Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Foma Akvinskiy ta’limoti. Foma Akvinskiy



Download 158,01 Kb.
bet23/83
Sana14.01.2022
Hajmi158,01 Kb.
#363667
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining asosiy maqsadi va bolgusi pedagoglarda oqitilishining nazariy-amaliy ahamiyati

Foma Akvinskiy ta’limoti. Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig’indisi», «Falsafa yig’indisi», «Majusiylarga qarshi yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.

Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‘assivdir. Unga shakl faol tus beradi.

Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z-o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o’z dalil-isbotini taklif qiladi.

Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabbatdan keyingi o’ringa qo’yadi, ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin.

Foma Akvinskiy o’zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish huquqi to’g’risida so’z yuritadi.

Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma’naviy hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko’radi.

Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog’iga aylandi, XVI asrdan e’tiboran iezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi vaqt falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.

Uyg`onish davrida yevropada falsafaning rivojlanishi katta hissa qo`shganlardan biri nemis Nikolay Kuzanskiydir (1406-1461). Kuzanskiy ta`limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.

U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma`lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o`tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo`yicha Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan g`oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.

Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo`shgan uyg`onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma`lumki, fan tarixida Kopernik o`zining fanda tub o`zgarish yasagan geliotsentrik ta`limoti bilan mashhur bo`lgan. Uning ta`limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida yerning o`z o`qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi yer emas, quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfieti dunyoga teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda to`ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o`zgarmas deb tanilgan ta`limotiga zarba berdi. Agar yer olamning markazi emas, balki Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo`lsa, unda dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot asossiz bo`lib qolardi.

Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosalar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir (1548-1600). U Neapol yaqinida tug`ilgan. O’zining ilg`or fikrlari uchun Bruno dahriylikda ayblanadi va cherkovdan haydaladi. Italiyadan qochishga majbur bo`ladi. Uzoq vaqt Shvetsariya, Frantsiya, Angliya va Germaniyada quvg’inda yuradi. 1592 yilda Bruno italiyaga qaytib keladi, lekin cherkov inkvizitsiyasi tomonidan ushlanib turmaga solinadi. Qiynoqlarga qaramasdan, u o`zining ta`limotidan voz kechmaydi, natijada qatl etishga huqm qilinadi, 1660 yil qu fevralda Rimda Gullar maydonida yoqib o`ldiriladi.

Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ`ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno ta`limoticha, haqiqiy filosofiya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastikani tugatish kerak, uning ta`limoticha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. Juda ko`p dunyolar bizning quyosh sistemasidan tashqarida mavjuddir. Biz ko`rib turgan narsalar koinotining eng kichik bir qismidir. Yulduzlar - bu boshqa planeta sistemalarining quyoshi yer - cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi. Demak, Bruno tabiy-ilmiy qarashlarida Kopernikdan ilgarilab ketib, koinotning cheksizligi haqidagi fikrni aytadi, Kopernik esa koinotni chekli deb hisoblagan edi. Bruno Kopernik ta`limotini quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi yangi qarashlar bilan boyitdi.




Download 158,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish