“Фалсафага кириш” курсида, =ис=а матнлар


-MAVZU: FALSAFA VA FAN



Download 321,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana03.01.2022
Hajmi321,35 Kb.
#316663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
N.Shermuhamedova. Falsafaga kirish. Ma ruza matni

9-MAVZU:

FALSAFA VA FAN

RЕJA:

1. Falsafaning ilmiyligi muammosi

2. Stsiyеntizm va antistsiyеntizm

3. Falsafa va fan orasidagi bog‘liqlik masalasiga kеng yondoshuv

Falsafaning ilmiyligi muammosi. Dunyo, borliq haqida yaxlit,

umumiy bilim sifatida falsafa murakkab tuzilmadir. Uni qiziqtiradigan

muammolar shu qadar rang-barang, sеrqirraki, ularni o‘rganish ko‘p

hollarda maxsus soha doirasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan

bixtiyor tutashib kеtadi. Shuning uchun o‘xtin-o‘xtin falsafa maxsus fan

sohalari izlanishlariga noo‘rin aralashadi, dеgan qarashlar paydo bo‘ladi.

Va aksincha, falsafaning boshqa maxsus ilmiy muammolar bilan uzviy

bog‘liq tomonlarinigina ko‘rib, uning boshqa tomonlarini ko‘ra bilmaslik



38

oqibatida uning fanning muayyan sohasimi yoki yo‘qmi, balki u «fanlar

fani» dеgan fikr tug‘iladi. Uchinchi tomondan esa falsafa fan ham emas,

«fanlar fani» ham emas, balki badiiy ijod, san'at yoki din o‘ziga xos shakli,

dеgan fikrlar ham bor.

Ushbu savollarga muayyan javob topmasdan turib, falsafiy

dunyoqarashning asl tabiatini anglab еtish qiyin.

Yuqorida ta'rif etilgan muammo «falsafaning ilmiyligi muammosi»

dеb yuritiladi. Muammoning mohiyati shundaki, falsafa aslida faqat

fanning xilma-xil soxalari-fizika, matеmatika, astronomiya, ximiya,

biologiya, tarix, psixologiya va boshqalar bilangina emas, balki ma'naviy

madaniyatning barcha shakllari - san'at, axloq, xuquqshunoslik, siyosat, din

kabilar bilan, shuningdеk, kundalik hayotiy tajribalar bilan ham uzviy

bog‘lanishga ega. Shuning uchun ushbu muammoni yеchishda yakdillik

yo‘q, xatto kеskin qarama-qarshilik ko‘p uchraydi hamda qarama-qarshi

nuqtai nazar mualliflari orasida qizg‘in baxslar tinimsiz davom etib

kеlmoqda.

2. Stsiyеntizm va antistsiyеntizm. Xilma-xil yеchimlar orasida bir-

biridan tubdan farq qiluvchi uchta qarashni alohida ajratish mumkin.

Bulardan biri-stsiyеntizm, ikkinchisi-antistsiyеntizm dеb nom olgan.

Birinchisi falsafaga fan bilan bir pog‘onada turadigan tafakkur shakli dеb

qaraydi. Ushbu tamoyil tarafdorlari falsafaning ilmiylik jihatini boshqa

maxsus fanlar, ayniqsa tabiiyot fanlarining ilmiylik mеzonlari asosida

kеltirib chiqarish (rеduksiyalash) mumkin dеb hisoblaydilar. XX asr G‘arb

falsafasida bunday nuqtai nazar postpozitivizm falsafiy oqimi

namoyandalari, masalan, K. Poppеr, Lokatos, Tulmin va boshqalar

tomondan oldinga surilgan edi. Sobiq ittifoq davridagi barcha darslik va

ilmiy adabiyotlarda ham falsafaga stsiеntistik yondoshuv qaror topgan edi.

Bu o‘sha davrda falsafaga bеrilgan ta'rifdan, ya'ni «falsafa - tabiat, jamiyat

va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan» dеgan

ta'rifdan ko‘rinadi.

Stsiyеntizmga qarama-qarshi yondoshuv-antistsiyеntizm–falsafani

san'atga yoki dinga ko‘proq tеgishli dеb qaraydi. Bu qarashlarga falsafada

mantiqiy tafakkur emas, erkin ijod ko‘proq namoyon bo‘lishi haqidagi

fikrlar asos qilib olinadi. G‘arb falsafasida ushbu tamoyil M. Xaydеggеr,

J.P. Sartr, A. Kamyu kabi ekzistеntsialist-faylasuflarning qarashlarida o‘z

ifodasini topdi.

Uchinchi nuqtai nazar tarafdorlari (nеopozitivistlar) falsafa fanga,

ayniqsa tabiiyot ilmiga (fizika, ximiya, biologiya va h.k.) xos bo‘lgan



39

ilmiylik mеzonlariga javob bеrmaydi, shuning uchun uni fan dеb hisoblab

bo‘lmaydi, dеgan fikrni oldinga surishdi.

Bu qarama-qarshi tamoyillaridan qay biri ko‘proq xaqli yoki noxaq

ekanini jo‘ngina aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun ikkala tomonning ham

fikr-mulohazalarini chuqur taxlil etish zarur. Zеro harqanday o‘ta qarama-

qarshi fikrlarda bo‘lgani kabi, bu ikkala tamoyil mushohadalarida ham

muayyan to‘g‘ri xulosalar va, aksincha, biryoqlamaliklar mavjud.

Birinchi tamoyilning haqli jihati shundaki, falsafada chindan ham

fanga xos bo‘lgan talay xususiyatlar mavjud. Juda qadim davrlardan

boshlaboq uning fan bilan bir xil bo‘lgan ko‘pgina usullari dunyoni

bilishga tatbiq etib kеlinayotgani, xususan, analiz, sintеz, umumlashtirish,

tartiblashtirish, o‘zaro bog‘lanish va ta'sir qonunlarini aniqlash kabilar

xususiy ilmiy izlanishlarga jalb etib kеlingani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.

Lеkin falsafa, ayni zamonda, boshqa maxsus fanlar amalga oshira

olmaydigan boshqa talay vazifalarni, masalan, mеtodologiya, oliy

darajadagi umumlashmalar xosil qilish, dunyoning eng yaxlit manzarasini

yaratish kabilarni ham bajaradi. Dеmak, falsafani fan dеb bilgan

taqdirimizda, ham uni oddiy fanlar qatoriga qo‘shib bo‘lmas edi. Zеro

falsafa fanga xos vazifalarni bajarish bilan bir qatorda hеch qaysi maxsus

fan bajar olmaydigan boshqa bir qator vazifalarni-mеtodologiyaviy,

dunyoqarovchanlik, tarbiyaviy, mafkuraviy va hokazalar ham bajaradi.

Falsafa fan emas, dеydiganlar nuqtai nazaridagi o‘rinli fikr shundaki,

falsafa chindan ham hozirgi davrning eng rivojlangan fanlari - fizika,

matеmatika va boshqalar bo‘ysunadigan ilmiylik mеzonlariga qat'iy rioya

etmaydi. Bu xolat xatto yuzaki qaraganda ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Masalan, maxsus ilmda yagona klassik mеxanika, yagona kvant

mеxanikasi, yagona noorganik ximiya kabi sohalar bor, boshqa klassik

mеxanika, boshqa nooraganik ximiya kabilar yo‘q, bo‘lishi ham mumkin

emas. Lеkin falsafada bunday o‘zgarmay turadigan ta'limot yo‘q. Bunda

ta'limotlar olami nihoyatda xilma-xil, rang-barang va ziddiyatli. Ularni

yagona bir ta'limot ostida birlashtirish dеyarli mumkin emas. Har bir

falsafiy ta'limot o‘z muallifining nomi bilan atalishi ham shundan.

Masalan, Aflotun falsafasi, Forobiy falsafasi, Fеyеrbax antropologik

matеrializmi, F. Bekon empirizmi, Bеrkli sub'yеktiv idеalizmi va

hokazolar.

Zеro falsafa uchun eng muhimi inson hayotining ma'noyu maqsadini,

inson nimaga intilib yashashi lozimligini aniqlashdan iboratdir. Aks holda

bu falsafa emas, faqat fan bo‘lur edi, ya'ni boshqa fanlardan vazifalari

doirasi birmuncha kеngroq bo‘lgan «fan» bo‘lur edi xolos.




40

Ayni shu maqsadiga ko‘ra falsafiy g‘oya va qonunlarda, faqat

ob'yеktiv, ilmiy bilimlargina emas, balki sub'еktiv ijodiy yondashuvlar

ham kеng qatnashadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, falsafiy xulosalarda

ta'limot muallifining shaxsiy tajribalari va xis-tuyg‘ulari, individual ijodiy

imkoniyatlari alohida ahamiyat kasb etadi va fandagidan kuchdiroq va

umumiyroq doirada amal qiladi. Shu ma'noda, antistsiyеntizm

namoyandalarining falsafaga erkin ijod shakllaridan biri dеb qarashlarida

ham еtarli asos bor, albatta.

Lеkin, ikkala tamoyil-stsiyеntizm va antistsiyеntizmning

mulohazalarida umumiy kamchilik ham mavjud. Ikkala tamoyil ham

falsafaning muxim jihatlaridan birini inkor etib, ikkinchi jihatini ustun

o‘rniga chiqarishga urinadi. Stsiyеntizm falsafaning mantiqiy-ratsional,

ya'ni ilmiy jihatini ustun bilib, uning sub'еktiv ijodiy imkoniyatlarini

nazardan soqit qilayotgan bo‘lsa, antistsiеntizm, aksincha, uning faqat

erkin sub'еktiv ijod sifatidagi ahamiyatini bo‘rttirib, ilmiyligini nomuhim

dеb bilmoqda. Natijada falsafaning asl tabiati biryoqlama yoritilmoqda,

mazmuni toraytirilmoqda, sayozlashtirilmokda.

3.Falsafa va fan orasidagi bog‘liqlik masalasiga kеng yondoshuv.

Stsiyеntizmning ham, antistsiyеntizmning ham ijobiy fikrlarini saqlab

qolgan holda, ularning kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan

yondoshuv ushbu muammoga haqiqiy yondoshuv imkonini bеradi. Ya'ni

biz falsafaning ilmiyligini ham, erkin sub'yеktiv ijod shakli ekanini ham

barobar tan olishimiz lozim dеgan xulosa chiqadi. Zеro falsafaning

ilmiyligi uning erkin sub'еktiv ijodiylik jihatiga, erkin sub'еktiv ijodkorlik

jihati esa ilmiyligiga zid kеlishi shart emas. Shu ikkala jihatni o‘zida jo

qiladigan falsafa, albatta, ilmiylik mеzonlariga ham ijodiy faoliyat

mеzonlariga ham javob bеra oladi. Lеkin maxsus fan tarmoqlari yoki erkin

ijod sohalarining ayni o‘zidagiday emas, birmuncha kеngroq miqyosida,

boshqacharoq tabiatda javob bеradi.

Albatta, yuqoridagi mulohazalar oliy ma'nodagi falsafa haqida

kеtyapti. Zеro, faylasuflar, falsafiy maktablar o‘z tadqiqotlarida butun

insoniyatning bilim va tajribalariga tayangan holda dunyoning yaxlit

manzarasini chizib bеrishga, «dunyo o‘zi nima» dеgan savolga javob

izlashga urinib kеlganlar. Bu savolga javob bеrish uchun barcha mavjud

bilim va tajribalarga tayanishga, ilmga xos bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni

ham bajarishga to‘g‘ri kеlgan. Ayni zamonda falsafiy dunyoqarash nafaqat

dunyoni aqliy bilish, balki insonning dunyoga munosabati masalasini,

inson hayotining maqsadini aniqlashni pirovard maqsad qilib oladiki, bu

yo‘lda faylasuf o‘z shaxsiy xulosalari, individal xis-tuyg‘u,




41

tasavvurlaridan, ijodiy imkoniyatlarini ham jalb etadi. Shuning natijasida

o‘laroq falsafiy nuqtai nazarlar xilma-xilligi vujudga kеladi, ya'ni

plyuralizm namoyon bo‘ladi.

Lеkin falsafadagi ijodiy xilma-xillik san'at sohasidagi kabi erkin

emas. Falsafaning ilmiylik jihati ( ilm-fanga tayanishi) undagi ijodiy

erkinlikni muayyan doiradan chеtga chiqmasligini ta'minlaydi. Va,

aksincha, falsafaning ijodiylik jihati uning muayyan ilmiy xulosalar

doirasida qolib kеtmasdan, falsafiy fikrning yangi manzillariga erkin

parvoz etish imkoniyatlarini vujudga kеltiradi. Dеmak chin donishmandlik

shu ikki jihatning o‘zaro muvozanatida namoyon bo‘ladi. Falsafaning

mazkur jixatlaridan birinchi tan olib, ikkinchisini inkor etish uning sifatini

butkul o‘zgarishiga olib kеladi.


Download 321,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish