Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini to’adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |