Tabiiy qadriyatlar - yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o’rmonlar, o’simliklar,
Tasodif - mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib chiqmaydigan, kelib chiqishi kutilmaydigan hodisa.
Tabu – biron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teotsentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |