"Birlamchi" tabiiy borliq - obyektiv va dastlabki-ilk reallik, inson, insoniyat faoliyatini o’zida singdirmagan notirik va tirik tabiatdir.
Biosfera - (yun.-bios-hayot, sfera-shar) insonni o’rab turgan tabiiy muhit, hayot kechirish qatlami.
Butun (butunlik) - o’zaro bog’liq bo’laklardan tuzilgan mustaqil birlik.Obyektning ichki birligi, yaxlitligi.
Bulak - butunni tashkil etuvchi qism.
Bilish -voqelikning ma’naviy o’zlashtirilishi.
Bilishning obekti - insonning nazariy, amaliy faoliyati yo’naltirilgan narsa, voqea-
hodisa, jarayon.
Bilishning subyekti - bilishni amalga oshiruvchi inson, ijtimoiy birliklar.
Bilish usullari - bilish jarayonining tamoyili, qonun-qoidasi, talablar tizimi, uslub va vositasi. Ilmiy bilish ikki daraja - empirik va nazariy usullarga bo’linadi. Kuzatish, o’lchash, taqqoslash, eksperiment empirik bilish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |