Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar



Download 59,69 Kb.
bet4/5
Sana20.05.2023
Hajmi59,69 Kb.
#941581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bilish va uning asosiy bosqichlari

3.Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar.
Inson o’z aql idroki bilan amaliy faoliyati jarayonida olam sirlarini bilishga intiladi. Bilish jarayonida u ob’ektga ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondashish asosida uning qonuniy bog’lanishlarini ochib beradi. Bilish jarayoni insonsiz bo’lishi mumkin emas. Bilish inson qobiliyati, izlanuvchanligi mantiqiy kamolot darajasi hamda uning tafakkur organi — miyasiga bog’liq. Inson faoliyatiga xos bo’lgan bu qobiliyatnin bilishning pirovard maqsadi ijtimoiy zaruriy amaliy ehtiyojlarni qondirishdan iboratdir. Bilish taraqqiyoti fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va mukammal bilishga qarab harakat qilishidan iborat cheksiz jarayondir. Bilish jarayoni eskirib qolgan nazariyalarni yangi nazariyalar bilan almashtirish, eski nazariyalarni aniqlash, ob’ektning yangi-yangi tomonlarini ochishdir. Bilish murakkab ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda bilimlarimiz to’la va mukammal bo’lishi uchun ma’lum bir yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’l bilmaslikdan bilishga o’tish yo’lidir. Bu yo’l orqali inson o’z aql va idroki bilan o’z amaliy faoliyati jarayonida voqea, olam, predmet va hodisalarni, ularning mohiyatini bilishga intiladi, izlanadi. Voqelik hodisalarini bilish oddiy hayotiy tirikchilik uchun yo’l topish emas, balki ilmiy tadqiqot yo’li bilan izlanishlar natijasida yangi bilimlarning vujudga kelishidan iboratdir. Ilmiy bilish olim va tadqiqotchi tomonidan olib boriladigan izlanishlar asosida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Tadqiqotchi izlanish orqali o’zi tadqiq etayotgan ob’ektning yangi yo’nalishlari, avval aniq bo’lmagan yangi sifatlari, tomonlarini aniqlaydi yoki ochadi. Har qanday ilmiy izlanishning maqsadi va vazifasi biror ilmiy muammoni hal qilishdan, yechimini topishdan iboratdir. Ilmiy muammo nima? “Muammo” arabcha so’z bo’lib, masala, vazifa ma’nolarini ifodalaydi. Muammo ilmiy bilim tizimida bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin bilish va hal qilinishi mumkin bo’lgan bilish shaklidir. SHuni ta’kidlash lozimki, kundalik hayotda muammoni savol yoki masada bilan aralashtirib yuborish hollarini uchratamiz, ilmiy bilishning shakli bo’lgan muammo savol va masaladan farq qiladi. Savol yoki masalaning o’ziga xos xususiyati shuki, savolga javob berish, masalani yechish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi, lekin muammoni oldindan hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun yangi dalillar, ma’lumotlar to’plash, ularni yangicha izohlash uchun eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi. Ilmiy tadqiqot jarayonida bunday vaziyat muammoli vaziyat hisoblanadi. Muammoli vaziyat bilishdan bilmaslikka va undan bilishga borish jarayoni bo’lib, u muammoning vujudga kelish, hal qilish, ya’ni yechimni topilishiga olib keladi. Bilish bilan bilmaslik orasidagi ziddiyatli munosabat muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi. Muammoli vaziyat muammoni qo’yish bilan yakunlanadi. Muammoning yechimini topish ziddiyatlarni hal qilinishiga olib keladi. Demak, eski bilim tizimi bilan yangi bilim tizimi orasidagi ziddiyat muammoni keltirib chiqaradi. Bu ziddiyatlarning hal qilinishi natijasida bilim yangilanadi, mazmuni kengayadi, chuqurlashadi. Muammoni va uning yechimini topish imkoniyatlarini aniq bilish muammoni teng yarmini hal qilish demakdir. Hozirgi fan sohasidagi ilmiy-texnik inqiloblar davrida bilim tizimida yangi-yangi muammolar kelib chiqmoqda. Bu muammolar umumilmiy, majmua (kompleks), global (umumbashariy) tasnifda bo’lishi mumkin. Bu muammolar maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usullari asosida hal qilinadi. Bu muammolarni hal qilinishida umumiy, o’xshash tomonlari bo’lishi mumkin, Ilmiy muammoni yechish uchun tadqiqotchi ilmiy bilishning usul va shakllaridan bekamuko’st foydalanishi kerak. Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o’z predmeti va tadqiqot usullariga ega. Har bir fan nazariy jihatdan tizimlashgan bilimlar yig’indisi sifatida tadqiqot jarayonida xilma-xil ilmiy usullardan foydalanadi. Voqelik hodisalarini bilish oddiy hayotiy tirikchilik uchun yo’l topish emas, balki ilmiy tadqiqot yo’li bilan izlanishlar natijasida yangi birikmalarning vujudga kelishidan iboratdir. Bilim insonning tarixiy, amaliy faoliyati negizida vujudga keladi. Tabiat va jamiyatning murakkab, xilma-xil, rang-barang hodisalarniga haqiqiy mazmunini, mohiyatini, rivojlanish qonunlarini bilishning aniq usullari mavjud bo’lib, ular ilmiy tadqiqot va izlanishning yo’nalishini ifodalaydi. Ilmiy metod (usul) nima? Ilmiy usul ilmiy bilish jarayonida qo’llaniladigan mavhum bilish yo’llari hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli inson amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi. U tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to’g’ri, ob’ektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Ilmiy bilish usuli tadqiqot turlarining mazmun va izchilligini o’z ichiga olgan holda amalda bajarilgan faoliyatining ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Usul — ilmiy bilishning tarkibiy qismi bo’lib, uning ob’ekti, tahlil mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo’lgan vositalarida ifodalaydi. Har bir fan ob’ektini o’rganuvchi predmetning aniq izlanish usuli bo’lib, bu usul xususiy, umumiy va eng umumiy usul bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish masalasida usul muammosi bilan eng qadimgi falsafada Arastu shug’ullangan. Birinchi marotaba fanni usul tizimi asosida o’rganish masalasini ingliz faylasufi F.Bekon ilgari surgan. U ilmiy bilishning induktiv va empirik usuliga asos solgan. R.Dekart esa bilimda ob’ekt bilan sub’ekt munosabati masalasida tafakkurning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatgan. I.Kant bilishni aloxida shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos faoliyat sifatida tahlil qilishga asos soldi. Bu masalani hal etishda ayniqsa Gegel qarashlari aloxida ahamiyat kasb etadi. U bilishning, umuman ma’naviy faoliyatning umumiy usulda — dialektikaning rolini garchi idealistik asosda bo’lsada, ko’rsatib beradi. Ilmiy tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan foydalanish orqali ilmiy bilimlar vujudga keladi, rivojlantiriladi. Har bir bilim sistemasida ilmiy tadqiqot jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalaning qo’yilishi va hal qilishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o’z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o’zi o’rganayotgan ob’ektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondashadi. Demak, ilmiy bilish jarayonida har bir fan o’zining maxsus xususiy usullarini ishlab chiqishi zarur, shu bilan birga o’zining ma’lum tadqiqot ob’ektiga ega bo’lishi kerak. Lekin ba’zi bir fanlar bir-biriga yaqindir. Shu sababga ko’ra, ularning tadqiqot usullari ham bir-biriga yaqindir va tatbiq qilish chegarasiga ko’ra bir-biriga samarali foyda keltirishi mumkin. Demak, bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar ham mavjuddir. Ko’pchilik fanlarda qo’llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo’llanishi doirasiga ko’ra umumiy, lekin o’z maxsus vazifasiga ega. Bizni o’rab turgan dunyo narsa va hodisalari ko’p qirrali, ko’p sifatlilik xususiyatiga ega. Ularni birdan tushunish, bilish mumkin emas. Shuning uchun bilish metodologiyasi bizga bilishning umumiy usuli va tafakkur usulini, rivojlanish qonunlarini asoslab beradi. Har bir aniq fanning o’zi qo’llaydigan xususiy usullari asosida bilim sistemasi chuqurlashib borsa, umumiy usulni tatbiq qilish orqali izlanish doirasi yanada kengayib boradi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya singari fanlar xususiy usullar orqali izlanish bilan bu predmetlar doirasi chuqurlashsa, izlanishning umumiy usuli (masalan, modda tuzilishiga ko’ra, energiyaning saqlanish va aylanish nazariyasiga ko’ra) orqali esa ularning bilim doirasi yanada kengayadi. Fan tarixida tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlar tizimi va har bir tizimni tashkil etuvchi aniq predmetlar vujudga kelgan ekan, ularning har biri aniq tadqiqot usuliga ega. Ularning tadqiqot usullarida esa umumiy, o’xshash tomonlar bo’lishi mumkin. Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo’lgan umumiy usullari mavjud. Ilmiy bilishning bu metodlari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa ham, dialektik usulga nisbatan xususiy bo’lishi mumkin. Lekin bu usullar (xususiy holda) dialektik (umumiy) usul bilan bog’langandir. Xususiylik bilan umumiylikning bog’lanishi qonuniy jarayondir.
Har bir aniq usul ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan bog’liq yoki bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir usulni qo’llash bilimning haqiqiy bilim ekanligini isbotlashda va shu usul orqali bilim yanada chuqur va keng mazmun asosida boyib borishini ko’rsatadi. Masalan, klassik fizikaning rivojlanishi natijasida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, elementar zarralar fizikasi kelib chiqdi. Mikrofizika qonunlarini o’rgatish va tahlil qilish natijasida uni klassik fizika tatbiq etishining o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud bo’lib, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo’lib, u barcha fanlar metodologiyasidir. Dialektik usul xususiy fanlar erishgai yutuqlardan foydalanib ulariing usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir-birini to’ldiradi va boyitadi. Xususiy, umumiy va eng umumiy usullar tadqiqotning yaxlit sistemasini tashkil etadi. Hozirgi zamon fan taraqqiyoti bilimlarning tez o’sishi, uning sifat va miqdor jihatidan salmog’ining oshib borishi bilan tavsiflanadi. Bu jarayonning ikki tomoni bo’lib, birinchidan, ilmiy bilish tufayli tabiiy va ijtimoiy voqelikning tobora murakkab ob’ektlari o’zlashtirilmoqda. Bu hol ilmiy bilish jarayonida tadqiqot usullari qaqidagi masala bilishning jiddiy masalasiga aylanayotganligini isbotlamoqda. Ikkinchidan, ilmiy texnika inqilobi sharoitida ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari, tartib-qoidalari, mantiqi va tuzilmasi hamda yangidan-yangi yutuqulrni qo’lga kiritish imkoniyatlarini yaratmokda.

Xulosa
Bilish insоnning tаbiаt, jаmiyat vа o’zi to’g’risidа bilimlаr hоsil qilishgа qаrаtilgаn аqliy, mа’nаviy fаоliyat turidir. Insоn o’zini qurshаb turgаn аtrоf-muhit to’g’risidа bilim vа tаsаvvurgа egа bo’lmаy turib, fаоliyatning birоn-bir turi bilаn muvаffаqiyatli shug’ullаnа оlmаydi. Bilishning mаhsuli, nаtijаsi ilm bo’lib, hаr qаndаy kаsb-kоrni egаllаsh fаqаt ilm оrqаli ro’y bеrаdi. Shuningdек, bilish insоngаginа хоs bo’lgаn mа’nаviy ehtiyoj, hаyotiy zаruriyatdir.
Bilishning mоhiyati, shакllаnish vа rivоjlаnish qоnuniyatlаri, хususiyatlаrini o’rgаnish fаlsаfа tаriхidа muhim o’rin egаllаb кеlmоqdа. Insоn o’z bilimi tufаyli bоrliq, tаbiаt, jаmiyatni vа nihоyat, o’z-o’zini o’zgаrtirаdi. Bilishgа qаrаtilgаn insоn fаоliyatini vа uni аmаlgа оshirishning eng sаmаrаli usullаrini tаdqiq etish fаlsаfа tаriхidа muhim аhаmiyatgа egа. Shu bоis hаm fаlsаfаning bilish mаsаlаlаri vа muаmmоlаri bilаn shug’ullаnuvchi mахsus sоhаsi — gnоsеоlоgiya vujudgа кеldi.





Download 59,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish