Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet46/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:
Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qad-riyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi.
Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirib: bo‘ysunuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unta zo‘rlab bo‘ysundirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo‘rlik yo‘li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi.
Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g‘oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashqi yo‘nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq
O‘zbekiston o‘z istiqlol g‘oyalarini boshqa mamlakatlarning g‘oyaviy-mafkuraviy andozalariga mexanistik moslashtirmasdan, ular-ni ijodiy o‘zlashtirishi, shu jumladan, boshqa millat va davlatlarning ham bizning g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlari-mizga hurmat-e’tibor bilan munosabatda bo‘lishini taqozo etadi. Sotsialistik tuzum yemirilishi, xususan, bu sistema-da siyosiy-mafkuraviy gegemonlik rolini bajarib kelgan SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo‘lmoqda:
Birinchisi — milliy mustaqillikka erishgan davlatlar­ning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalarda hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan mam-lakatlarni tanlashdagi muayyan qiyinchiliklar (shakllangan stereotiplar, shubhalanish) bilan bog‘liq edi. Chunki, biz bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida hamkorlik qilishni xohlagan davlatlarning o‘z manfaatlari bo‘lib, ular hamma vaqt ham tomonlarning manfaatdorligida, muvozanatni o‘zlari tomonga og‘dirishga moyil ekanligi sir emas.
Bunday sharoitda O‘zbekistonning o‘z yo‘lini tanlashi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi, demokratik jamiyat qurishning «o‘zbek modeli»ni ishlab chiqishi, mafku­raviy sohada faoliyat strategiyasi va taktikasini belgilab olishi qiyin kechadi. Shu nuqtai nazardan, Uzbekiston xalqaro hamjamiyatga kirib borar ekan: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy tizimi turlicha bo‘lgan mamlakatlar bi­lan iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarda xalqaro huquq qonunlarini, urf-odatlarni, milliy manfaatlarni hurmat qiladigan hamdo‘stlarini topishga harakat qildi.
Ikkinchisi — hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti millatlararo munosabatlarning texnik-texnologik asoslarini, aloqa vositalarini, ommaviy axborot infrastrukturasini va murakkab kommunikatsiyasini vujudga keltirishi bilan xalqaro mafkuraviy munosabatlarni intensivlashtirib, universallashtirib yubordi. Xususan, axborot ayirboshlashning kompyuterlashtirilib: elektron pochta, inter­net, kosmik tele-radio aloqa tizimlarning rivojlanishi, bu sohalarda intellektual salohiyatining miqdor va sifat o‘zgarishlari bilan mafkuraviy munosabatlarning globallashuv jarayoni vujudga keldi. Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, turli mamlakatlarni insonlar ongini va qalbini egallash orqali uni zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganligidadir. Ya’ni, jamiyatni mafkurasizlantirishga, g‘oyasizlantirishga yo‘naltirilgan axborotlar bozorida ma’naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatlardan saviyasi g‘oyat past bo‘lgan audio va video kassetalar, axloqsizlikka, tubanlikka olib keladigan adabiyotlar va boshqa «san’at asarlarining» sotilishi juda katta iqtisodiy foyda manbai bo‘lib qolayotganligi, ayrim kipshlarning ishonch-e’tiqodiga putur yetkazayotganligi hammaga ma’lum.
Uchinchisi — birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan bo‘lib, millatning tarixiy xotirasi, an’analari, ma’-naviy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga, istiqbol tendensiyalariga xos ongini, tafakkurini shakllantirish va mustahkam ishonch-e’tiqodga aylantirish vazifasidir. Chunki g‘oyat xilma-xil «axborot bosimi» tarkibidan milliy taraqqiyot manfaatlariga mosini tanlab olish, ishonch-e’tiqodga aylantirish muayyan nazariy-metodologik bilimlarni talab qiladi. Shuning uchun ham ommaning dunyoviy va diniy bilimlarini rivojlantirishga, intellektual saloxiyatini oshirishga yo‘naltirilgan milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish alohida ahamiyatga ega.
Kommunistik mafkura iskanjasidan ozod bo‘lganimizdan so‘ng turli g‘oyalar hayotimizga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilmoqda. Ota-bobolarimizdan qolgan buyuk merosni anglay boshlagan bir paytimizda uning barchasini barbod qilishga qaratilgan zarar­li g‘oyalarga qarshi turadigan kuch — milliy g‘oyadir. Milliy g‘oya bugungi kunda xalqimiz, jamiyatimiz uchun hayotiy zaruriyat, mamlakatimizda fuqarolar totuvligi va birdamligini ta’minlaydigan taraqqiyotimizga kafolat bo‘ladigan, insonlarga ezgu maqsadlariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuchdir. Milliy g‘oya ezgu maqsad yo‘lida jamiyat a’zolarini birlashtiradi, ularga ruhiy madad beradi, har qanday ko‘rinishdagi zararli illatlarni inkor etadi. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga da’vat etadi. Jamiyatda osoyishtalik, tinchlik, o‘zaro ishonch, barqarorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Shu sababli, milliy istiqlol g‘oyasi mamlakatimizning buyuk kelajagi poydevorini yaratishda muhim vosita, insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan har qanday zararli, begona g‘oyalarga qarshi turadigan omildir.
Vatanimiz mustaqilligiga taxdid soluvchi, fuqarolarimiz ongi va qalbini egallashga qaratilgan zararli g‘oyalarning xavfi yadro maydonidagi xavfdan ham ortiq. Jumladan, «hozirgi zamondagi eng katta xavf — insonlarning qalbini va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi».
Bugungi kunda qurol-yarog‘ kuchi bilan zo‘ravonlik qilish emas xalqlarni, mamlakatlarni, dunyoni zabt etish uchun juda katta mafkuraviy qudratga, g‘oyaviy asosga ega bo‘lish kerakligini hayot ko‘rsatmoqsa. XX asr sivilizatsiyasi dunyoni aql-idrok bilan zabt etish prinsipini yuzaga keltirib chiqardi. Shuning uchun ham bugun davlatlar qudrati, mamlakatlar salohiyati yadroviy poligonlar bilan emas, g‘oyaviy, mafkura­viy poligonlardagi salohiyati bilan o‘lchanadi. Bu haqda Pre­zident Islom Karimov: «Xozirgi vaqtda qudratli davlat­lar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi», — deb ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, jahon siyosatida mafkuraviy ta’sir o‘tkazish orqali xalqlarni, mamlakatlarni zabt etish tamoyili kuchaymoqda. G‘oyaviy tazyiqning bunday shakli turli-tuman.
Yurtboshimizning «Bugungi kunda g‘oyani taqiq bilan, ma’muriy choralar bilan yengib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin», degan fikrlari har bir vatandoshimiz uchun dasturilamaldir.
Bugun milliy uyg‘onish ruhi, milliy g‘oya hayotimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda. Shuningdek, ba’zi xorijiy mamlakatlarda turli g‘oya va qarashlar niqobi ostida biz-ning milliy qadriyatlarimizga, umuman, barcha millat va killari hurmat qiladigan insoniylik tamoyillarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan nomaqbul harakatlar televidenie orqali tez-tez ko‘zga tashlanib turibdi. Darhaqiqat, bun­day g‘ayriinsoniy harakatlarni ko‘rganda, inson beixtiyor o‘ylab qoladi: aslida, demokratiyadan maqsad insonning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish emasmi? Insoniylikni har narsadan aziz bilgan xalqimiz bunday «demokra­tiya», bunday «erkinlik»ni aslo qabul qilolmaydi. Shu sababli ham bunday yot va zararli g‘oya hamda harakatlarning turmush tarzimizga kirib, yoshlarning qalbini egallashi va milliy urf-odat, qadriyatlarimizni qadrsizlantirilishiga murosasiz bo‘lish har bir ma’rifatli insonning vatanpar-varlik burchidir..
Ayrim kuchlar tomonidan «demokratiya targ‘iboti» shak­li da amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘arb tur­mush tarzining zo‘rma-zo‘raki «soxta demokratiya» shaklida tiqishtirilishiga aylanib ketayapti. Bir paytlar, «jahon proletariata inqilobi» qanday eksport qilingan bo‘lsa, bu­gun behayolik, uyatsizlik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik sin-gari sog‘lom inson tabiatiga zid holatlar shunday eksport qilinayapti. Bunday g‘oyalar zararli. Unga nisbatan kuchli g‘oyaviy immunitet zarur. Shuning uchun: «Xar qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishi-miz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunite-tini kuchaytirishimiz zarur». Ushbu vazifani milliy is­tiklol g‘oyasi bajaradi. Milliy istiqlol g‘oyasi har qanday ko‘rinishdagi zararli illatlarni, zo‘ravonlikni, axloqsizlikni e’tiqodsizlikni, jaholat va ma’rifatsizlikni, buzg‘unchi fikrlarni va yovuz g‘oyalarni inkor etadi, yoshlar irodasining baquvvat bo‘liishga, ularda sog‘lom fikr va shu asosda imon-e’tiqodi mustahkamlanishiga, Vatanni boy tarixi urf-odat, an’analariga, diniga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, jaholatning har qanday ko‘rinishiga ilm-ma’rifatni qarshi qo‘yadigan, milliy g‘urur, iftixor bilan yashashga da’vat etadi.
Darhaqiqat, milliy istiqlol g‘oyasi mamlakatimizda biron-bir mafkuraning mutlaqlashuvi, yakkahokim aqidaga ay-lanishiga yo‘l qo‘ymaydi. U fikrlar rang-barangligiga asoslanadi. Ijtimoiy hayot, siyosiy tashkilot, mafkuralarning xilma-xilligiga tayangan holda, jamiyatning samarali rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Milliy istiqlol g‘oyasi fikrlar xilma-xilligiga keng yo‘l ochadi, odamlarning erkin tafakkurini uyg‘otib ularning tashabbuskorligini rag‘barlantiradi. Har qanday ko‘rinishdagi zararli va buzg‘unchi fikrlarni va g‘oyalarni rad etadi, shu asosda jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Turli-tuman, bir-biridan farq qiladigan dunyoqarash-lar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhablar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli to‘qnashuvlar, qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, turli mamlakatlarda ko‘plab kulfatlarni keltirib chiqarmokda. Ushbu omillarning millatimizga, mustaqilligimizga, ma’naviya-timizga zarari borligini ta’kidlab, Yurtboshimiz «Mil-latni asrash kerak», degan g‘oyani ilgari surdi.
Millatni asrash — o‘zligimizni, odob-axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish degan ma’noni anglatadi.
Xalqimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy taxdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘zida chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy vazifasi esa xalqimizda milliy e’tiqod va dunyoqarash asosla-rini shakllantirishdan iboratdir.
Milliy istiklol g‘oyasiga ishonch va e’tiqodi bo‘lgan har bir kishi nosog‘lom fikrga — sog‘lom, ezgu fikr bilan javob beradi. O‘zining fikriga ega bo‘ladi. O‘zining erkin fikriga ega bo‘lmasa, javob bera olmaydi.
Xuddi shunday yovuz g‘oyaga — ezgu g‘oya bilan, jaholatga ma’rifat bilan javob beradi. Bugungi mafkura sohasida bo‘ladigan turli xil kurashlarda ana shu yo‘l bilan g‘olib bo‘lib, milliy o‘zlikni saqlab qolish mumkin.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish