o‘rtasida «kod»langan munosabatlar-ning vujudga kelishi bilan belgilanadn.
Oqsillar va nuk-lein kislotalarning o‘zaro munosabatlari natijasida jonli moddalarning
quyidagi xossalari paydo bo‘ldi: o‘z-o‘zidan ko‘ia-yish, nasliy informatsiyani saqlay
olish va uni avlodlarga uza-tish. Probiontlarning keyingi rivojlanishi taxminan 3,5
milliard yil davomida amalga oshgan deb taxmin qilinadi.
Jonli sistemalarning quyidagi etaplarni ko‘rsatish mum-kin: Moddiy jihatdan
hayotning vujudga kelishi uchun eng avvalo uglerod zarur. Yerdagi haet mana shu
element asosida vujudga kelgai. Vaholanki hayotni kremniy asosida vujudga kelishini
ham taxmin etish mumkin. Nima uchun haet uglerod asosida vujudga keldi?
Uglerod atomlari katta (gigant) yul-duzlar qa’rida hosil bo‘lib, hayotning hosil bo‘lishi
uchun yetar-li miqdorda mavjud. Uglerod atomlari turli-tumai (million-lab)
harakatchan, elektr o‘gkazuvchanligi past, gelsimon, suv bi-lan to‘yingan, uzun zanjirli
strukturali molekulalarni hosil qila oladi. Uglerodning vodorod, kislorod, azot, fosfor,
ol-gingugurt, temir bilan hosil qilgan birikmalari juda ham qimmatbaho bo‘lgan
katalitik, quruvchi, energetik, informasi-on va boshqa xususiyatlarga egadir.
Radioastronomik tadqiqotlarga ko‘ra abiogen kelib chiqish-ga ega bo‘lgan organik
moddalar Yer vujudga kelgan davrdayoq mavjud bo‘lgan.
Evolyusion jarayonning dastlabki davrlaridan boshlab to bizning zamonamizgacha
bo‘lgan manzaralarini paleontologiya fani - qadimgi hayot haqidagi fan o‘rgaiadi.
Paleontolog olim-lar uzoq o‘tmish davrlarni yer qatlamlarida tosh bo‘lib qotib qolgan
organizmlarning qoldiqlari asosida o‘rganadilar. Shu-ning uchun geologik qatlamlarni
obrazli ravishda Yer tarixi-niig tosh sahifalari desa bo‘ladi. Ularning yoshini va ularda
qolib ketgan qazilma organizmlar qoldiqlarining yoshini geo-xroiologiya usullari
yordamida aniqlanadi.
Geologik qatlamlarning yoshini nisbin geoxronologiya usullari yordamida aniqlashda
eng yuqori qatlam – eng yosh qatlam degan tasavvurdan kelib chiqiladi. Bundan
tashqari har bir geologik davrning o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi mav-jud
bo‘lganligini ham hisobga olinadi. Absolyut geoxronologiya usullari ba’zi kimyoviy
elementlarning tabiiy radioaktivligi xususiyatiga asoslangandir. Ushbu hodisani vaqt
etalo-ni sifatida amaliyotga tatbiq etishni birinchi bo‘lib fraisuz olimi Per Kyuri
(1859-1906) taklif etgan. Radioaktiv yemirilish reaksiyasi tezligining doimiyligi Yer
tarixining yagona xronologik shkalasini ishlab chiqnshda qo‘llash mumkin ekaili-gini
ko‘rsatar edi. Keyinchalik bu masalani E. Rezerford va boshqa olimlar ishlab
chiqishgan. Radioaktiv izotopning yemi-rilish reaksiyasining tezligi yarim yemirilshn
davri bilan aniqlanadn. Bu shunday davrki uning mobaynnda atomlar-ning har
Do'stlaringiz bilan baham: |