Ma’naviyat targ`ibi rang-barang va juda boy. Bu targ`ibiy qismlarning barchasini tahlil qilish uchun juda ko`p vaqt va kuch talab qilinadi. Bundan tashqari, ma’naviyat targ`ibiga kiruvchi ong, tafakkur, san’at, axloq, adabiyot, din, e`tiqod kabi ko`plab tushunchalar falsafa, ruxshunoslik, etika, san’atshunoslik, estetika, adabiyotshunoslik kabi fanlarda tahlil qilingan.
Shu bilan birga ma’naviyatning targ`ibiy qismlarini aloxida-aloxida tahlil qilish bu murakkab hodisa to`g`risida tula tasavvur bera olmaydi. Chunki har qanday butunlik aloxida-aloxida qismlarning mexanik jamlanmasi emas, balki u ularning o`zaro ta’sirga kirishi natijasida vujudga keladi. Ma’naviyat ham o`z targ`ibiga kiruvchi ko`plab unsurlarning o`zaro ta’sirga kirishi oqibatida shakllanadi.
Ma’naviyat targ`ibidagi muxim bir qatlam bilimlardir. Ma’naviyat bilimlar negizida shakllanadi. Ma’no so`zning maKzi bo`lgani kabi ilmning maKzi bilimdir. Insonda yoki jamiyatda bilim kancha ko`p bo`lsa, ma’naviy yo`qsalish uchun shunchalik mustaxkam poydevor yaratilgan bo`ladi. Ammo poydevor o`rnatish uyning bitganini bildirmaganday, bilimlar miqdori ham o`z-o`zidan yo`qsak ma’naviyatni bildirmaydi. Bilim — ma’naviyatning asosi, holos.
Bilimlarning ma’naviyatga ta’siri shundaki, ular ma’naviyatni yo`qsaltirishga xizmat qilish bilan birga, ma’naviyatga qarshi qaratilishi, ma’naviyatga putur yetkazishi ham mumkin. Masalan, insoniyatga juda katta ofat keltirgan fashistlar orasida ham juda bilimli, fanlarni yaxshi egallaganlari talaygina edi. Lekin ular o`z bilimlaridan insonlar va ularning ma’naviyatini, hayotini yo`qsaqlikka kotarish uchun emas, ularni yerga urib chilparchin qilish yo`lida foydalandilar. Ularni bilimdon odam, deyish mumkin, lekin ma’naviyatli insonlar deyish mumkin emas. Aytish mumkinki, ilm va bilim insoniy qadriyatlar va insoniy axloq bilan uyg`unlashgandagina, yo`qsak ma’naviyatga asos bo`ladi.
Yoshlarga bilim berganda, ta’lim jarayonini tarbiya bilan uyg`un olib borish yo`qsak ma’naviyatni shakllantirishdagi bosh yo`nalishdir. Ma’naviyat targ`ibidagi muxim targ`ibiy qismlardan biri axloqdir. U tom ma’noda inson bilimlarini, aql-zakovatini, kuch-kuvvatini, butun faoliyatini yo`naltiruvchi kuchdir. Aslida axloq faqat xulkni emas, tafakko`rni, aqlni va faoliyatni tartibga solibgina qolmay, muayyan tomonga, maqsadga yo`naltirib ham turadi. Kishining xulki, faoliyati ma’lum axloqiy me’yorlardan chetga chiqsa yoki ulardan quyiroq bo`lsa, bunday shaxs ma’naviyatsiz shaxs xisoblanadi.
Kishi xulkini faqat axloq emas, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar kabi hodisalar ham boshqaradi. Ular esa axloq targ`ibiga kirmaydilar. Bu hodisalar axloq targ`ibiga kirmasa ham, ma’naviyat targ`ibida sezilarli o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |