Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet41/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Inson biror kasallikka chalinsa, uni davolash mumkin. Millat ma’naviyatining zaifligi, uning xarakteridagi xafsalasizlik, befarqlik, g‘ayratsizlik, o‘zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qo‘pollik, johillik, xudbinlik, yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bo‘ladi. Demak, hozirgi o‘zimizni o‘zimiz barkamol qilishimizga to‘sqin-lik qilayotgan ma’naviy jarohatlarimizni davolashimiz uchun masalaga aniq, ya’ni real milliy xarakterni o‘rganish va o‘zgartirish omili sifatida yondashmog‘imiz zarur.
Natijada, millatning o‘z ahvoliga o‘zining munosabati, ijobiy jihatlarni oshirish va qusurlarni ma’rifiy yo‘l bilan davolab, kuchlantirib, jahonning ilg‘or millatlari safiga qo‘shilishi mumkin.
Jamiyatning o‘z ertasi va kelajagiga ishonchi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo‘li-da, demak, har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi max-sus faoliyat — g‘oyaviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda fan, "kishilar dunyoqarashini boshqarish xaqida emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish"ni anglatadi.
G‘oyaviy tortishuvlarda taxdid soluvchi ham, o‘zini himoya qiluvchi ham — g‘oyani ommalashtirish uslublaridan foydalanadi. Bu — mafkuraviy tarbiya uslublaridir. Demak, qaysi tomonning yengishini, pirovard natijada, ilmga asoslangan targ‘ibot va tashviqot hal qiladi. Shu tariqa maf-kuralar tortishuvi — targ‘ibot va tashviqotlar tortishu-viga aylanadi, deyish mumkin. Shu sababli "Milliy istiqlol mafkurasi tom ma’nodagi milliy mafkuraga aylanish uchun qator talablarga javob berishi zarur. Ana shun­day talablardan biri — har qanday yovuz g‘oyaga qarshi ja­vob bera olishidir».
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g‘araz maqsad bilan ta’sir ko‘rsatishni ifodalashda manipulyatsiya (manus — qo‘l) so‘zi, ya’ni «ob’ekt ustidan biror maqsadda ish olib borish» ma’nosida ishlatilmokda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko‘zda tutiladi. Shu sababli, "manipulyatsiya"-ni ko‘chma ma’noda "odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish" deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu-Yorkda chop qilingan "Zamonaviy sotsiologiya lug‘ati"da bu hakda "boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o‘zi istagan xulq-atvorni shakllantirish" deyiladi.
Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta’sir ko‘rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi. Chunki, "da’vat-chi"ning ta’siri birinchidan shaxsga nisbatan zo‘rlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma’naviy, psixologik xususiyatga ega; ikkinchidan, bu ta’sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham "islom dini niqobida" degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g‘oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta’sir ko‘rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g‘oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomo-nidan qo‘llanilayotgan ta’sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya’ni manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targ‘ibot va tashviqotdan farqli o‘laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg‘otishga xizmat qiladi.
G‘oyaviy manipulyatsiya jarayonlari qandaY kechadi? Avvalo, g‘oyaviy manipulyator (da’vatchi) ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan odam) tasavvurlarini o‘zgartirishga olib keluvchi bilimlar bera boshlaydi. Natijada, ob’ekt (shaxs)ning dunyo qarashida qadriyatlari tizimida da’vatchi-manipulyator kutayotgan tartib paydo bo‘ladi va yetakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxc-ning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi, shaxs o‘z xarakteri-dagi o‘zgarishlarni sezmaYdi va "men to‘g‘ri yo‘l tutayapman, chunki ...", degan asosga ega bo‘lib qoladi.
Shu o‘rinda Prezident Islom Karimovning "80-yillar-ning oxirida mamlakatimizda o‘zini "do‘st", "dindosh", mil-latdosh qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dinining sofligi uchun kurashga "da’vat" etuvchi ayrim kimsalar kirib keldi... Juda "chiroyli da’vat"lar bilan chiqib, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga erishdi ham. ... ular din niqobi ostida hara-kat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining bir to‘da-si ekani oshkora bo‘ldi...", degan fikrlarini eslash o‘rinli-dir. Bu o‘gitlar bizni nafaqat ogohlikka, balki mafkuraviy kurash maydoniga chorlamoqda.
Jahon tajribasiga nazar tash-lasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va tako-milga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Butun xalqni birlashtiradigan bayroq bo‘lmish milliy g‘oyani shakllantirish ahamiyatini ifoda etuvchi fikrlar insoniyat tarixining turli davrlarida bitilgan bitiklarda ham o‘z ifodasini topgan, uning yorqin ifodasini qadimgi Sharq va islom falsafasining buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish mumkin.
Xalqchil talqinda mafkuraviy tahdidni — da’vatchining suhbatdoshini o‘ziga og‘dirib olish uchun qilinadigan uri-nishlariga, mafkuraviy immunitetni esa shaxsning "og‘mas-dan", o‘zligida sobit va sodiq tura olipshga o‘xshatish mum­kin. Shuning uchun o‘z qara1piga, shaxsiy fikriga ega bo‘lmagan og‘machi odamlarni o‘zbeklar "betuturiq", "subutsiz", "unga ishonib bo‘lmaydi", "ikkiyuzlamachi", "sotqin", "xoin" kabi so‘zlar bilan ataydi.
Bu kabi misollar mafkuraviy immunitetni sindirish, bo‘shliq hosil qilib, o‘z g‘oyasini singdirib, xalqning ongi va qalbini egallash, g‘oyani ommalashtirishning juda ko‘p namunalari uchraydi. Chunki targ‘ibotchilar olishuvi, kurashi juda uzoq tarixga ega. Bu haqda xitoylik faylasuf va har-biy qo‘mondon Sun Szi (e.o. VI asrda) shunday degan edi:

  • "Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni bu-zing, ayNiting;

  • Raqib davlatdagi atoqli arboblarni sherik qilib olib, jinoyatga boshlang;

  • Raqib davlat rahbariyatining obro‘sini to‘king, qulay paytda ularning jamoat oldida sharmandasini chiqaring;

  • Bu ishda o‘sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bi-lan sheriklik qiling;

  • Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchilik, jan-jal chiqaring;

  • Yoshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang;

  • Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yo‘l bilan qarshilik ko‘rsating;

  • Raqib qo‘shinlarining ta’minoti, tartibiga to‘siqlar qo‘ying, buzing;

  • Askarlarini qo‘shiq va kuyga oshifta qilib, irodasiz qiling;

  • Dushmaningizning an’analarini qadrsizlantiring, xu-dolariga ishonchini sindiring;

  • Buzuq ayollarni yuborib, ularni yanada kuchliroq ayniting;

  • Raqib tomon haqida ma’lumot olishga, bu ishda ular orasidan sheriklar topishga, ularga pul to‘lashda juda sa-xiy bo‘ling;

• Umuman pulni ham, va’dalarni ham ayamang, chunki ular
ajoyib natijalarni beradi".
Hozirgi voqelikda Milliy istiqlol g‘oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviy-lashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlarini qo‘llash orqali xalqimizda O‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obro‘sizlantirishga, odamlarning o‘zini Vatan, millat himoya-sidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstra­polyatsiya), yolg‘onni haqiqatga o‘xshatib tasvirlash, kichik mu-ammodan katta yolg‘on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg‘uni aqldan ustun qo‘yish, tinglovchining shaxsiy man-faatni birinchi o‘ringa qo‘yib, (unga do‘st bo‘lib ko‘rinish) "hasratlashish", hukumatlarni xalqlarga yomon ko‘rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg‘ularini uyg‘otish, odamlarga tanish ma’lumotlarni ishlatib «falon joyda falon voqea bo‘ldi», deb rostga yolg‘onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydala-nayapti.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun o‘zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to‘kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ij-timoiy sifatlarga ega bo‘lipsh kerak. Buning uchun Milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash us­lublari, jumladan, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini fosh qilish-ga qaratilgan targ‘ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.
Sobiq sovet mustabid tuzumi davrida yosh avlodlar ongi­ni kommunistik tarbiya o‘z iskanjasida tutdi. Kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi.
XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning Sho‘ro davrida ko‘rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy-texnologik asosga qurilgan targ‘ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin. Chunki Sho‘ro davrida qo‘llanilgan targ‘ibot-tashviqot, mafkuraviy kurash usullari hozir ishlamaydi. Bizga taxdid solayotgan mafkuralar "maftunkor" ko‘rinsada va "ommabop" bo‘lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsadning shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri "xalifalik davlatini tuzish" g‘oyasidir. Bu g‘oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligini chuqur anglash zarur.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish