Falsafaning borliq muammosini o’rganuvchi asosiy bo’lim ontologiya deyiladi
Hayotimizdagi barcha mavjud narsalar , tabiat ,voqealar hatto odamlar ham borliq hisoblanadi.
Borliqning turlari: Tabiat borliq, ijtimoiy borliq, ma’noviy borliq, inson borlig’i
Dunyoda cheksiz obyekt va sistemalar mavjud shularning hususiyati, aloqa munosabati va harakatlarning asosi bu materiyadir. Materiya aynan ko’z bilan ko’riladigan narsalargina emas balki kuzatish vositasida bilinishi mumkin bo’lgan narsalarni ham o’z ichiga oladi. Aynan harakat, fazo, vaqt ham materiya bilan chambarchas bog’liq.
Borliqning asosiy mavjudlik shaklini ifodalovchi shakl bu albatta harakatdir. Butun dunyodagi har qanday jarayon harakat tufayli sodir bo’ladi. Ro’y berayotgan hodisalarni, olamni o’zgarishi, rivojlanishi, yangilanib borishini o’zichiga oladi. Shakllari: Mexanik harakat, fizik harakat, kimyoviy harakat,biologic, ijtimoiy.
Xodisalar ketma-ketligi, jarayolarning davomiyligi – vaqt. Narsalarning kulamini, o’zaro joylashish tartibini ifodalashi-fazo.
Gnesologiya (bilish muammolari) Aksiologiya (qadriyatlar falsafasi) Ijtimoiy falsafa, Falsafaviy antropologiya, Axloq
Falsafa tarixidagi borliq muammosi – borliq oddiy tushuncha bo’lsa ham lekin hali ham aniq ma’nosini olimlar aniqlay olishmagan. Mening fikrimcha bu din, ma’daniyat va dunyo qarashdan kelib chiqadi. Har bir davlatda din bir xil emas demak borliq tusunchasi ham hech qachon aniq bir ma’nosini o’zida mujassamlashtirmaydi.
Yunon olimlarining borliq haqidagi fikri: Fales-borliqni suv tashkil etadi, Pifagor-hamma narsa sondir, Anaksimen- hammanarsani havo boshqaradi.
Sharq mutaffakirlarining fikri: Ibn Sino-borliqning asosi vujudi vojib “Alloh” dir, Farobiy-“Vujudi vojib” hamda “vujudi mumkin” deb ta’kidlagan.
Borliqning shakllari : Tabiat borliq, ijtimoiy borliq, ma’noviy borliq, inson borlig’i
Narsa va hodisalarining asosini ifodalovchi hamda mohiyatini aniqlovchi tushuncha bu substansiya. Falsafada xilma xil olamni, tabiat, inson va uning tafakkuri, bilim darajasini o’ziga qamrab oluvchi tushuncha.
Fikrlar, qarashlar-substansiya haqida: Sxolastlar- mavjudotnng asl mohiyatini tashkil etuvchi bu Xudodir deyishgan. Farobiy – substansiyani eng umumiylik sifatida talqin qilgan. Ibn Sino – Substansional umumiylik va aksidental umumiylikning o’zaro munosabati doirasida talqin etib, ularning bir-biri bilan bog’langanligiga, biri ikkinchisiz mavjud bo’la olmasligiga etiborni qaratadi.
Inikos- falsafada obyektlarning o’zaro ta’siri natijasida energiya va axborot almashishi. Borliqning tuzilish holatiga ko’ra mos ravishda in’ikos ham turli xil bo’ladi.
Harakat – borliqning ajralmas xususiyati bo’lgan o’zgauvchanlik . Barqarorlik va o’zgaruvchanlikni ifodalovchi kategoriya hamdir. Harakat imkoniyatlarning voqealikka aylanishi, ro’y berayotgan hodisalarni, dunyoni yangilanib borishini o’zida aks ettiradi.
Falsafada harakat haqidagi tarixiy qarashlar. Tolant – harakatni materiya bilan bog’lab tushuntiradi. Uning fikricha harakatsiz materiya bo’lmaganidek, materiya ham harakatsiz bo’lmaydi. Ibn Sino – jism bir joyda va bir paytning o’zida bo’lmaydi, harakatda ham, sukutda ham bo’lmaydi harakat ziddiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |