Dastlabki falsafiy fikrlarning shakllanishi
a) Falsafiy fikr (falsafaning birinchi tipi) dastlab Hindistonda, Xitoyda, Eron va Turonda keyinroq Yunonistonda kelib chiqadi.
Dunyoqarashlar sistemasi sifatida falsafa eramizdan avvalgi asrlarda nisbatan yuqori bosqichida turgan Shindiston va Xitoy mamlakatlarida paydo bo`la boshladi. Dastlabki falsafiy fikr, qadimgi madaniyat o`chog`i bo`lgan Shindistonda vujudga keldi. Shindistondagi falsafiy fikrlar asosan to`rtta vedada o`z ifodasini topdi. Bu vedalarda bayon qilingan diniy bilimlarning talqiniga bag`ishlangan hamda falsafiy mavzulardagi suhbat va hikoyalar tuplamlaridan iborat bo`lgan Upanishadalar (sirli ta`limot) paydo bo`la boshladi. Upanishadalar qadimgi Shind falsafasining dastlabki ko`rinishi bo`lib, ularda dunyoning asosi, inson ruhining tabiati, koinotning mohiyati va boshqa falsafiy fikrlar uchraydi. Qadimgi Shind vedalarida inson haqida qarashlar markaziy tushunchalardan iborat bo`lgan. Unda aytilishicha, inson ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning berikuvidan iborat. Ular biri-ikkinchisi bilan hamisha aloqada, biri-ikkinchisi bilan bog`liqdir. Qadimgi Shindistonda falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bo`linadi. Biri vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi vedalarni tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxya, nyaya va vaysheshika maktablari, vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Vedalar ta`limotini talqin etuvchi dastlabki diniy-falsafiy maktablardan biri mimansa va vedanta hisoblanadi. Bu maktablar vedalarni muqaddas kitoblar deb biladi va kishilardan hayotda ularga to`la amal qilishni talab qiladi. Biroq ularda diniy qarashlar bilan bir qatorda sof falsafiy masalalar ham ko`tariladi. Mimansa maktabi bilish masalalariga atta e`tibor qaratadi. Unda hissiy bilish va uning manbai, mantiq masalalari ko`tariladi. Vedanta maktabi namoyondalari jon bilan xudoni o`zaro munosabati masalasiga e`tibor qaratadilar.
Vedalarni tan olmaydigan maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasini qarashlari diqqatga sazavordir. Jaynizm maktabi borliqni tushuntirishga 2-turga: tirik va notirik (jonli yoki jonsiz) dunyoga bo`ladilar. Notirik tabiatga, moddiylik, moddiy narsalarni hammasi bo`linmas mayda zarrachalardan tashkil topgan. Makon, vaqt, harakat kabilarni ham jaynizm maktab namoyondalari notirik tabiat deb ta`kidlaydilar. Tiri tabiatga ular jonni kiritadi. Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik turli jonlarda turlicha darajada bo`ladi. Jon tana bilan bog`langandir. Eramizgacha bo`lgan VIII-VII asrlarda Shindistondagi yo`nalishlaridan yana biri Lokayati (faqat shu lokani tan oluvchi kishilarning qarashlari) shakllana boshlaydi. Bular vedalardagi diniy fikrlarni tanqid qilib, ular yerdan boshqa tarzdagi hayotning bo`lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. Lokayatining eng rivojlangan oqimi-CHorvaklar (er. avv. VI asr) ta`limotidir. Chorvak falsafasi namoyondalari olamni tushuntirishda: to`rt unsurdan iborat-suv, havo, tuproq va o`tdan tashkil topgan deb tushuntiradi. Bu bilan dunyoning asosida moddiy jismlar yotadi degan fikrni ilgari suradilar. Inson ham ana shu to`rt unsurdan iborat deb ta`kidlaydilar. Inson o`z aqli va sezgi a`zolari yordamida tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni bilishga qodir.
Hindiston kabi Xitoy ham qadimgi yirik madaniyat o`choqlaridan biri hisoblanadi. Dastlabki falsafiy qarashlar ijtimoiy munosabatlar rivojlangan eramizdan oldingi VII-V asrlarda Xitoyda vujudga kelgan. Tabiiyki, falsafiy qarashlar bu yerda diniy qarashlarga qarshi kurash natijasida vujudga keldi. Qadimgi Xitoy faylasuflarning fikrlarining o`sha zamonda vujudga kelgan qadimgi «O`zgarish» kitobida ko`rish mumkin. «O`zgarish» kitobida yozilishicha olam bir butun bo`lib, 5 unsur (element)dan suv, havo, to`proq, o`t, temir yoki daraxtdan tashkil topib, bu 5 unsur birlashib bir butun olamni tashkil qilgan degan fikr ilgari so`rilgan. «O`zgarish» kitobida yozilishicha olamning bir butun qilib turgan moddiy asosi bor. Ana shu moddiy asos esa bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan 2-tomonning yig`indisidan iborat. Bu qarama-qarshi kuchlar: In-yomonlik, qarong`ilik, Yan-yaxshilik, yorug`likdan iborat.
Falsafiy fikrlar taraqqiyoti yangi bosqichda ko`tarildi, bu holat Daosizm oqimida o`z ifodasini topdi. Uning asoschisi Lao-Tszi (VI asr) birinchi yirik faylasuflardan edi. Daosizm namoyondalari olamning moddiyligini, moddiy dunyo tabiiy qonuniyat asosida to`xtovsiz harakat va o`zgarishda davom etishi ta`kidlaydilar. Doa-yo`l, qonun, degan ma`noni anglatadi. Daosizm hayot «osmon ixtiyori bilan idora qilinmay, balki muayyan tabiiy qonun-dao orqali idora qilinadi, deb ta`lim beradi. Qadimgi Xitoyda eramizdan ilgari 551-479 yillarda yashagan mutafakkir Konfutsiyning ahloqiy ta`limoti muhim o`rin tutadi. U o`zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e`tibor qaratgan. Odamlar o`z tabiatiga ko`ra bir-birlariga o`xshaydilar, faqat tarbiyaga ko`ra ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Shuning uchun ham Konfutsiy qarashlarida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li-tartib, qoida degan ma`noni anglatadi. Li bo`lmasa tartib bo`lmaydi, demak jamiyat ravnaq topmaydi. Bu Konfutsiyning kishilar o`rtasidagi tengsizlikni oqlashga o`rinishidir.
Daosizm vakillari bilishda sezgilarning ham, aqlning ham o`rni muhimligini ta`kidlaganlar. Lekin daosistlar bilishda aqlning rolini bo`rtirib yuborganlar.
Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlaridan inson to`g`risidagi fikr-mulohazalarni afsonalarda yaqqol ko`rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson odamato Pango qiyofasida namoyon bo`ladi. U shunchalik kuch-qudratga ega bo`lganki, uning nafasidan-shamol bilan bulut, boshidan momoqaldiroq, chap ko`zidan-quyosh, o`ng ko`zidan-oy, beli, oyoqlaridan va qo`llaridan-yorug` dunyoning to`rt tomoni, qonidan-daryolar, terlaridan-yomg`ir va shudring, ko`zining yaraqlashidan-yashin paydo bo`lgan emish.
Xullas mifologik-diniy qarashlar o`rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Bu esa ular orasidagi o`zaro aloqadorlikda ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki baxtsizliklarining sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Xitoy faylasuflarini ta`kidlashlaricha, «jami yaxshilik va yomonliklar odamlardan tarqaladi», «hamma narsalarning turli tuman bo`lishining asosi-turmushning o`zi»dir. Fikrlash madaniyatidagi bunday keskin o`zgarish mavjud adolatsizlilarning sababini ijtimoiy turmushdan izlashga turtki bo`ldi.
b) Qadimgi falsafiy qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O`rta va Sharq mamlakatlari, xususan Eron va Turonda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta`limotlarda ham yaqqol ko`rishimiz mumkin. Dastlabki falsafiy fikrlar yuksak va madaniy taraqqiyotga erishgan davlatlardan Sug`d, Xorazm, Baqtiriya, Farg`onada vujudga keldi. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan Zartushtiylik ta`limoti, Moniy va Mazdak ta`limotlari edi. Zardushtiylik ta`limotida, o`z zamonasining yirik qomusiy olimi Zardusht Sepitoma (eramizdan avvalgi 589-512 yillarda yashagan) asos solgan. Zardusht xalq og`zaki ijodini har tomonlama o`rganib, unda bayon qilingan odob-ahloqqa doir fikr-mulohazalarni jamlab, yagona to`plam holiga keltirdi. Uning diniy-falsafiy qarashlari «Xatlar» deb nomlangan madhiyalarda bayon etilgan. Xuddi shu «Xatlar» Zardushtiyli ta`limotini yaratilishida asos vazifasini bajargan.
Zardushtiylik ta`limotining asosiy g`oyalari uning muqaddas to`plami «Avesto»da o`z ifodasini topgan. «Avesto» bir kunda yoki bir yilda vujudga kelgan emas, balki asrlar davomida to`ldirib borilgan. «Avesto» eramizdan avvalgi VII-VI asrlardan tortib, milodning III-IV asrlarigacha Eron va Turon xalqlari ma`naviy madaniyatida sodir bo`lgan barcha o`zgarishlarni o`ziga qamrab olgan.
Zardushtiylikning o`ta noyob to`plami «Avesto» 21 kitobdan iborat bo`lib, Abu Rayhon Beruniyning «Osorul Boqiya...» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» ) kitobida va Abulqosim Firdavsiy o`zining «SHohnoma» asarida xabar berishicha «Avesto»da Zardushtning 1200 bobdan iborat pandu-nasihatlari, yakka xudolikka asoslangan zardushtiylik ta`limotining asosiy qoidalari bayon qilingan edi. Eron va O`rta Osiyo mamlakatlarini Aleksandr Makedonskiy zabt etgach, 12 ming qaramol terisiga tillo harflar bilan bitilgan ushbu nodir to`plamni Yunonistonga olib ketadi.
Aleksandr Makedonskiy «Avesto»ni yunon tiliga tarjima qildiradi. Uning asl nusxasining katta qismini yoqib yubordiradi. Bunday nodir kitobni yoqib yuborishdan maqsad o`sha zamonda Eron va Turon xalqlari dunyoqarashida mustahkam o`rnashib olgan zardushtiylik ta`limotini yo`qotib yuborishga qaratilgan edi.
Zardushtiylik ta`limotining markaziy g`oyasi olam bilan odam o`rtasidagi aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta`limotga ko`ra, olam borlig`i odam borlig`i bilan bevosita aloqador. Ushbu ta`limotga muvofiq butun olam borlig`i to`rt unsurdan: to`proq, suv, havo, olovdan iborat. Olam borlig`ining eng murakkab shakllaridan biri odamning tabiati ham, shubhasiz o`sha to`rt unsur bilan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham ushbu to`rt unsur hamisha muqaddas hisoblangan.
Odamzod tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim, degan nuqtai nazar zardushtiylik ta`limotidagi eng muhim g`oyalardan biridir. Odam o`lgandan so`ng, uni muqaddas tuproqqa qaytarmoq uchun eng avvalo tanadagi go`shtni suyagidan ajratmoq lozim deb hisoblangan. Chunki odam go`shti harom bo`lganligi uchun muqaddas to`proqni bulgashi mumkin. Xuddi shuning uchun ham o`lgan kishilar suyagi go`shtidan ajratmoq uchun murdalar, o`liksaho`r qushlar, itlar oldiga qo`yilgan. Murdani go`shti suyagidan ajratib olingach, maxsus moslamalarga joylashtirilib, yerga ko`milgan. Shunday qilib zardushtiylik ta`limotida ta`kidlanishicha, tabiatdan yuzaga kelgan odamzod tanasi yana uning o`ziga qaytarilgan.
Zardushtiylik ta`limotida odam tanasi bilan uning joni orasidagi o`zaro aloqadorlikning mohiyatini tushuntirishga qaratilgan g`oyalarning ko`pligi alohida ahamiyatga molikdir. Ushbu ta`limotga asosan odam o`lgandan so`ng uni joni uch kun tanada turar emish. Faqat to`rtinchi kunda jon go`zal qiz qiyofasiga kirib, farishtalar yo`lboshchiligida narigi dunyoga jo`naydi. Narigi dunyoga yetib borgach o`sha go`zal qiz «chinvat» degan ko`prikdan o`tishi lozim emish. Bu dunyoda yaxshi ishlar qilgan kishilar uchun «chinvat» ko`prigi kengayarmish. Undan bemalol o`tib olgan tanani tark etgan jon abadiy rohat-farog`atda yashayotgan jonlar oxiratni kutib yotaverarmish. O`liklar tirilishi muqarrar bo`lgan oxirat yetib kelgach, o`z tanalariga yana qaytib kirarkanlar. Umrida birovlarga yaxshilik qilmagan, yovuzliklar bilan shug`ullangan odamlar joni «chinvat» ko`prigidan o`ta olmas ekan. Bunday kimsalar uchun ko`pri torayib qolar, ularning jonlari jahannam azoblariga giriftor bo`larkan.
Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra, olam biri-ikkinchisiga qarama-qarshi kuchlar, xususan yaxshilik bilan yomonlik, rostlik bilan yolg`on, yorug`lik bilan zulmat orasidagi kurashga asoslangan. Bu kurashning hech qachon murosaga keltirib bo`lmaydi. Shuning uchun ham bu kurash butun koinotni qamrab oladi. Yaxshilik, yorug`lik, rostlik Axuramazda, yomonlik, zulmat esa Anxramaynu Xudolari timsolida namoyon bo`ladi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda butun olamni, yerni, suvni, o`simliklarni, hatto dastlabki odamni ham yaratgan emish. Butun tirik mavjudot hayotini ham Axuramazda kashf etibdi.
Yer yuzida paydo bo`lgan birinchi odam Atoning nomi Iyim deb nomlangan ekan, Axuramazdaning ko`rsatmasiga muvofiq Iyim yer yuziga turli jonli mavjudotlar, xususan odamlar, hayvonlar, qushlar urug`ini sochib, osoyishtalik bilan parvarish qilibdi. Ularni o`sib ulg`ayoishi uchun zarur shart bo`lgan qizil sho``la taratib turuvchi olovni kupaytiribdi. Shu asnoda Iyim yer yuzida 900 yil yashabdi. Odam bolasining soni kupayib ketib, yer yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim Xudoga iltijo qilib yerni kengaytirishni so`rabdi va bunga erishibdi ham. Kunlarning birida Axuramazda yer yuzini muzlik bosib kelayotganligi haqida Iyimni xabardor qilibdi. Iyim yer yuzida mavjud bo`lgan tirik mavjudotlarning eng yaxshi urug`ini saqlab qolish uchun shoshilinch choralar ko`rishga kirishibdi. Maxsus uy qurib, yer yuzida yashab turgan barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zoti, eng a`lo navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Shunday qilib Iyim yer yuzida yashovchi tirik jonzotlarni dahshatli ofatdan saqlab qolgan ekan.
Zartushtiylik ta`limotida ta`kidlanishicha Axuramazda asli odamzotni yaratganda, uni umuman o`lmaydigan mangu yashaydigan qilib yaratgan ekan. Lekin o`sha Odam Ato-Iyim o`zi amalga oshirgan xayrli ishlaridan mag`rurlanib ketib, Xudo tomonidan taqiqlab qo`yilgan ne`mat-qaramol go`shtidan tanovul qilib qo`ydi. Oqibatda Xudoning qahriga uchraydi. Shunday qilib odamzod abadiy yashash imkoniyatidan mahrum bo`lib qolibdi.
Zardushtiyli ta`limotida yaxshilik va ezgulikni barcha qirralarini o`ziga mujassamlashtirgan adolatli, insofli, diyonatli barkamol insonni shakllantirish g`oyasi-eng muhim g`oyalardan biridir. Zardushtiylikning yaxshilik Xudosi Axuramazda odamlarni hamisha insof-diyonatga chorlaydi, bir-birlari bilan murosa qilib yashashga, g`arazgo`ylik, hasadgo`ylik, qalondimog`lik kabi g`ayriinsoniy qiliqlardan o`zini tiyib yurishga chorlaydi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ga bayon qilinishicha insonning eng muhim savob ishlaridan biri «erga yaxshi, sog`lom urug` sepish»dir-deb ta`kidlaydilar. «Avesto» bashoratlarida, yerga yaxshi niyat bilan urug` qadash, o`n ming marta iborat qilish deb hisoblangan. Ekin ekish dehkonchilik qilish ona zaminda mavjud bo`lgan turli youzliklarni haydash uning ildizini quritishning muhim yo`li deb qaralgan. Kim yerga urug` qadasa u o`zidagi odamiylik darajasini iymon-e`tiqodini mukammalligini namoyish qiladi.
Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra, inson faoliyatini boshqarib turuvchi eng muhim qudrat ahloq normalaridir. Zardushtiylik qoidalariga ko`ra, insonning barkamolligini belgilashda uning nafaqat tashqi qiyofasi, balki ma`naviy dunyosi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ifodalanadi. Zardushtiylikning ahloqiy normalarining asosini uchta narsa: ezgu fikr, ezgu so`z va ezgu amal tashkil etadi.
Ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti natijasida Zardushtiylik ta`limoti zaminida vujudga kelgan Moniy ta`limotidir. Moniy ta`limotining asoschisi o`sha davrning yirik bilimdoni Moniy ibn Fatak (216-276) yillarida o`zining qarashlarini targ`ib qilishga erishgan. Moniy ta`limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta`limotiga asoslangan, keng xalq ommasi manfaatiga mos kelar edi. Shuning uchun o`sha davrdagi xukmron mafkuraning noroziligiga duchor bo`ldi, va xukmron ruhoniylar tomonidan qoralanib, uning asoschisi Moniy jazolandi.
Zardushtiylik ta`limotiga asosan olam va odam muammosi, Moniy ta`limotiga ham asosiy o`rinlarni birini egalladi. Ushbu ta`limotga asosan olam ikki qarama-qarshi: nur dunyosi-yaxshilik va zulmat dunyosi-yovuzlik orasidagi abadiy kurash borishini ifodalanadi. Pirovard oqibatida yomonlik ustidan yaxshilik g`alaba qozonishi ifoda etilgan.
Moniy fors va oromiy tilda o`sha davr dunyoqarashiga asoslanib diniy va ahloqiy masalalari to`g`risida, inson barkamolligini ifoda etuvchi bir qancha kitoblar yozgan. Shatto «Moniylik yozuvi» deb atalgan alifboni yaratishga muyassar bo`ldi.
Zardushtiylik ta`limoti va moniy ta`limotini asosiy g`oyalarini o`zida mujassamlashtirgan va uni yanada rivojlantirishga hissa qushgan holda yangi bir oqim Mazdak ta`limoti vujudga keldi. Mazdak ta`limotining asoschisi Mazdak ibn Shamadon (470-529) edi. Mazdak ta`limotining asosiy g`oyasida olam va odam muammosini tushuntirishga zardushtiylik va moniy ta`limotlariga tayangan holda butun borliq suv, olov, to`proqdan tashkil topgan. Unda yaxshilik va yomonlik orasidagi kurash, asta-sekin yomonlik ustidan yaxshilik g`alaba qozonishi ta`kidlanadi. Mazdak ta`limotining eng asosiy g`oyasi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo`lida kurashga da`vat etadi. Jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish orqali kishilarda farovon hayotni ta`minlashini tushuntirishga harakat qiladi. Jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishga chorlaydi. Ushbu ta`limot xalq ommasi ichida keng tarqalishiga olib keldi.
Xullas, Eron va Turonda qadamiy madaniyat markazlaridan biri bo`lib, bu yerda ilm-fan, falsafa va ilohiyot nihoyat darajada rivojlangan. Ayniqsa antik davrda keng tarqalgan zardushtiylik (eramizdan avvalgi VII-VI asrlar), moniylik (eramizning III-IV asrlar), mazdakiylik (eramizning V-VI asrlari) ta`limoti jahon tsivilizatsiyasi rivojida o`z g`oyalarini e`tirof etishi orqali o`z o`rniga egadir.
v) Qadimgi Yunon falsafasida kosmotsentrizm. Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi Yunon falsafasi meloddan oldingi VI asrda vujudga keldi. Bu davrda vujudga kelgan yunon falsafasiga xos xususiyat shuki, olamni bir butunlikda, kosmos, tabiatning mohiyatini tushunishga o`rinish, intilish dastlabki yunon falsafasida rivojlanadi. Yunon mifologiyasida olamning paydo bo`lishi, tabiat haqidagi rivoyatlar, afsonalar vujudga kelganligi aniqdir.
Masalan, Milet falsafiy matabining vakillari qarashlarida Falas (eramizdan avvalgi 624-547 yillar), Anaksimandr (eramizdan avvalg 620-546 yillar), Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) uchraydi. Ular Yer, Quyosh, yulduzlar, hayvonlar va odamning kelib chiqishini, koinotdagi jismlarning miqdori va shaklini, Quyosh tutilishining sabablarini, yilning necha undan iborat ekanligini tushuntirishga harakat qilganlar.
Fales hamma narsaning asosi suv, suvdan kelib chiqqan va suvga aylanadi, deb hisoblagan bo`lsa, Anaksimandr dunyo noaniq materiya-apeyrondan tashkil topgan deydi. Anaksimenning fikricha, hamma narsa havodan hosil bo`lgan va unga aylanadi. Geraklet (eramizdan avvalgi 530-470 yillar). U dunyoning asosi olovdan iborat, deb hisoblaydi. Mangu alangalanib, qonuniyatli tarzda o`chadigan olov bo`lib kelgandir-olam. Olamni xudolardan ham, odamlardan ham hech kim yaratmagan. Olamda doim oqim holida o`zgarish, harakat mavjuddir. U Quyoshning har kunlik chiqishi yangilik emas, balki Quyosh mangu va abadiy yangidir, deydi. Ko`rinib turibdiki, uning qarashlarida sodda stixiyali, mushohadachilik, kuzatuvchilik harakatiga ega bo`lgan dialektika mavjuddir.
Pifagor (eramizdan avvalgi taxminan 580-500 yil-lar) nuqtai nazaricha, dunyoning asosini ideallashgan raqamlardan tashkil topgan, sonlar-koinotdagi tartibning ifodasidir. Dunyoni bilish-uni boshqaruvchi sonlarni bilishdir.
Miloddan oldingi V asr Yunoniston hayotida muhim tarixiy davr hisoblanadi. Bu davrda Yunoniston bilan Eron va Turon o`rtasidagi urushdan keyin Yunoniston o`z iqtisodiy, siyosiy hayoti va madaniyati rivojida katta yutuqlarga erishdi. Iqtisodiy hayotni va madaniyatning rivojlanishi bilan birga Yunonistonda tabiyot fanlarida ham tez o`sish yuz berdi. Astronomiya, matematika, fizika, biologiya, tibbiyot, san`at, falsafa sohalarida ancha yutuqlarga erishildi.
Mana shu davrda Levkipp va Demokritning qarashlaridan o`z ifodasini topdi. Demokrit ta`limoticha, olam moddiy, chesiz, mangu bo`lib, ong esa ikkilamchi, moddiy narsaning mahsulidir. Demokrit olamning asosi atomlar (mayda, bo`linmas moddiy zarrachalar) va bo`shliqdan iborat deb olamdagi turli-tuman, aniq seziluvchi predmet va hodisalar shu atomlarning turlicha qo`shilishidan tashkil topgan deb ta`kidlaydi. Demokrit moddiy narsalarni doimiy harakatda ekanligini ham uqtirib o`tdi.
Demokrit atomistik va determinizm printsipini o`zining kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etdi. Atomlar o`zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida, bir tomondan o`zaro to`qnashib, bir-birini parchalab boradi, ikkinchi tomondan, bir-biriga qo`shilib tuproq, suv, havo, o`t va ulardan quyun shaklida harakatlanuvchi ko`p dunyolarni vujudga keltiradi. Demokritning kosmogonik ta`limoti (ayniqsa, yer va unda hayotning paydo bo`lishi masalasidada) garchi sodda bo`lsa-da, unda dialektik elementlar bor. Uningcha, bilish ob`ekti moddiy olam bo`lim, ongimiz esa moddiy olamning sezgilar orqali aks ettirilishdan iboratdir. Demokritning atomistik qarashlari keyinchalik Epikur tomonidan rivojlantirildi.
Platon (Aflotun eramizdan avvalgi 427-347 yillar) o`z asarlarida yunon mutafakkirlarini, ayniqsa Geraklit va Demokrit qarashlariga qarshi kurashdi. Platon olamda «g`oyalar dunyosi» birlamchi bo`lib, moddiy dunyo ikkilamchi, «g`oyalar dunyosi»ning mahsuli, soyasidir deb hisoblaydi.
Platon jamiyatni uch tabaqaga bo`ladi: a)davlat arboblari-faylasuflari; b)Soqchilar-harbiylar; v)dehqonlar va hunar-mandlar.
Platon qarashlari Aristotel (SHarqda Arastu deb atash odat tusiga kirgan eramizdan avvalgi 384-322 yillar) tomonidan qattiq tanqid qilingan. Uning ko`rsatishicha, moddiy olam abadiy va ob`ektiv xususiyatga ega bo`lim, u hech qanday Platon «g`oya»lariga muhtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bo`lgan narsa va hodisalar yig`indisidan iborat, u har doim harakat va o`zgarishdadir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, qadimgi falsafada-ya`ni olamning markaziga moddiy jismlarni, kosmik jismlarni qo`yib tasvirlash yoki tushunish, stixiyali tarzda voqea va hodisalarga dialektik yondoshish vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |