr-qanoatli
bo
‘lishga chaqiradi. Iymon, e'tiqodning yuksak ma'naviy qadriyat ekanligini asoslashga urinadi.
Xususan, she'rlaridan birida Alloh visoliga intilib yashashni kapalakning shamga intilishiga
qiyos qilib, ilohiy haqiqatni anglashning qanchalik muhim ekanligini tushuntiradi
2
.
So
‘fi Olloyor (XVIII asrning oxirlarida Samarqandda tug‘ilgan deb taxmin qilinadi,
vafot etgan yili ham aniq emas). Fors va o
‘zbek tillarida she'rlar yozgan. Asarlari islom dini,
tasavvuf falsafasining g
‘oyalarini tushuntirishga, izohlashga bag‘ishlangan. Xususan, ularda bu
dunyoning azob-uqubatlarga to
‘la ekanligi, ularga ko‘nikish, sabr-toqatli bo‘lish kerakligi
to
‘g‘risida fikrlar aks etgan.Shoirning “Maslak ul-mutaqii“ (“Taqvolilar maslagi”) asari diniy
amallarni bajarish qoidalariga bag
‘ishlangan. Unda Allohning fazilatlari, avliyolarning
karomatlari, namoz o
‘qish, ro‘za tutish, tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish
va boshqa amallar to
‘g‘risida chuqur fikr-mulohazalar bildirilgan.
3
So
‘fi Olloyor asarlaridan o‘z
davrida madrasalarda ta'lim jarayonida keng foydalanilgan.Xiva shahrida Abulg
‘ozi Bahodirxon
tomonidan asos solingan tarixchilik maktabi (XVII asr) XIX asr boshlarida Munis Xorazmiy,
keyinchalik Ogahiy, Komil Xorazmiy va Bayoniylar davom ettirgan Xiva adabiy -tarixiy muhiti
davrida biroz jonlandi.Shu o
‘rinda aytish kerakki, Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy
muhitning o
‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va umuman turkiy tilning mustaqil adabiy til sifatida
shakllanishidagi ahamiyati adabiyotimizda ham o
‘zining munosib bahosini topa olgan emas.
Buxoroda yaratilgan tarixiy asarlar (masalan, Tanish Buxoriyning
“Abdullanoma” asari yoki
Qo
‘qonda "Tarixi Farg‘ona" va boshqa asarlar) asosan fors tilida ijod qilingan. Qukon adabiy
muhitida turkiy va forsiy til teng darajada ardoqlangan bo
‘lsa, Buxorodagi adabiy muhitda
deyarli forsiy tilda ijod qilinardi.Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhit faqat turkiy
(o
‘zbek) tilidaga ijod natijasi bo‘lib, u o‘zbek tilining hukmronlik mavqyeini yaratgan edi.
Undan tashqari, Xiva tarixiy-adabiy muhitida Munis, Ogahiy, Feruz, Komil, Bayoniy, Chokar va
boshqa ko
‘pgina iqtidorli shoirlar, tarixchilar Xorazm tarixining uzoq o‘tmishidan to o‘z
davrlarigacha bo
‘lgan voqea va hodisalarini aks ettirgan ko‘p tomlik asarlarini turkiy (o‘zbek)
tilda yozdilar. Ular bu bilan cheklanmasdan, Mirxondning
“Ravzat us-Safo”, Firdavsiyning
“Shohnoma”, Sa'diyning "Guliston" kabi sharqda juda mashxur bo‘lgan yuzlab asarlarini arab va
fors tilidan o
‘zbek tiliga o‘girganlar.
Xiva tarixiy-adabiy muhitida XIX asrning yetmishinchi yillarida Erondan uskunalar sotib olib
kelinib, Xiva shahrida O
‘rta Osiyoda birinchi kitob nashriyotiga asos solindi. Unda ilk nashrdan
chiqqan kitob Alisher Navoiyning "Hamsa" asaridir.Xullas, XVI-XIX asrlarda Turkistonda
ijtimoiy-axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va falsafiy fikrlar o
‘z davri hukmron mafkurasi ta'sirining
o
‘ta kuchli bo‘lganligi bilan tarixiy rivojlanishning boshqa davrlaridan keskin farq qilib turadi.
1
Qarang: O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. Akademik M.Hayrullaev tahriri ostida. – T.:
O‘zbekiston, 1995. -B.192-193.
2
Qarang: O‘sha kitob. -B.195.
3
Qarang: O‘sha kitob. –B.199.
10
O
‘rta Osiyo ma'rifatchilik falsafasi. Ma'lumki, O‘rta Osiyo 1853 yildan 1882
yilgacha bo
‘lgan davrda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Albatta, mustamlakachilik
siyosati xalqimiz boshiga son-sanoqsiz kulfatlar olib kelganini hyech kim inkor eta olmaydi. Oq
podsho hukumati o
‘lkamizda dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablar ochib, xalqimizni
dunyoviy madaniyat bilan tanishtirishga shoshilmas edilar. Ular o
‘lkada o‘rta asrga xos ijtimoiy
munosabatlar saqlanib qolishidan ko
‘proq manfaatdor bo‘lganlar. Axir, xalqni ma'rifatli qilish
bilan bir paytda mustamlakachilik siyosatini davom ettirib bo
‘lmasligini aniq bilardilar.XIX
asrning 80-yillarida Ismoil Gaspirali (Gasprin-skiy) tomonidan jadidlar harakatiga asos solindi.
U Rossiya imperiyasidagi musulmon turkiy xalqlar eski uslubda o
‘qitiladigan maktab-madrasa
tizimidan voz kechib, yangi (jadid) uslubda (Ovro
‘pocha) o‘qitish sistemasiga o‘tish orqali
dunyoviy ma'rifatga erishishi mumkin, deb chikdi.Aslida bu g
‘oya o‘rta asr sharqida keng
tarqalgan bo
‘lib unda asosan mamlakat hukmdorlarini ma'rifatli qilish orqali yurtda osoyishtalik,
adolatli jamiyatni o
‘rnatish mumkin deb hisoblaganlar. Masalan, Alisher Navoiy ma'rifatli shoh
Iskandar obrazini yaratib, temuriy shahzodalarni shu ruhda tarbiyalab adolatli jamiyatni qurishni
orzu qilgan edi.XVIII asr fransuz ma'rifatparvarlari esa adolatli za-monga barcha fuqarolarni
dunyoviy ilmlar bilan ma'rifatli qilish orqali erishish mumkin deb chiqdilar. Ular ma'rifatli shaxs
deganda, birinchi navbatda dunyoviy ilmlar bilan qurollangan tafakkurga ega bo
‘lish kerakligini
e'tiborga olganlar. Ikkinchidan, unday shaxsning o
‘z davri ijtimoiy muhiti talablari asosida
shakllangan axloq normalariga to
‘la rioya qilishini nazarda tutganlar. Uchinchidan esa, ma'rifatli
kishi albatta gumanizm ruhida (ya'ni ezgulik ruhida) tarbiya topgan bo
‘lishi kerak deb
tushunganlar.Bunday qarashlar XVIII asr oxirlari
– XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada ham
keng tarqaldi. Ismoil G
‘aspirali hukmdorlarning Rossiya musulmon-turkiy qavmlarni maxsus
asoratda saqlash orqali mustamlakachilik siyosatini uzoq davom ettirishga urinayotganligini
payqar edi. Bu mustamlakachilik asoratidan qutulib chiqishning yagona yo
‘lini jadidchilar xalqni
ovro
‘pocha jadid uslubida o‘qitib, ma'rifatli qilishda deb hisoblar edi.Ismoil G‘aspirali jadidlar
harakatidan ikki maqsadni ko
‘zlar edi. Birinchidan, musulmon-turkiy qavmlarni ma'rifatli qilish
yo
‘li bilan mustamlaka asoratidan qutulishni orzu qilsa, ikkinchidan, Rossiya saltanatidagi bar-
cha turkiy qavmlarni yagona tarixiy birlik (millat) sifatida birlashtirmoqchi bo
‘lgan edi. Ana shu
maqsadda 1886 yildan boshlab chop etila boshlagan «Tarjumon» gazetasi musulmon-turk
qavmlari orasida juda katta e'tibor topgan edi. Gazeta orada katta-katta tanaffuslar bilan bo
‘lsada,
to 1914 yilgacha nashr etilib turgan edi.Jadidlar harakatidan oldin O
‘rta Osiyoda ham ilm-
ma'rifatni targ
‘ib qiluvchi shoirlar, ziyolilar mavjud edi. (Masalan, Muqimiy, Axmad Donish,
Feruz kabilar.) Lekin ularning intilishlari butun xalqni ma'rifatli qilish uchun ommaviy tus olgan
harakatning hukmron mafkurasiga aylanmagan edi.Jadidlar mafkurasi Turkistonda Dukchi
Eshon qo
‘zg‘oloni ayovsiz tarzda bostirilgandan so‘ng tez tarqala boshladi. Ayniqsa, 1905-1907
yillarda inqilobiy vaziyatning ta'siri ostida bu harakat Toshkent, Samarqand, Farg
‘ona vodiysida
keng ommalasha boshladi.
Mahmudxo
‘ja Behbudiy Turkiston jadidlarining yorqin namoyandasi edi. U (1879-
1919)ning faoliyati ayniqsa ikki narsaga: o
‘rta asrchilikka va Turkistonni boshqarayotgan
mustamlakachi hokimiyatga qarshi qaratilgan edi. Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» nomli
gazetani va shu yili «Oyina» jurnalini ta'sis ettirdi. U 1905 yildan boshlab faoliyat olib
borayotgan «Musulmonlar ittifoqi» partiyasi nomidan siyosiy talablar bilan Markaziy
hokimiyatga chiqa boshladi. 1914 yilda Davlat Dumasidagi Musulmonlar fraksiyasining
majlisida Turkiston o
‘lkasi bo‘yicha o‘z mulohazalarini gapirib berish uchun Peterburgga
chaqirildi. O
‘lkani boshqarishning islohoti bo‘yicha Behbudiy ilgari surgan loyiha asosan
tubandagilarni nazarda tutap edi: o
‘lkani boshqarishning markazi qilib Toshkent belgilansin;
viloyatlarda mahalliy vakillardan tashkil topgan yacheykalar bo
‘lishi ko‘zda tutilsin; har bir
viloyat yacheykalarida oliy yoki o
‘rta malumotga ega bo‘lganlardan to‘rtta vakil saylansin;
bo
‘lim (yacheyka) raisi dunyoviy ta'lim olgan bo‘lishi shart va h.k. Behbudiy o‘z maqolalarida
xalqni dunyoviy bilim olishga chaqirar edi. U endilikda dunyoning taqdirini diniy emas, balki
dunyoviy ilmlar hal qilishini bilar edi.Behbudiy qarashlaridan uning islomiy qadriyatlar bilan
dunyoviy ilmlarni egallagan mahalliy millat vakillarini shakl-lantirishni orzu qilganligi
11
ko
‘rinadi. U ma'rifatsiz na taraqqiyot va na adolat bo‘lishi mumkin emasligini o‘z xalqiga qayta-
qayta uqtirar edi.Jadidlar qismati qanchalik ayanchli bo
‘lmasin, ularning millat ongining
shakllanishidagi buyuk xizmatlarini e'tirof etmog
‘imiz kerak. Jadidlar mafkurasi milliy
tafakkurning shakllanishidagi ahamiyati shunchalik ulug
‘vor bo‘lganki, ularning ta'sirini XX
asrning yigirmanchi-o
‘ttizinchi yillarida yetishgan har bir ziyoli timsolida ko‘rishimiz mumkin
edi.
12
Xulosa
Ushbu davr falsafa rivojida keskin o
’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangi
davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta
’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy
modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan
zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo
‘lib hisoblinadi. 1879 yilda u
Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo
‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik
“yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi.
Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning
ajralmas bog
‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‘zaro
munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida
“kapitalistik
individualizm
” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish
zarurligi ta'kidlab o
‘tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni
hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent
g
‘oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli
vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (1881-
1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo
‘lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi
hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor.
Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va
ularni o
‘z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi
shoxchalari paydo bo
‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va
yaproqlarining rangiga ega bo
‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi
falsafiy yo
‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro
aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson
madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga
imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo
‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish
tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda
ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o
‘ziga xos xususiyati
uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
13
Foydalanilgan adabiyotlar ro
’yhati.
1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat” 2008 y.
2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston”
2011 y.
3. Jaxon falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y.
4. Zotov A.F. Sovremennaya Zapadnaya filosofiya. – M., 2002.
5. Nosirov R.N., Sirojiddinov Sh.S., Ziyautdinova X.A. O‘rta Osiyolik allomalarning
falsafiy qarashlari.
– T.: “O‘zbekiston”, 2007 y.
6. Tohir Karim. Milliy tafakkur tarixidan. – T.: “Sharq”, 2003 y.
7. Skirbekk Gunnar, Nils Gilyo. Falsafa tarixi. – T.: 2002 y.
8. Falsafa. Qomusiy lug‘at. – T.: “Sharq”, 2004 y.
9. Sharq falsafasi – T.: TDSHI nashriyoti, 2006 y.
10. Yangi va eng yangi davr G‘arbiy yevropa falsafasi. – T.: “Sharq”, 2002 y.
11. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan lavxalar. – T.: “Sharq”, 1995 y.
12. G‘arb falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |