Tizimlilik tamoyili. Tizimlilik tamoyili va u bilan bog‘liq tizimli yondoshuv o‘zida dialektika nazariyasining kompleks g‘oyalarini mujassamlashtirgan hozirgi zamon fani va amaliyotida muhim metodologik ahamiyat kasb qiladi. Tizimlilik tamoyilining asosiy omili yaxlitlik tamoyilidir. Bu ob'ektlarni ikki yoqlama: bir tomondan ob'ektlarning muhit bilan mutanosibligi, ikkinchi tomondan tizim elementlari, xossalari va funksiyalarining butun doirasida ichki bo‘linishi nuqtai nazaridan o‘rganishni talab qiladi. Bunda butunning xossalari uning elementlarini nazarda tutadi va aksincha. Tizimning yaxlitligi haqidagi tasavvurlar aloqa orqali konkretlashtiriladi. (Aloqalar haqida yuqorida aniq ma'lumot berilgan)
Do'stlaringiz bilan baham: |