Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Sivilizatsiyali rivojlanish va mulkiy plyuralizm



Download 1,93 Mb.
bet121/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Sivilizatsiyali rivojlanish va mulkiy plyuralizm. Bozor munosabatlari sharoitida maxsulot sifati va samaradorligini yaxshilashning muxim qonuniyatlaridan biri rakobatli muxitni yaratish, kishilarda xujayinlik xissini shakllantirish, mehnat maxsuliga egalik qilish, shaxsiy manfaatdorlik va uni davlat manfaatlari bilan bog`lash muxim tamoyil sifatida joriy etila boshlandi. Mehnatni tashkil etish jarayonida kishilarning kasbiy maxorati, bilimi, tajribasi, kunikma va malakasi, mehnat madaniyati, mehnatni tashkil etishga ijodiy yondashish kishilarning mehnat va mulkka bo`lgan munosabatini ko`rsatuvchi mezonga aylandi.

Mulk nima? Har bir inson o`zining ongli faoliyatida mulkka ega bo`lishni o`z oldiga maqsad qilib kuyadi. Bu mulk insonning aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida yaratilgan va uning barqaror yashashi uchun kafolat beradigan moddiy va intellektual boylikdir.

Mulk avloddan-avlodga meros bo`lib o`tishi ham mumkin. Mulk mulkdorning tasarrufida bo`lgan barcha tirikchilik va ishlab chiqarish vositalaridir. Mulkning shaxsiy, xususiy, jamoa, davlat mulki singari shakllari mavjud. Mulk egasi o`z tasarrufidagi mulkni avaylab-asraydi, tejaydi, undan oqilona foydalanadi va muttasil ravishda ko`paytirishga harakat qiladi.

Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat xususiy mulkni qullab-kuvvatlaydi, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantiradi, xususiy mulk daxlsizligini huquqiy kafolatlaydi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berishni yo`lga kuyadi. Bu esa ularning mulkdor bo`lishi, o`rta mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Mustaqillik sharoitida aqliy mehnat maxsuli bo`lgan fan, san’at asarlari, darsliklar, ukuv qo`llanmalari, ta’lim-tarbiyaning yangi konsepsiyalarini yaratish intellektual mulk xisoblanadi. Intellektual mulk egasi o`z mehnati maxsulini o`z xoxishicha tasarruf etadi. Bunday mulkning qadr-kimmati, baxosi, sifati, jamiyatda to`tgan o`rni rakobatli muxitda yaqqol namoyon bo`ladi. Intellektual mulkning talabgori, buyurtmachisi davlat va jamiyatdir.

Mehnat jarayonida yaratiladigan har qanday maxsulot o`z qiymatiga ega bo`ladi. Qiymat maxsulotda o`z ifodasini topadigan xodimning aqliy va jismoniy kuchi, qobiliyati, bilimi, sarflagan vaqti, xom ashyo, yoqilg`i, energiya, yo`l harajatlari uchun mablag`i va xokazolardir. Mulkdor maxsulot ishlab chiqarishga kamrok harajat qilib, ko`proqfoyda olishga intiladi. Foyda bozor munosabatlari sharoitida amal qiladigan muxim qonuniyatlardan biridir. Хususiy mulkning rivojlanishida foyda xal qiluvchi o`rin tutadi. Hozirgi paytda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy-iqtisodiy jixatdan teran idrok etish, yoshlar dunyoqarashida yangicha iqtisodiy tafakko`rni shakllantirish ularning jahon sivilizatsiyasi andozasi talablari darajasida fikr yuritishi va faoliyat ko`rsatishi uchun zamin yaratadi.

O`zbekistondagi demokratik jarayonlar jahon sivilizatsiyasi bilan uyg`unlashishning yana bir imkoniyatidir. O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilib borishida demokratik jarayonlarni va rivojlangan davlatlarning siyosiy tajribalarini ijodiy o`rganish va hayotga tatbiq etish muxim o`rin tutadi.

O`zbekiston qonunchiligini xalqaro huquq talablariga muvofiqlashtirish, nufo`zli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo`lish, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlariga bo`lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida saylash, fikrlar xilma-xilligi va ko`ppartiyaviylik tizimini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni hayotga tatbiq etish, O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilib borayotganidan dalolat beradi.

O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga kirib borishidagi tajribalarini falsafiy idrok etish va umumlashtirish ayniqsa muximdir. Prezident I.A. Karimovning qator asarlarida yo`qsak ma’naviyat jamiyat taraqqiyotida muxim omil ekanligi to`g`risidagi G`oya yangicha falsafiy tafakko`rning metodologik asosi, jahon taraqqiyoti tajribalariga tayanishning yorkin namunasidir. Milliy G`oya va milliy mafko`ra o`zida mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish nazariyasi, yo`llarini yaqqol aks ettiradi.

O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish tajribasi, uning milliy G`oyasi va mafko`rasi rivojlanayotgan mamlaqatlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasining muxim xususiyatlarini va O`zbekistonning sivilizatsiyali taraqqiyot yo`lidan jahon hamjamiyatiga qo`shilib borishini, milliy G`oya va mafko`rani falsafiy idrok etish talabalarda vatan tuyg`usi, ma’rifatparvarlik, milliy Kurur, burch, masuliyat xissini tarbiyalashga yordam beradi.



Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish