Falsafa va hozirgi zamon



Download 167,5 Kb.
bet10/37
Sana15.01.2022
Hajmi167,5 Kb.
#366351
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati

Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kiradi va pirovardda u halok bo‘ladi deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma'lum darajada e'tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hyech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. Chunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.

Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit'alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o‘sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va boshqalar tobora bo‘rtibroq namoyon bo‘la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o‘rin olib, qizg‘in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.

Ko‘rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki urinishlarning o‘ziyoq texnokratik tendensiyalarga zid bo‘lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e'tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan holdir.

Ko‘pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o‘z o‘tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda8, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning yangi to‘lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‘lqin ta'sirida paydo bo‘lgan g‘oyalar «aksiliste'mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o‘rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo‘lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo‘yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‘oyasi ham shubha ostiga olindi. O‘z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‘riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo‘ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‘xtatish» taklif qilindi.




Download 167,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish