Ijtimoiy ong tarkibi, darajalari - odatiy ong, nazariy ong; ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy mafkura.
Ijtimoiy ruhiyat (psixologiya) - kishilarning kundalik hayot sharoitlari ta’siri ostida paydo bo’ladigan tuyg’ular, kayfiyatlar, kechinmalar, odatlar, xayollar va fikrlardir.
Induktsiya - ayrim fikriy bilishdan umumiy xulosalar chiqarishda qo’llaniladiganmuhokama.
Ijtimoiy bilish - insonni, jamiyat va uning qonunlarini bilishdir.
Ijtimoiy bilish subyekti - inson, ijtimoiy guruhlar, insoniyat.
Ijtimoiy bilishobyekti - jamiyat va uning konkret ko’rinishlari.
Ijtimoiy haqiqat - ijtimoiy bilimlarning ijtimoiy borliqqa, undagi voqea-hodisalarga mos kelishi.
Ishlab chiqarish munosabatlari - odamlarning mehnat taqsimoti, oldi-sotti, tovar ayriboshlash, ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat, daromadni taqsimlash jarayonidagi o’zaro aloqalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |