Falsafiy G`oyalar va ularning amaliyoti. Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu-xavaslari, intilishlari, umidlari, turmush tarzi G`oyaviy qarashlarda ham o`z ifodasini topadi. Falsafiy G`oyalar, obrazli qilib aytganda, inson hayot tarzining ko`zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab G`oya tarzida shakllanadi.
Falsafiy G`oya insoniyat oldida to`rgan muayyan muammoni anglash va uni xal qilish maqsadi, uslub va vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va hodisalarga o`z extiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga munosabat va uni xal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo`ladi. Masalan, inson ongli mavjudot ekani bois o`zini muqarrar xalokatga olib borishi mumkin bo`lgan G`ayriinsoniy G`oyalarga asoslangan xatti-haraqatlarni chegaralashga, ta`qiqlashga kodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi.
Bugungi kunda tinchlik G`oyasi umuminsoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy G`oyaga aylandi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida aytilganidek: «... Odamning qalbida ikkita kuch — bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o`zaro ko`rashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vaxshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-haraqatlarini ko`zatish osonroq»1.
Bunda ikki xil jixatga e’tibor berish lozim. Birinchisi - tor doiradagi mutaassib kuchlarning G`ayriinsoniy G`oyalarni yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo`li bilan
o`zlarining muayyan maqsadlariga erishish uchun harakatiga ehtiyot va xushyor bo`lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog`lom kuchlarning ularga qarshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va sivilizatsiyani saqlab qolish hamda rivojlantirish manfaatlari uchun ko`rashdir.
Falsafiy nazariyalarning «yaxshi» yoki «yomon», «foydali» yoki «zararli» ekanini tarixiy tajriba asosida faqat bitta mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo`qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. Shuning uchun biz falsafiy G`oya va nazariyalarni baholashda o`z sub’ektiv fikrlarimizni mutloqlashtirishdan yiroq bo`lishimiz lozim.
Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men xaqman, boshqalar noxaq» degan tarzda mutloq haqiqatga da’vogarlik qiladigan G`oya va nazariyalar o`rtasidagi ko`rash og`ir oqibatlarga olib kelishini tarixiy tajriba qayta-qayta isbotlab bergan.
Har qanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy G`oya va nazariyalarda o`z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, G`oya va nazariyalar o`rtasida doimiy ko`rash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «hayotning o`zi turli-tuman G`oyalar ko`rashidan, baxsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo`lsa, falsafasi ham shunda... O`z mustaqil fikriga ega bo`lgan, o`z kuchiga, o`zi tanlagan yo`lning to`g`riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan chuchimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday G`arazli niyat, taxdid va intilishlarni fosh qilishga kodir bo`ladi»2.
Falsafaning muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari bilan bog`lanib ketishi, ularning mafko`rasi tarzida namoyon bo`lishi masalasi ham nixoyatda muxim. Shuning uchun milliy Falsafamizni rivojlantirish asosida istiqlol mafko`rasini yaratish kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo`lib qolmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |