Materiya harakat shakllarining tasnifi: materiya harakatining mexanik shaklini boshqa har
qanday shaklga kiruvchi eng sodda shakl sifatida;
- fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini;
- kimyoviy jarayonlarni;
- organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiatdagi asosiy shakllar hisoblanadi. Ulardan
yuqorida ijtimoiy-tarixiy jarayon, materiya harakatining ijtimoiy shakli, shuningdek, fikrlash
jarayonlari turadi.
Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran
aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha
davrda hali ko‘p narsa noma'lum, ko‘p narsalarni aniqlash lozim edi.
Sobiq ittifoq davrida materiya harakati beshta shakldan iborat degan tasnifga jiddiy
aniqliklar kiritishga harakat qilindi. Masalan,
B.Kedrov materiya harakatining oltita subatom-
fizik harakat, kimyoviy harakat, molekulyar-fizik harakat, geologik harakat, biologik harakat,
ijtimoiy harakat kabi shakllarini taklif qilgan
.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazaridan materiya harakat shakllarining oddiy
chiziqli joylashuvi to‘g‘ri emas
.
U har bir bo‘g‘inda ikkiga – rivojlanishning asosiy va ikkinchi
darajali tarmoqlariga bo‘linishi zarur. Birinchi – asosiy tarmoq rivojlanish jarayonini kelajakda
mazkur sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi shakllar vujudga kelishidan dalolat
beradi. Ikkinchi tarmoq mavjud harakat shaklining rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Masalan, kimyoviy birikmalar organik va noorganik birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur
divergensiyada (ikkiga bo‘linishda) birinchi – organik shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish
jarayonini materiya harakatining yangi shakli – biologik shaklga olib keladi, imkoniyatsiz
tarmoq hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin, uning qobig‘ va yuzasini tavsiflaydi.
Materiya harakatining biologik shakli darajasida o‘simliklarning quyidan oliyga rivojlanishi
imkoniyatsiz tarmoq sifatida qaralishi mumkin, chunki bu rivojlanish jarayoni o‘z tabiati
chegaralaridan chetga chiqishigacha olib kelmaydi. Hayvonlarning rivojlanishi sifat jihatidan
yangi ob'ekt – inson paydo bo‘lgungacha davom etadi. Bu materiya harakatining sifat jihatidan
boshqa shakli vujudga kelganidan dalolat beradi. Materiya harakatining har bir shaklida makro
va mikro darajalarni farqlash, shuningdek, umumiy hamda xususiy qonuniyatlarni bilib olish
maqsadga muvofiqdir.
Fan rivojlanishining hozirgi tendensiyalarini kelajakka nisbatan tatbiq etib, insoniyat
borliqning yangi shakllarini va harakatning yuqorida zikr etilganidan o‘zgacha usullarini kashf
etishini ancha ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Ayni holda shuni ta'kidlash lozimki, har
qanday sxemalashtirish, harakatning u yoki bu shakllari, tiplari, usullarini farqlash doim to‘liq
bo‘lmaydi va borliqni bilishda erishilgan darajanigina aks ettiradi. Bunday sxemalarni
mutlaqlashtirish yaramaydi. Zero ular bilishning muayyan maqsadlariga xizmat qiladi.
Binobarin, ular muttasil rivojlanishi, ularga aniqlik kiritilishi va ular takomillashtirilishi mumkin
va lozim.
M
Do'stlaringiz bilan baham: