Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo’lgan borliq haqida so’z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o’tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko’lamlilik xususiyatiga ega bo’ladi. SHuningdek ular o’z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o’zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb qaraladigan bu ko’rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o’z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |