Falsafada substansiya va materiya muammosi


A.Eynshteyn 1917 yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma'nosi qo‘yidagicha



Download 113,5 Kb.
bet10/14
Sana13.12.2022
Hajmi113,5 Kb.
#885010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Falsafada substansiya va materiya muammosi

A.Eynshteyn 1917 yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi, uning ma'nosi qo‘yidagicha:
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og‘ir ob'ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish olamning o‘zgarmas egrilikka ega bo‘lgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og‘ishdir, xolos.
2. Olam turg‘un, vaqtda o‘zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi evolyusiyaga ega bo‘lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko‘lamli to‘rt o‘lchovli silindr ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi bo‘ylab vaqt o‘qi o‘tadi, u o‘tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‘zgarmas musbat egrilikka ega uch o‘lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hyech narsa mavjud bo‘lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o‘z-o‘zida tutashadi» va bu unda hyech qachon to‘siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‘tmishda qolgan. Uning olamning turg‘un modelini yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o‘zgarmas holda mavjudligi haqidagi an'anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg‘un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e'tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetri rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‘unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo‘lsa, maydon evklid maydoni bo‘ladi, ya'ni egriligi nolga teng bo‘ladi va dunyo cheksiz bo‘ladi.
2. Agar olamda moddaning zichligi kritik kattalikdan kichkina bo‘lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko‘rinishida bo‘ladi.
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo‘lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo‘ladi. Dunyo berk va chekli bo‘lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» konsepsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda o‘ta zich singulyar holatda bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o‘zgargan, maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, kengayish o‘rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan mahalliy ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma'nosida emas, balki materiyaning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish