Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 1,93 Mb.
bet109/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Ilmiy bilishning darajalari empirik (tajribaga asoslanuvchi) va nazariy shakllarga bulinadi. Empirik bilim asosan tajriba va eksperimentlar jarayonida olinadigan va xakikiyligi tajribalar jarayonida sinab kurilgan bilimlardir. Bilishning nazariy darajasida ilmiy qarashlar, bilimlar kat’i tizimga solinadi. Ilmiy tushunchalar kat’iy mezon asosida o`rganilayotgan fanning kupkirrali tomonlarini chukurrok va tularok bilishga imkon beradi.

Ilmiy bilimlar xosil kilish usullariga karab, fanlar eksperimental va fundamental fanlarga ajratiladi. Shuningdek, ular o`rganish ob’ektiga karab, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga bulinadi. Тadkikot predmetini chukurrok o`rganish jarayonida fanning yangi soxa va tarmoklari vujudga keladi. Masalan, tabiyatshunoslik fanlarining botanika, zoologiya, kimyo, matematika, fizika kabi soxalari; ijtimoiy-gumanitar fanlarning tarix, kadimshunoslik (arxeologiya), etnografiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, etika, pedagogika, psixologiya, madaniyatshunoslik kabi soxalari vujudga keldi. Ularning xar biri yana kator tarmoklardan iboratdir. Masalan, tarix fanining kadimgi dunyo tarixi, urta asrlar tarixi, yangi zamon tarixi; falsafaning ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya, falsafa tarixi kabi.

Insoniyatning keyingi ikki yo`z yillik tarixi davomida tabiatni o`zlashtirish, inson moxiyatini bilish, jamiyatni takomillashtirish borasida erishgan yutuklari fan taraqqiyoti bilan bevosita bog`likdir. Inson tabiiy va ijtimoiy muxitga yaxshirok moslashish, tabiatning stixiyali kuchlari oldida ojiz va chorasiz bulib kolmaslik uchun fanga murojaat kiladi. Shuningdek, u fan tufayli ijtimoiy munosabatlarni o`z maqsad va manfaatlariga mos ravishda takomillashtiradi. Fanning ilmiy bilimlar tizimi sifatida vujudga kelishi inson extiyojlari bilan bog`lik buldi.

Fanning vujudga kelishi tu²risida turlicha qarashlar. Yevropatsentrizm va Osiyotsentrizm. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishida o’arb va Shark mamlakatlari kushgan xissalarni biryoklama tavsiflash, ularning bir-biriga kursatgan o`zaro ta’sirini inkor etish ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojida yevropatsentrizm va osiyotsentrizm okimlarini vujudga keltirdi.

Јadimgi Shark jaxon madaniyati va sivilizatsiyasining beshigi bo`lgani, dastlabki ilmiy bilimlar shark mamlakatlarida vujudga kelgani jaxon olimlari tomonidan e’tirof kilingan. Јadimgi Shark mamlakatlarida (Хindiston, Хitoy, Misr, Хorazm, Baktriya, SuKdiyona, Shosh, Afrosiyob) astronomiya, matematika, tabobat, falsafaga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelishi kundalik xayotiy extiyoj, dexkonchilik rivoji, inson salomatligini muxofaza kilish bilan bevosita bog`lik bo`lgan. Yil fasllarining almashuvini bilish zarurati astronomiyaga oid ilmiy bilimlarni rivojlantirishga olib kelgan.

Јadimgi Shark va Markaziy Osiyoda ilmiy bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi bilan tabiat va borlikka ongli munosabat, tabiat va insonni kadrlash xissi shakllangan. Ilmiy va falsafiy tafakkur insonning tabiat va jamiyatga biryoklama karamlikdan ozod bulishiga, mexnat tufayli borlikka faol munosabatda bulishiga imkon bergan. Markaziy Osiyodan yetishib chikkan mutafakkirlarning olam, odam va tabiatga bo`lgan falsafiy qarashlari «Avesto»da, xikmat, makol va rivoyatlarda o`z ifodasini topdi.

Јadimgi yunonlarning shark mamlakatlari bilan savdo munosabatlari ilmiy-madaniy soxalardagi alokalari uchun keng yul ochgan. Јadimgi Yunonistondagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar ilmiy bilimlarning rivojlanishi uchun kulayliklar yaratgan. Јadimgi yunonlar eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ilmiy bilimlarni tizimlashtirdi va tasnif kildi. Evklid, Arximed, Fales, Arastuning ilmiy bilimlar rivojidagi xizmatlarini aloxida ta’kidlash joiz.

Јadimgi yunon olimlari kuprok tabiat va koinot sirlarini bilishga, ko`zatish va mantikiy fikrlash vositasida olamning sodda, birok diniy- mifologik qarashlardan farkli manzarasini yaratishga, borlikka ozod va erkin inson ko`zi bilan qarashga intilgan. Јadimgi yunonlarga xos izlanuvchanlik, xurfikrlilik turli falsafiy okim va maktablarning shakllanishiga olib kelgan.

Antik dunyo yaratgan fan va falsafa urtasidagi xamkorlik, bir-biriga kursatgan barakali ta’sir Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-falsafiy faoliyatida yangi boskichga kutarildi. Ularning ilmiy qarashlari xozirgi zamon fanining taraqqiyotida muxim axamiyatga ega bo`lgan.



Јadimgi Rim imperiyasining kulashi nafakat siyosiy balki ilmiy-madaniy soxada xam tanazzulni kuchaytirgan. Birok ilmiy-falsafiy tafakkur butunlay tuxtab kolmagan. Јadimgi yunonlarning ilg`or falsafiy va ilmiy an’analari Markaziy Osiyoda yanada rivojlandi va fan soxasiga yangi kashfiyotlar berdi.

IX-XII asrlarda arab xalifalari Хorun ar-Rashid, uning uKli Ma’mun va Хorazmshox Ma’munning xomiyligida usha davrning o`ziga xos fanlar akademiyalari vujudga kelgan. Хususan, IX asr urtalarida BaKdodda «Bayt al-xikma» (Donishmandlar uyi), Хorazmda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi. Markaziy Osiyodan yetishib chikkan Muso Хorazmiy, Axmad FarKoniy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino kabi allomalar matematika, astronomiya, meditsina, jamiyatshunoslik va siyosatga oid fanlarni rivojlantirdilar.

Sharkda ilmiy bilimlar rivoji diniy akidalarni inkor etmagani xolda insonni yanada kamol toptirishga, borlik moxiyatini akl va tafakkur vositasida bilishga asoslangan edi. Sharklik olimlar kadimgi yunon olimlarining ilg`or an’analarini davom ettirgan, ilmiy bilishning yangi usullarini taklif etgan. Shark ilmiy tafakkuri barkamol insonni shakllantirish, ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirish, tabiat sirlarini bilish va undan okilona foydalanishga karatilgan edi.

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilg`or ilmiy qarashlari va asarlari Yevropada ilm-fan rivojida katta axamiyatga ega bo`lgan. Yevropaliklar Albaron (Al‑Beruniy), Avitsenna (Ibn Sino), Al-Ferganus (Al‑FarKoniy), Ulu²bek va boshkalarning ilmiy merosini chukur o`rgangan, ularning an’analarini davom ettirgan. Buyuk italyan mutafakkiri Dante Alegeri «Iloxiy komediya» (XVI asr) asarida Markaziy Osiyodan yetishib chikkan mutafakkirlarni jaxonning buyuk allomalari sifatida uluKladi.

Markaziy Osiyo olimlarining jaxon fani rivojiga kushgan xissalari matematika, algebra, astronomiya, mineralogiya, geodeziya, geografiya, tabobat, tarix, tilshunoslik, mantik, falsafa rivojida yakkol ko`zga tashlanadi. Muso Хorazmiy matematikaning yangi soxasi bo`lgan algebraga asos soldi. Ibn Sino o`zining «Тib qonunlari» asari bilan tabobatni ilmiy asosda rivojlantirdi va uning asarlari Yevropada kup asrlar davomida muxim kullanma bulib keldi. Mirzo UluKbekning astronomiyaga oid «Zichi jadidi Kuragoniy» asari fanga kushilgan muxim xissa buldi. U xozir xam o`z axamiyatini saklab kelmokda.

Mavjud adabiyotlarda ta’kidlanishicha, Yevropada fanning aloxida faoliyat shakli sifatida rivojlanishi XVI-XVII asrlarga tuKri keladi. Bu davrda Iogann Kepler, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Isaak Nyutonning asarlari vujudga keldi. Buyuk ingliz mutafakkiri Frensis Bekon, franso`z olimi Rene Dekart ilmiy bilish uslublarini ishlab chikdi. Ular fanning tabiatni o`zlashtirish va jamiyatni takomillashtirishdagi axamiyatiga yuksak baxo berdilar, «Bilim — kuchdir» shiorini ilgari surdilar.

Bu davrda fan va falsafa bir-biridan keskin ajralmagan edi. Olimlar o`z asarlarini «pozitiv eksperimental falsafa» deb atar edilar. Yevropada ilm-fan rivoji kishilarning olam tuKrisidagi qarashlarini tubdan o`zgartirdi. Olamga dunyoviy fanlar nuktai nazaridan qarash imkoniyati vujudga keldi, ya’ni olamga biryoklama diniy qarashdan keskin fark kiladigan ilmiy qarash shakllandi.

Jaxon fanining vujudga kelishi va rivojlanishiga Shark olimlari munosib xissa kushganlar. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bir davrlarida Shark jaxon fani rivojida yetakchi mavkeni egallagan bulsa, taraqqiyotning keyingi boskichlarida boshka mamlakatlar yetakchi mavkeni egallagan.

Osiyo va Yevropa mamlakatlari xalqlarining jaxon fani rivojidagi urni va nufo`zini biryoklama burttirish yoki kamsitish nazariy jixatdan xatodir. Fan o`z moxiyati bilan umumbashariydir. Yer yo`zidagi xar bir xalq katta-kichikligidan kat’i nazar, unga o`z xissasini kushib keldi.

XIX asrning urtalarida tabiatshunoslik fanlarida kilingan buyuk kashfiyotlar (evolyutsion nazariya, xujayra nazariyasi, energiyaning saklanishi va o`zgarishi qonuni) falsafiy dunyoqarashning o`zgarishiga, jamiyat tuKrisidagi ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga turtki berdi.

XIX asrning oxirlariga kelib, fanning muxim soxalarida erishilgan yutuklar fan taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat berdi. Fizika soxasida optika, termodinamika, elektr va magnetizmning o`rganilishi, kimyo soxasida kimyoviy birikmalar xossalarining o`rganilishi, Mendeleev elementlar davriy tizimining yaratilishi, matematikada analitik geometriya va matematik analiz kabilarda yakkol kurindi. Bu davrda sotsiologiyaning mustakil fan sifatida rivojlanishi ijtimoiy ziddiyatlarni okilona xal etish va jamiyat istikbollarini belgilash imkonini berdi.

Yevropa olimlarining tabiatshunoslik fanlari soxasida erishgan yutuklari yangi falsafiy ta’limotlarning vujudga kelishiga sabab buldi. Хususan, I. Nyuton tomonidan fizika soxasida kilingan kashfiyotlar tabiat va jamiyatning mexanistik manzarasini yaratishga, Charlz Darvinning ilmiy kashfiyotlari esa, butun olam evolyutsiyasi, olamning yaxlit birligi, organik va noorganik tabiat xamda jamiyatning o`zaro bog`likligi tuKrisidagi falsafiy qarashlarning shakllanishiga olib keldi. O`z vaktida xam tabiatshunos, xam faylasuf bo`lgan R. Dekart, F. Bekon tomonidan ilmiy bilish metodlarining, fanning buyuk o`zgartuvchilik va yaratuvchilik kudratining falsafiy asoslanishi keyingi davrlarda fan va falsafa metodologiyasi uchun mustaxkam zamin yaratdi.



XIX asr oxiri — ХХ asr boshlarida jadidchilik xarakatining yetakchilari Bexbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Abdulla Јodiriy va boshkalar ulkada ilm-fan va ma’rifatni keng rivojlantirish Koyasini ilgari surdilar. Ulkaning urta asrchilik bid’atlariga karshi mavjud siyosiy to`zumni islox kilish zarurligini anglab yetdilar. Jaxonning ilg`or fan va texnika yutuklaridan ulka axolisini baxramand etishga xarakat kildilar. Birok keyingi ijtimoiy silsilalar okibatida jadidchilarning ma’rifatparvarlik xarakatlari rivojlana olmadi.

Mustabid to`zum xalqimizning ilm-fan va zamonaviy texnika sirlarini egallashi uchun ma’lum shart-sharoit yaratgan bulsa xam, uning boy ma’naviy merosidan baxramand bulishi, ajdodlarning ilg`or ilmiy-madaniy an’analarini rivojlantirishga imkon bermadi.

Mustakillik tufayli xalqimizning kup asrlik tarixga ega bo`lgan ma’naviy-intellektual merosini o`rganish, jaxon ilm-fani va texnikasi yutuklaridan baxramand bulish, dunyoning mashxur ilm dargoxlarida ukish-o`rganish imkoniyati vujudga keldi. Ayniksa, bozor munosabatlariga utish, zamonaviy ishlab chikarishni rivojlantirish, barkamol insonni shakllantirishda ilm-fan yutuklariga tayanish xayotiy zaruratga aylandi.



Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «Barkamol avlod — O`zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O`zbekiston XXI asr busaKasida...», «Тarixiy xotirasiz kelajak yuk» kabi asarlarida ilm-fanni rivojlantirish isloxotlar muvaffakiyatining garovi, moddiy farovonlik asosi ekanini xar tomonlama isbotlab berdi. O`zbekistonning jaxondagi taraqqiy etgan mamlakatlar katoridan munosib urin egallashi, taraqqiy etishi, shubxasiz, uning ilm-fan saloxiyatiga bevosita bog`likdir.

Mamlakatimizda 1997 yili kabul kilingan va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Тa’lim tuKrisida»gi qonun mamlakatimiz ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, jaxon andozalari talablariga javob bera oladigan mutaxassis-kadrlar tayyorlash vazifasini kuydi.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish