“falsafa” fanidan



Download 493,5 Kb.
bet46/53
Sana17.07.2022
Hajmi493,5 Kb.
#815847
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
Falsafa yakuniy namuna savollari222

3. Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so’zining tungus tilidagi ma’nosi «sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar.
Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar yetkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki «sovuq» qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
4. Fetishizm (fetish so’zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi so’zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig’inishdir. Unga ko’ra alohida buyumlar kishining o’z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o’zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
MAGIYA (yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi.
Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir. Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‘ullanib, o‘troq hayot kechirishga o‘tgach, neoletik inqilob yuz berdi. Shu tariqa monoteistik dinlar (yunon. mono – bir va theos – xudo): iudaizm (mil. av. VII asr), buddizm (mil. av. VI-V asrlar), xristianlik (I asr) va islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din ma’lum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi to‘g‘ri (analitik) falsafadir, haq bo‘lmagan dinning asosi esa yolg‘on falsafadir, yoki yolg‘on muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir16.
1991yil 31 sentyabr O’zbekiston mustaqilligi kuni deb e’lon kilingandan sung uning 1992 yil 8 dekabrda kabul kilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligi konun sifatida kafolatlangan. Ushbu asosiy konunning 31-moddasida bunday deb yozilgan: "Xamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga extikod kilish yoki xech kaysi dinga extikod kilmaslik xukukiga ega. Diniy karashlarni majburan singdirishga yul kuyilmaydi".
1998 yil may oyida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida" gi konunning yangi taxriri kabul kilingan, (Bu konunning mazmuni va axamiyati xaqida maxsus seminar mashgulotlarida fikr - muloxaza yuritilajak).
Xozirgi davrda respublikamizda 15 ta diniy konfessiya, yaxni uyushma mavjud bulib, bularning eng yiriklari islom, pravoslaviya, yaxudiylardir. Ular ixtiyorida 1702 tashkilot Adliya vazirligida ruyxatga olingan. Bulardan 1500 dan ziyodrogi machit va madrasalardir. 11 ta madrasada kadrlar tayyorlanmokda.
Mustaqillikning 8 yilligida respublikamizdan 24 ming fukaro xaj ziyoratini, 18 ming kishi umra safariga borib kelgan.
Ijtimoiy xayotimizda istiklol yillari yuz bergan tub uzgarishlar dinlarga xam ijobiy taxsir etib, ularning asosiy extiborini axlok-odob, vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik, ilm - xunarni egallash muammolariga karatib, diniy taxlim-tarbiya ishlariga dunyoviy bilimlarni xam kiritib, ularni bulgusi kadrlarga xam urgatmokdalar. Dinda, jumladan islomda XVIII asrda boshlangan isloxotchilik XX asr oxirlarida avj olgan zamonaviylashtiruvchilik xarakatlari yanada tez va samarali davom etmokda. Bular esa boshqa obxektiv sharoit va subxektiv omillar bilan birga uning nufuzi, taxsiri, unga bulgan - intilishni kuchaytirmokda. Bu jixatdan ota - bobolarimiz extikodi, umuminsoniy axlok targibotchisi, tinchlik va dustlik kuychisi islom ayniksa takomillashmokda, nufuzi va taxsiri ortib bormokda.
Yangi missionerlik, yaxni dinga extikodchilarni, ayniksa yoshlarni daxvatchilik bilan shugullanadigan tashkilotlar faoliyati kuchaymokda. Islomda madrasalarga kabullar kupaytirilib, kizlar ukitiladigan bilim yurtlari, machitlar koshidagi kurslar, xorijiy universitetlarga, Moskva, Kozon shaxarlariga yoshlarni yuborib ukitish tobora kengaytirayotirlar. Chunki, diniy jamoalar kupaygan sari ularni chala muallimlardan, diniy fundamentalizmga moyil kimsalardan tozalab, keksalarni pensiyaga uzatib, ular urniga malakali, diniy va dunyoviy bilimlarni uygunlashtirib taxlim beradigan mutaxassislar tayyorlashga intilish kuchaytirilmokda.
Yuqoridagi burilish va intilishlarni davlatimiz xam kuvvatlamokda.
Xulosa shuki, Mustaqil O’zbekistonda barcha fukarolarga vijdon erkinligi berilgan; dinga ishonuvchilarning uz extikodlarini amalga oshirishlari uchun tegishli imkoniyatlar yaratilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning diniy tashkilotlarning xukuklari vijdon erkinligi konunida belgilangan.



Download 493,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish