Materiya darajalari - miqyosiy-struktura darajalari (mikrodunyo, makrodunyo, megadunyo), tashkiliy - struktura darajalari (jonli, jonsiz, tabiat, jamiyat).
Materiya ko’rinishlari - modda, maydon, fizik vakuum.
Metod (usul)-ilmiy bilish jarayonida qo’llaniladigan mavhum bilish yo’llari hamda vositalarini ifodalaydi.
Metodologiya (uslubiyat)-ilmiy bilish va dunyoni o’zgartirish metodlari haqidagi ta’limot.
Metafizika (yun.- meta ta fizika - fizikadan keyin) - olamdagi narsa va hodisalarning muayyan vaqt davomida nisbatan o’zgarmas, turg’un, barqaror holatiga hamda alohidaligiga e’tiborni qaratadigan universal usul.
Miqdor - narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |