Falsafada substansiya va materiya muammosi


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar



Download 113,5 Kb.
bet12/21
Sana18.02.2022
Hajmi113,5 Kb.
#450763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
1443690056 61387

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi tasavvur yer miqyosidagi ob'ektlarga daxldor nazariyalarning umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan “yer” andoza va negiz sifatida qabul qilinadi. Geotsentrizm ta'limotiga ko‘ra, moddiy tizimlarning atributlari barcha darajalarda yer sharoitida mavjud atributlar bilan bir xil bo‘ladi. Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va boshqa atributlar ontologik ma'noda yagonadir, degan tasavvurga asoslanadi. Lekin materiyaning cheksizligi g‘oyasidan kelib chiqib, atributlarning amaliyot bizni hozirgacha tanishtirgan turidan tashqari, «geotsentrik obraz»dan farq qiluvchi ko‘plab boshqa turlari ham mavjudligini faraz qilish o‘rinli bo‘ladi. Bu atributlarning boshqa turlari, o‘zga makon, vaqt, harakat bilan tavsiflanuvchi ob'ektiv borliqning alohida turi sifatidagi nogeotsentrik tizimlar, ya'ni geotsentrik dunyoga uncha o‘xshamaydigan dunyolar to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi.
Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geotsentrik dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy ob'ekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik dunyo» tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeotsentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeotsentrik dunyolar tomon mavjud bo‘lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o‘zaro ta'sirlarning o‘zga turini uzoq darajada bo‘lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo bog‘lanishlari va o‘zaro ta'sirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geotsentrik andoza»dan og‘ish xususiyati to‘g‘risidagi masalani faqat amaliyotda yechish mumkin. Bu yerda falsafadan ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim.
Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo‘lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif yangi narsa paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqsadni belgilash mexanizmiga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko‘p uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. Moddiy tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja - DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud bo‘lgan bir hujayrali organizmlarni; ko‘p hujayrali daraja – to‘qimalar, organlar, funksional tizimlar (asab tizimsi, qon aylanuvchi tizim), ya'ni organizmlar (o‘simliklar va hayvonlar)ni o‘z ichiga oladi. Organizmlardan yuqori tuzilmalar ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog‘langan bir turga mansub jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o‘rmondagi bo‘rilar to‘dasi, ko‘ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning xususiyatlari va ko‘payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko‘payishini sekinlashtiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori darajasiga populyasiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit tizimida populyasiyalar shunday bog‘langanki, ulardan birining hayot faoliyati mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o‘rmon muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o‘simliklar, shuningdek hayvonlar, qo‘ziqorinlar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari o‘zaro ta'sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.
Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh, jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‘la oladi. Shu sababli jamiyatga o‘z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.
Moddiy tizimlar turlarining tasnifini davom ettirib, L.Gumilevning «Etnogenez va yer biosferasi» asaridagi fikr-mulohazalarini esga olish mumkin. Muallif taklif qilgan tasnifning mantiqi quyidagicha: siz yer sayyorasida yashaysiz. Bir qobiq ostida harakat qilasiz – bu litosfera. Moddiy tizimlarning boshqa bir turi organizmingizning barcha hujayralariga kirib boradi – bu gidrosfera. Uchinchi turi bilan siz nafas olasiz – bu atmosfera. To‘rtinchisi – biosfera. Bu yerda siz barcha tirik o‘simliklar, mikroorganizmlar bilan yashaysiz.3 Bu tasnifda geo-, bio- va noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy tasnifiga yaqinlashishni sezish mumkin.
Asosiy muammo shundan iboratki, ilgari surilgan nazariyalar va ularni amalda sinash, ya'ni ularning ishonchliligini tasdiqlashi yoki pirovard natijada ularni rad etishi mumkin bo‘lgan tegishli eksperimentlar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish imkoniyatlari o‘rtasida ulkan tafovut mavjud.

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish