Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 1,93 Mb.
bet87/122
Sana01.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#283667
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o`rnini, o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini tularok ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «rux» tushunchalari qo`llanadi. «Men» — insonning o`zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o`zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona vokelik bo`lib tuyo`ladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi.

Inson o`z hayoti davomida tana va rux extiyojlarini kondirishga intiladi. Тana extiyojlarini kondirish inson borliqining birlamchi sharti xisoblanadi. Birok hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan baxramand bo`lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo`yishdan iborat emas. Inson ruxi ham o`ziga xos oziqka extiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, raxm-shafkat, diyonat, vijdon, oliximmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yo`qsak ma’naviyat insonni ruxan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustaxkamlaydi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar insonni ma’naviy-ruxiy jixatdan kamol toptirishga qaratilgandir.

Insonning ma’naviy extiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat iloxiy mavjudot sifatida qarash ham biryoklamalikka olib kelishi, yetilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to`g`ri tushunishga xalakit berishi mumkin.

Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G`oya va milliy mafko`ra insonga biryoklama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo`lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo`lishga rag`batlantiradi. Yo`qsak ma’naviyatgina inson extiyojlarini oqilona kondirishga, ijtimoiy adolat o`rnatib, saxiy va oliximmat bo`lishga undaydi.

Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurrok kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G`oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta’rifiga ko`ra, ma’naviyat (rux) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustaxkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yo`qsak ma’naviyatda xaqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida o`z aksini topadi. Insonga xos bo`lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda to`tgan o`rnida, uning o`z moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirishida, muayyan mafko`rani amalga oshirishida yaqqol ko`rinadi.

Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G`oya va mafko`ra muxim o`rin tutadi. Bozor munosabatlariga o`tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga yetkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.

Bozor iqtisodiyoti inson extiyojlarini tularok kondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bo`lar quyidagilardir:

- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o`zgarganligi;

- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar;

- o`z qobiliyati, kizikishlariga mos bo`lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;



- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qullab-kuvvatlanishi;

- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;

- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;

- davlat va jamoat ishlarida katnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;

- demokratik qadriyatlar rivoji;

- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.

Ular shaxsning moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muxim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro`yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs isloxot natijalaridan baxramand bo`luvchigina emas, balki ularni sobitkadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o`zgaradi, yo`qsaladi, qadr-kimmat topadi va e’zozlanadi.

Insonning jamiyatidagi o`rni, qadr-kimmati borasida milliy istiqlol o`z oldiga kuydagilarni maqsad va vazifa qilib kuyadi:

- insonning qadr-kimmatini joyiga qo`yish;

- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;

- insonning o`zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog`lom avlodlar o`zluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e`tiqodi butun bo`lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalakit beradigan nuksonlar ham inson tabiati bilan bog`liqdir. Hozirga qadar inson to`g`risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko`proqe’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borliqining salbiy jixatlari ham tahlil qilina boshlandi.

Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurrok o`rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga extiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko`proqG`arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo`lida xatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muxim ahamiyatga ega bo`lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga tuskinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muxitni bo`zadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo`lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko`rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyoxvand, poraxur, terrorchi va shuxratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir.

Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muximdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o`z oldiga maqsad qilib kuyar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga aloxida e’tibor beradi.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish