- urf-odatlar, an’analar. O`z urf-odat va an’analarga ega bo`lmagan millat yo`q. Ma’naviy hayotning mana shu jixatlari orqali millatning o`zligi namoyon bo`ladi. Urf-odat va an’analarda millatning tarixi, utmishi, madaniy merosi o`z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini yo`qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yuqoladi.
- qadriyatlar. Millatning madaniyat va sivilizatsiya jixatidan yaratgan barcha boylik va ma’naviy merosini ifodalaydi. Shu bilan birga ular muayyan millatning qadr-kimmati, dunyodagi o`rni va saloxiyatini ham namoyon qiladi. O`z qadriyatlarini ko`z qorachiqidek saqlash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish millatga mansub har bir kishi va avlod uchun ham karz, ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |