bo’lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning
mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va
faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo’ljallaridir.
Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani o’rganadi?», degan savolni
berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki
fan javoblaridan qoniqmagan insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga,
muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan
javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday ob’yektiv
va sub’yektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |