Substansiya – muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil ko`rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo`luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb xisoblovchi ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, G`oyani yoki ruxni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm tarafdorlari. o’oyani, ruxni oluvchilar esa – idealistik monizm tarafdorlari xisoblanadilar. Shuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham G`oya yoki rux yotadi deb xisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis — ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb xisoblanadi. Arastu, Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida ko`p substansiyalar yotadi deb xisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis — ko`pchilik so`zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.
Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning o`zok utmishiga borib takaladi. Masalan, Qadimgi Хindiston va Хitoyda, Misr va Bobilda, Qadimgi O`rta Osiyo va Yunonistonda ba’zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb xisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unso`rni olov, boshqalari suv yoki xavo, ayrimlari esa — to`prokdan iborat deb xisoblashgan. Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda esa, olamning asosida — olov, xavo, suv va to`prok yotadi, barcha narsalar ana shu to`rtta unso`rning birikishidan xosil bo`lgan, deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substansiyani axtarishning yana bir yo`li narsalarning targ`ibidagi bo`linmas eng kichik unso`rni, ya’ni narsalarning targ`ibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma’nosini anglatadi) ni axtarishdir. Bunday yo`nalishga mansub oqimlardan biri atomistik oqim xisoblanadi. Masalan, Qadimgi Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bo`linmas unsurlar atomlar yotadi, ular o`zlarining shakli, haraqatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb xisoblashgan.
Olamni anglash to`g`risida turlicha, xatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar mavjud. Bunday qarashlar odamlarning olamga o`z ulchovlari bilan qarashlari oqibatida paydo bo`ladi. Birov uchun olam yaxshi va yomon, oppok va qora ranglardan tashkil topgan, boshqa ranglarning bo`lishini u tasavvuriga ham sig`dira olmasligi mumkin. Boshqalar esa, olamni xilma-xil rangda, qirralarda ko`radi. Ular ok bilan qora oraliKida oqimtirrok yoki qorarok ranglar ham bo`lishi mumkinligiga e’tibor qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |