Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati, dunyoni bilish, sezish, ko‘rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat, tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir.
YA’ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir. Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob topish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |