Sog‘liq qadriyat sifatida. Inson sog‘lig‘i - qadriyatlar pillapoyasida eng yuksak pog‘onalaradan birini egallaydigan tabiiy, mutlaq va boqiy qadriyat. Insonning barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi uning sog‘lig‘i qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyoj yalpi xususiyat kasb etadi, u ayrim individlarga ham, butun jamiyatga ham xos. Shu sababli individual (shaxsiy) sog‘liq va jamiyat sog‘lig‘i yoki aholi salomatligi farqlanadi.
Sog‘liqning holati inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Masalan, muayyan inson hayotining to‘laqonliligi va faolligi uning sog‘lig‘i darajasiga, «sifat» xususiyatlariga bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, aholi salomatligi mehnat resurslarining sifatiga, ijtimoiy mehnatning unumdorlik darajasiga va shu tariqa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |