Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet38/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Ma’lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan qarashlar, g‘oyalar tizimidir. Bu tizim o‘zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o‘z mohiyati va vazifasi jihatidan nihoyatda rang-barang bo‘lishi tabiiy­dir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo‘nalishlar va darajalarga ega bo‘lganidek, mafkura ham xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Yer yuzidagi barcha insonlar o‘z fikr-mulohazalariga ega bo‘lib amaliy faoliyat yuritadilar. Shu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydigan ularning olam xakidagi tushunchalari, fikrlari xilma-xildir deganda, haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir-biridan farq qiladi. Ularning diniy e’tiqodi, milliy madaniyati, demak-ki mentaliteti, maqsadlari va taraqqiyot yo‘llari ham rang-barangdir. Tabiiyki, ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks ettiradigan g‘oyalar va ularni amalga oshirishda ma’naviy-ruhiy kuch bag‘ishlovchi mafkurasi ham xilma-xil bo‘lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir davlat, xalq va millat, jamiyatning maqsad va manfaatla­rini ifodalaydigan o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi mavjud.
Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikrlar erkinligi va xilma-xilligi mafkuralar­ning mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi.
“Mafkuraviy plyuralizm” (lotincha Pluralis – xilma – xillik, rang barangliklar) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Inson va jamiyat hayotida g‘oyalar va mafkuralar xilma –xilligining namoyon bo‘lishi ijtimoiy – ma’naviy extiyoj xisoblanadi..
Jamiyatda g‘oya va mafkuralar xilma-xilligining yuzaga kelishida, insonlarning o‘zlari yashayotgan jamiyatdagi hodisalarni, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarini turli xilda izohlash muhim omil xisoblanadi. G‘oya va mafkuralar xilma –xilligining mavjudligi sabablaridan yana biri – bu jamiyatda turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning shakllanishidir. Chunki ularning maqsad muddaolari manfaatlari bir–biridan farqlanadi. O‘z–o‘zidan ravshanki, maqsadlarni, manfaatlarni, orzularni aks ettiradigan va ularni amalga oshishiga xizmat qiladigan g‘oyalar turlicha bo‘ladi. Ya’ni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlar manfaatiga xizmat qilishiga qarab g‘oyalar turlicha bo‘ladi. Demak jamiyat hayotida turli fikrlar bo‘lishi, g‘oyalar rang–barangligining namoyon bo‘lishi tabiiy jarayon yoki boshqacha aytganda ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos qonuniyatidir. Ammo g‘oya va mafkuralar xilma–xil bo‘lsada, ularning o‘zaro umumiy jihatlari ham bo‘ladi.
Demak, jamiyat taraqqiyotida yagona mafkura hukmronligi emas, balki ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar rang–barangligi hukmron bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida mafkuralar va fikrlar xilma–xilligiga alohida e’tibor beriladi. Bir butun jamiyatda fikrlar rang–barangligi shu jamiyatda mavjud ijtimoiy qatlamlarning turlichaligi bilan ifodalansa, sayyoramizdagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir–biridan diniy e’tiqodi, milliy madaniyati bilan farqlanadi. Demak ular bir–biridan o‘ziga xos mentaliteti, maqsadlar va taraqqiyot yo‘llari turlichaligidan, ularni ifoda etuvchi g‘oya va mafkuralari ham rang–barang bo‘ladi.
Umuman olganda jamiyatda fikrlar, mafkuralar rang– barangligi taraqqiyotni ifodalaydi, ammo fikrlar rang– barangligi va qarashlar xilma–xilligi muayyan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, joriy qonunchilik normalariga, axloqiy mezonlarga zid bo‘lmasligi lozim. Jamiyatda o‘z shakl va mazmunini ifoda etayotgan g‘oya va mafkuralarga nisbatan yuqoridagidek talabning quyilishi sababi mavjud. Ya’ni inson va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuralarning barchasi ham bunyodkor mazmunga ega bo‘lmasligi, aksincha tajovuzkor, vayronkor bo‘lishi mumkin.
«Bunyodkor» g‘oya – insonni ulug‘laydigan, uning kuch–qudrati va salohiyatini oshirib xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o‘zida taraqqiyot, ma’rifat, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu his– tuyg‘ularini mujassam etadigan g‘oyadir.
Tarixdan ma’lumki, butun dunyo rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan nazariy ta’limotlarni yaratishda buyuk mutafakkirlarning o‘rni alohida axamiyatga ega.
Bunyodkor g‘oyalar bilan qurollangan kishilar obod va farovon, adolat hukm suruvchi jamiyat barpo etish yo‘lida kurash olib borgan. Bunyodkorlik g‘oyalari haqida fikr yuritgan odamlar qatoriga «Avesto» kitobini yaratgan Zardushtni misol tariqasida keltirsa bo‘ladi. Uning yuksak g‘oyalari alohida e’tiborga ega. Yaxshilik va yomonik o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ifodalangan. «Avesto»da vatanparvarlik g‘oyasi, yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, tabiatni e’zozlash kabi g‘oyalar ulug‘lanadi.
Xitoy mutafakkiri Konfusiy (mil. av 551- 479) ning qarashlaridagi falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi, jamiyatdagi o‘rni, vazifasi, muammolari turadi.
Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib qoidalarni hurmat qilishga da’vat etish. Sharqda, ya’ni Turon zaminida esa jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalari xususida Abu Nasr Farobiy, Amir Temur, Ibn Sino, A.Navoiy qarashlari o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Mustaqil O‘zbekiston mafkura yakkahokimligidan voz kech-di va milliy taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochdi. Mamlakati-mizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga alohida e’tibor beriladi. G‘oya va mafkuralar xilma-xilligi ij­timoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, u mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratadi. Siyosiy partiyalar esa o‘zlari mansub bo‘lgan qatlamlar, siyo­siy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o‘z harakat dasturlari orq-ali namoyon qiladi.
Shu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning mas’uliyatli davrlarida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar, millat yoki siyosiy yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi, ko‘pchilikka maqbul, umum tomonidan ma’qullanadigan, jamiyatning asosiy manfaatlarini o‘zida mushtaraklashti-radigan mafkuralar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, milliy ozodlik kurashi mafkurasi, milliy mustaqillik mafkurasi va hokazo. Umummiliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va ko‘nglidagi orzu-intilishlarini ifoda etgani, millatlarning birdamligi, jamiyat­ning qudratini mustahkamlashi, fuqarolar o‘rtasidagi bag‘-rikenglik munosabatlarini ifoda etgani sababli odamlar-ni ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ladi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Tarix saboklari shundan dalolat beradiki, fikrini er-kin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, avvalo, o‘zining aniq-ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarining oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zim-masiga olishi, bahs-munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. Ya’ni, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi muayyan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, joriy qonunchilik norma lari-ga, ahloqiy mezonlarga zid bo‘lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda bunyodkor-yaratuvchanlik g‘oyalarini ilgari suruvchi va hayotga tadbiq etuvchi kuchlar jamiyat ahli o‘rtasida o‘z g‘oyalarini singdirishga urinsalar, ko‘pchilik ongiga ijobiy ta’sir etib, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik va yaratuvchilik ishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma­salan, bu ilk o‘rta asrlarda mamlakatimiz xududida ilm-fan, din, madaniyat, adabiyot, hunarmandchilik rivojlani-shi tufayli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda uyg‘onish sodir bo‘lib, ko‘plab yetuk allomalarning yetishib chiqishiga olib keladi. Ular o‘z ta’limotlarida buyuk g‘oyalar yaratib, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Darhakiqat, bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ru-higa qanot bag‘ishlaydi.
Jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Mustaqillik yillarida O‘zbeki-stonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi bunyodkorlik ishlari bunga yorqin misoldir. Inson va jamiyat bor ekan, ezgulik g‘oyalarining ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabo-hat va jaholat yangi-yangi shaklarda namoyon bo‘lishi ham mum­kin. Lekin ular insoniyatning adolat, tenglik, tinchlik, qarmdoshlik, rivojlanish va farovonlik g‘oyalariga tayanib, yuk­sak maqsadlar sari intilishlarini to‘xtata olmaydi. Ezgu va yuksak g‘oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan aj-ralib turadi. Ular insoniyat taraqqiyotga erishgan davr-lardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish