Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet15/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Liberalizm — lotincha „libiralis" so‘zidan olingan bo‘lib, “erkin” degan ma’noni anglatadi. U XVII—XVIII asrlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalari negizida burjua sinfi mafkurasi sifatida shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari J. Lokk. T. Gobbs, Sh. Monteske, A. Smit, T. Jefferson asarlarida ishlab chiqildi va asoslandi.
Liberalizm poydevorini shaxs erkinligi, uning jamiyatdagi barcha institutlarga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxsning xam o‘z oldida, xam jamiyat oldida mas’ulligi, barcha kishilarning o‘zini-o‘zi ruyobga chiqarish xuquqini tan olishligi kabi prinsiplar tashkil etadi. Bu mafkura parlament tuzumining, muxim siyosiy muammolarni xal etishda murosai-madora, kelishuvning tarafdoridir.
U davlatning ko‘payib ketgan iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalariga salbiy munosabatdadir. Liberalizm hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalar raqobati, qonunning ustuvorligini e’tirof etadi. Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ta’minlashni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Boshqa kishilarning qarashlari va e’tiqodlariga sabr-toqatli bo‘lishlik ximoya qilinadi. Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari tomonidan davlat cheklashlaridan erkin bo‘lishlik sifatida talqin etiladi. Bu g‘oyani Lokk inson o‘ziga nima kerakligini xar qanday xukumatdan ko‘ra yaxshi biladi, deb talqin etgan edi.
Liberalizm xokimiyatni meros qilib qoldirishning barcha shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadi. “Davlat — tungi qorovul” mazmunidagi g‘oyani ilgari su­radi. Bu g‘oyaning mazmuni shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo‘riqlash va mamlakatni tashqi taxdiddan ximoya qilishni ta’minlaydigan, kamroq, lekin kerakli vazifalar bilan ta’minlanishi kerak. Shuning uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining davlat ustidan ustuvorligi g‘oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda.
Lokk fuqarolik jamiyati — bu doimiy kattalik, davlat esa undan kelib chiquvchi, deb yozgan edi.
Liberalizm erkinlikning bozor talqinini tadbirkorlik erkinligi sifatida baxolaydi. Ya’ni, bu mafkura erkinlik va xususiy mulkning o‘xshashligiga asoslanadi. Unda xususiy mulk inson erkinligining kafolati va o‘lchovi sifatida qaraladi. Iqtisodiy erkinlikdan siyosiy va fuqarolik erkinligi keltirib chiqariladi. Klassik liberalizm g‘oyalari anglo-sakon mamlakatlarida, avvalo, AQShning siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotida o‘zining bir qadar to‘laroq ifodasini topdi. AQShda individualizm jamiyat tuzilishining bosh prinsipi sifatida qaraladi. Mustaqillik va o‘zining kuchiga tayanish, raqobat erkinligi amerikacha turmush tarzining asosiy g‘oyaviy ustunlaridir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish