Falsafaning asosiy funksiyalari
Falsafani jamiyat hayotida katta va betakror rol o‘ynashi
uning bajaradigan asosiy funksiyalarida yanada aniqroq
namoyon bo‘ladi.
Uning asosiy funksiyalari quyidagilardir:
1)
Dunyoqarashlik funksiyasi;
2) Ontologik funksiyasi;
3) Metodologik funksiyasi;
4) Gnoseologik funksiyasi;
5) Ijtimoiy funksiyasi;
6) Aksiologik funksiyasi;
7) Evristik funksiyasi
.
Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va
o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari,
xulosalari bo‘ladi.
Dunyoqarash
– insonning olamni bir-butun yoki turli
tuman holda ko‘rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi,
tushunishi hamda unda o‘z o‘rni va mavqeini,
munosabatini belgilovchi qarashlar, baholar, tamoyillar
majmuasidan iborat murakkab tizimdir
.
Dunyoqarash tarkibiga borliqning hissiy va aqliy
in’ikosi sifatida hosil bo‘lgan sezgi, idrok va
tasavvurdan tortib, tafakkurda mantiqiy jihatdan
nazariy asosda qayta ishlangan falsafiy, siyosiy,
huquqiy, axloqiy, estetik, diniy, badiiy va ilmiy
bilimlar, nuqtai nazarlar, ishonch va e’tiqodlar kiradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash,
vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy
barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar
bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Chunki,
dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar
orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning
tarixiy bir bo‘lagiga aylanadi.
1: Mifologik dunyoqarash
2: Diniy dunyoqarash
3: Falsafiy dunyoqarash
Ijtimoiy taraqqiyotning boshlang‘ich
bosqichiga xos bo‘lgan insonning olam haqidagi
tasavvurlarini obrazlarda, naql, rivoyat va afsonalar
orqali ifodalanishidir.
Bu g‘ayritabiiy kuchlarning real mavjudligiga
ishonishga asoslangan, voqelikni xayoliy obrazlarda,
tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi olamning
fantastik manzarasini yaratuvchi ilmiy bo‘lmagan
qarashlardan iborat dunyoqarashning o‘ziga xos
shaklidir.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy,
diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy
tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi.
Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy
dunyoqarashdan farqli o‘laroq, dunyoni sof ilmiy
tushuntiruvchi nazariy
qarashlar sistemasidir.
Dunyoni, aqliy jihatidan mantiqiy,
izchil, umumlashtirib turuvchi nazariy
qarashlar tizimidir
Document Outline - Falsafa kafedrasi
- Reja:
- Falsafa
- Слайд номер 4
- Слайд номер 5
- Слайд номер 6
- Слайд номер 7
- «Dunyoqarash» tushunchasi
- Dunyoqarash tarkibiga
- Dunyoqarashni shakllanishi
- Dunyoqarashning tarixiy shakllari
- Mifologiya
- Diniy dunyoqarash
- Falsafiy dunyoqarash
- Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |