Diniy dunyokarash - insonning ilohiy qudratga e’tiqod qo’yishiga asoslangan dunyoqarash. Hozirda:
-turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda;
- muayyan dunyoqarashning shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda;
- milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan.
Dao qonuni - xitoy falsafasida tabiatning yashash qonuni, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Lao-TSzi (VI-V asrlar) ta’limoticha, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunadi. Bu qonunga ko’ra, "TSi" olamining asosini tashkil etuvchi besh unsur-olov, suv, havo, yer va yog’och yoki metalldan iborat. In va YAn orasidagi kurash-olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Dao qonuni buzilsa, tabiat kishilardan o’ch oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |