Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Bilishning bosqichlari. Hissiy va mantiqiy bilish



Download 59,69 Kb.
bet3/5
Sana20.05.2023
Hajmi59,69 Kb.
#941581
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bilish va uning asosiy bosqichlari

2.Bilishning bosqichlari. Hissiy va mantiqiy bilish
Tashqi olamning inson miyasida in’ikos qilinishi murakkab dialektik jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to’la va mukammal aks ettirish uchun ma’lum bir yo’l bosib o’tiladi. Bilish tafakkurning o’rganayotgan predmetga yaqinlashuvidan, fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va mukammal bilimga qarab harakat qilishidan iborat cheksiz jarayonni tashkil etadi. Bilish eskirib qolgan nazariyani yangi nazariyalar bilan almashtirib, eski nazariyalarni yanada aniqlab, olg’a qarab boradi hamda voqelikning tobora yangidan-yangi tomonlarini ochadi. Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’pqirrali va sermazmun tushuncha bo’lib o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, milliy tajriba ham amaliyotga kiradi. Amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning, tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot sub’ekti hisoblangan insonning, uning uchun ob’ekt hisoblangan moddiy olam bilan bog’lanishidir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub’ekt faol rol o’ynaydi. Amaliy ta’sir faqat ob’ektni emas, balki sub’ektning o’zini ham o’zgartiradi. Amaliyot sub’ekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, butun jamiyat ham bo’lishi mumkin. Qachonki, bunday sub’ekt sifatida inson bo’lar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog’langan bo’ladi. CHunonchi, har bir inson shu jamiyat a’zosi bo’lar ekan, o’zining harakatlari bilan alohida jamoat a’zosi bo’lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odamning faoliyati ijtimoiy amaliyotning bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi. Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Amaliyotning bilish jarayonidagi roli quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, amaliyot bilishning boshlang’ich nuqtasi va asosidir. Eng avvalo shuni e’tiborga olish kerakki, bilishning o’zi amaliyot asosida va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish ta’siri ostida vujudga kelgan. Bundan tashqari, amaliyot bilish oldiga ma’lum vazifalarni qo’yadi va ana shu vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishni asbob-uskunalar bilan qurollantiradi; ikkinchidan amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish natijalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish uchun ham atrof-tevarakdagi dunyoni bilib boradi, taraqqiyot qonunlarini ochadi; uchinchidan, amaliyot haqiqatning mezonidir. Inson bilimlarining ob’ektiv olamga mos kelishi yoki kelmasligi amaliyot jarayonida tekshiriladi. Amaliyot jarayon bo’lib, bunda munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat qonunlari to’g’risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi. Bilish ikki bosqichdan: hissiy va mantiqiy ya’ni jonli mushohada (sezish) va mavhum tafakkur (fikrlardan) iboratdir. Bilishning boshlang’ich bosqichi jonli mushohada, ya’ni ob’ektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi a’zolari yordamida aks ettirishdir. Ibn Sinoning fikricha, “Sezish — bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning ko’zgusi bo’lib, moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi”. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bilishning bu bosqichi ma’lum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va hodisalarning ba’zi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. Narsaning muhim belgilari, ularning ichki bog’lanishlari mohiyatlari esa bilishning ikkinchi bosqichida tushuncha, hukm va xulosa, ya’ni mavhum tafakkur yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga ko’taradigan narsa — amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari narsa va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi.
Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishiing sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi. Tashqi dunyoning bu in’ikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Biz yuqorida sezgi haqida gapirib o’tgan edik. Jonli mushohada jarayonidagi sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo narsalarining sezgi orqali ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi faylasuflar sezgini tashqi dunyodan ajratib, uni narsa va hodisaga nisbatan birlamchi deb uqtirmoqchi bo’ladilar, sezgini yagona reallik deb hisoblaydilar. O’tmishda bu fikrni Berkli, Yum, Avenarius va boshqalar ilgari surgan edilar. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va hodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarini, farqlarini anglaymiz. Sezgi harakat qiluvchi materiyaning obrazi sifatida idrok uchun asos bo’ladi. Idrok ham ongimizni tashqi dunyo bilan bevosita bog’laydi. U sezgidan sifat jihatdan farq qilib, predmetning butun obrazini beradi. Idrok narsaning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi a’zolari bergan ma’lumotlar asosida miyada tashqi qo’zg’atuvchining — bir butun obrazi hosil bo’lishi tushuniladi. Sezgi va idrok tashqi dunyo narsalarining ob’ektiv to’g’ri in’ikosini beradi. Bu in’ikosning to’g’ri ekanligi amaliyotda isbotlanadi. Inson o’zining amaliy faoliyatida o’zi idrok qilayotgan narsa bilan odamning o’zida shu narsa to’g’risida hosil bo’lgan sezgi va idrokning o’xshashligini belgilaydi. Inson tashqi dunyo narsalarini o’zgartirishi mumkin. Asboblardan foydalanish jonli mushohadada katta ahamiyatga ega. Masalan, biologiya, fiziologiya sohasida tajriba o’tkazishda mikroskopni qo’llash shu fanning rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki u inson ko’zi bilan ko’rolmaydigan xususiyatlarni ko’rishga yordam beradi. Asbobning takomillashishi yangi kashfiyotlarni vujudga keltiradi. Mikroskop yordamida organizmlarning hujayralardan tuzilganligi aniqlandi, kasalliklarni tug’diruvchi mikroblar topildi. Elektron mikroskop mikrodunyo hodisalarini o’rganish sohasida tajriba o’tkazishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Demak, sezgi, undan keyin esa idrok ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur — mavhum tafakkurga o’tishdagi oxirgi bosqichdir. U narsa va hodisalarning avvalgi ta’siri natijasida xotiramizda qolgan taassurotlarning qaytadan esga olinishi bilan bog’liqdir. Tasavvurdagi yangi obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelishi mumkin. U mavhum tafakkur uchun asos bo’ladi. Idrok qilinayotgan narsalar va hodisalar ichki qonuniyatli bog’lanishlarni ochish uchun mavhum tafakkurga o’tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, lekin u hodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak, hodisalar mohiyatini bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko’p narsalarga xos bo’lgan umumiylikni topmoq kerak. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jihatidan farq qiladi. U bevosita aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Masalan, grammatika ayrim so’zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson tafakkurining mavhumlovchi ishidir. Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq, bo’lgan bosqichlaridir. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi. Mantiqiy bilish — bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Ob’ektiv reallikni bilish dialektikasida sezgi va idrokning yuzaki obrazlari tasavvur obrazlaridagi abstraktsiya elementlari bilan birlashib mavhum tafakkurga qarab aylanadi. Tafakkur esa, garchand jonli mushohada materiallariga asoslansada, bilish jarayonining sifat jihatidan murakkab bo’lgan yuqori bosqichidir. Bizga ma’lumki, sezgi obrazlari tashqi olamning in’ikosidir, ya’ni tashqi olam sezgimizga qanday ta’sir qilsa, shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog’lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazlarining uchta asosiy xususiyati bor:
1.Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatiga ega, ya’ni tafakkur obrazlari hosil bo’lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko’z oldimizda bo’lishi shart emas. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu jarayon abstraktsiya deyiladi.
2 Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga ta’sir etayotgan narsa yoki hodisaning barcha sifat va xususiyatlaridagi muhim bo’lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib, asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog’lashdir.
3.Tafakkur obrazlari til bilan bog’langandir. Bilish jarayonida paydo bo’layotgan har bir tushuncha til orqali ro’yobga chiqadigan ong omilidir. Ratsionalizm (lotincha «rationalis, ratio» — aql so’zidan) namoyandalari sezgi a’zolariga ishonmaydilar va aqlni, abstrakt tafakkurni haqiqiy bilimning birdan-bir manbai deb biladilar.Modomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birlikda maydonga chiqar hamda bir-birini to’ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan ma’lumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin emas.Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo’lgan narsa borlig’ini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar bilan munosabati ham shuning kabidir»1.Ibn Sinoning fikricha, «Aql tarozisida o’lchanmagan har qanday bilim chin bo’lolmaydi, demak u haqiqiy bilim emas». Hissiy va aqliy bilish jarayonining dialektik birligi haqiqatga erishishning yakkayu — yagona yo’lidir.

Download 59,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish