Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet24/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston Konstitutsiyasi biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustaqqam poydevordir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.

  3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyot va xalqimiz farovonligini yanada yukslatirishdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010.

  4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: «Fofur Fulom nomidagi Adabiyot va san’at» nashriyoti, 1993.

  5. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent:«Sharq», 1994.

  6. Ergashev I., Xolbekov A. Fuqarolik jamiyati va milliy g‘oya. – Toshkent:“Akademiya”, 2007.

  7. Otamurodov S., Mamashokirov S. Markaziy Osiyodagi mafkuraviy jarayonlar. –Toshkent: 2001.

  8. Quronov M. Husanboy Usmonov. Ideal va badiiy yaxlitlik.// Toshkent: “Tafakkur” jurnali, 1996 yil, 4-son. – B.36.

  9. Quronov M. Mafkuraviy, ta’sirchalik va uslub. -T.: Ma’naviyat, 2000.

  10. Quronov M. O‘zbek xarakateri va milliy g‘oya. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

  11. Cho‘lpon. Adabiyot nadur. – Toshkent: “Cho‘lon”, 1993.

  12. Oripov A. Adabiyot va zamon. //Mustaqillik davri adabiyoti.//To‘plam.T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbat ijodiy uyi, 2006.

  13. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. – Toshkent: ma’naviyat, 2008.

3-MAVZU. IDEOLOGIYANING G‘ARBDAGI RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Dars o‘quv maqsadi: Ideologiyaning G‘arbdagi rivojlanish bosqichlarini ochib berish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: «Teng grajdanlar davlati», «Xristianlik g‘oyalari», «Milliylik va baynalmilallik», “internasionalizm”, «deideologiya va reideologiya».


Asosiy savollar:

  1. G‘arbdagi mifologik, diniy, siyosiy jarayonlar to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyaviy qarashlar.

  2. Rim imperiyasi va umumevropa yagona makon ekani to‘g‘risidagi g‘oyalar.

  3. Yevropada Renessans davri g‘oyalari.

  4. Zamonaviy ideologiya rivojining o‘ziga xos xususiyatlari.

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bo‘lgan buyuk fa-zilatlardir. Sharq xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta’sirida G‘arbga, xususan, antik Yunon Rim madaniyatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, A.Makedonskiyning ustozi, jahongir shogirdi Osiyoni mahf etgach, unga yuborilgan «Avesto» kitobini chuqur o‘rgangan qadimgi yunon faylasufi va qomusiy olimi Arastu (Aristotel, mil. av. 384-322 y.) o‘z g‘oyalarini boyitdi va unga muhim o‘zgartirishlar kiritdi. U jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan barcha voqeliklar tabiatga xos deb biladi. Bu bilan jamiyatni tubdan o‘zgartirish g‘oyalariga qarshi chiqadi va jamiyat rivoji tabiiy jarayonlar tarzida kechishi kerak, deb hisoblaydi.


Aflotun (427-347 mil. avv.) esa g‘oyalar umumiy tushunchalar sifatida odam aqliga bog‘liq emas, ular ilohiy xususiyatga ega tushunchalar, deb izohlagan edi. Uning asosiy g‘oyasi — ezgulik yoki yagonalik edi. Bunda oliy g‘oya ko‘pincha xudoga tenglashtirilardi. Bu faylasufning ustozi bo‘lgan Suqrot (Sokrat, mil. av. 470-399 y.) zsa bahs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bi­lan haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik va bilim donishmandlikdir, yaxshilik mohiyatini to‘g‘ri anglagan insongina yaxshilik qiladi deb, tushuntiradi. Suqrot adolatga xilof bo‘lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid qiladi, faqatgina adolatli demokratik dav­lat boshqaruvini yeqlab chiqadi.
Feodalizm sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Yevropada Renesans (Uyg‘onish) harakatiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada (XIV) va ko‘p o‘tmay Yevropaning qolgan mamlakatlarida ham yuzaga keladi.
Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Amerikaning topilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari–bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi.
Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go‘yo klassik qadim zamonning shu’lasi bo‘ldi va keyinchalik unga erishish aslo mumkin bo‘lmadi. Italiya, Fransiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keladi. Shundan so‘ng Angliya va Ispaniya o‘z klassik adabiyoti davrini kechiradi. Bu–o‘sha davrga qadar insoniyat boshidan kechirgan keskin o‘zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o‘zgarish edi, titanlarga muhtoj bo‘lgan, hamda tafakkur kuchi, zavqu-ehtirosi, xarakteri, har taraflama ma’lumotliligi va bilimdonligi jihatidan titanlarni vujudga keltirgan davr edi.
Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni din sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar–o‘zlarini gumanistlar deb atadilar. Bu so‘z lotincha–humanis ya’ni insoniylik degan so‘zdan kelib chiqqandir.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari–inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini din sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni esa inson manfaatlariga xizmat ettirishda aks etadi.
Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga munosabat masalasida namoyon bo‘ladi. Gumanistlar antik davrga qaytish maqsadida emas, o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun uzoq o‘tmishning ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqat etadilar. Italyan olimi va yozuvchilari, shu jumladan birinchi gumanist Bokkachcho unutib yuborigan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdadi.
Konstantinopol yemirilganidan (XY asr) so‘ng u yerdan qochgan grek olimlari Italiyaga juda ko‘p noyob antik qo‘lyozmalarni keltirganlar. XY asrning ikkinchi yarmidan boshlab grek va rim shoirlari Vergeliy va Gomer poemalari, Aristotel va Platonning asarlari nashr etila boshladi.
Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda ekanligidir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat uchun kurash g‘oyalarini oladilar. Antik adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanish F.Rable “Gargantyua va Pantagryul”, Servantes “Don Kixot”, Shekspir va Marloning tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklor motivlari Bokkachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Italiyaning bir qancha shaharlarida savdo-sotiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venesiya va Genuya savdo bilan Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi.
Deideologiya –

  • shaxs yoki jamiyatning mantiqiy fikrlashdan voz kechishi;

  • ilmiy bilim qoidalari va prinsiplarini qo‘llashdan voz kechish;

  • inson intellektini shakllantiruvchi bilim va tarbiyaning rad etilishi;

  • fikrlash qobiliyatining shakllanmasligi;

  • intellektual darajada muloqot olib borish madaniyatining shakllanmasligi.

Deideologiya – bu ilmiy-mantiqiy fikrlashdan adabiy-mistik, siyosiy-iqtisodiy oddiylashuv, sotsial ekstremizmga o‘tish jarayoni xisoblanadi.
Deideologizatsiya oxir oqibat sotsial xaosga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida siyosat, iqtisod, mehnat faoliyatini shakllantirishda, ta’lim tizimida, sud, prokuratura, armiya va boshqa soxalarda qonunsizliklarning vujudga kelishiga olib keladi.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish