«Фалсафа» фанидан тайёрланган ўқув–услубий мажмуа



Download 28,98 Mb.
bet38/73
Sana25.01.2022
Hajmi28,98 Mb.
#408824
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
2 5345803982101024543

Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab hodisadan iborat bo’lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo’lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo’llaniladi. Uning muhokama yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha:


Hollar

Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo’lgan holatlar

Hodisalar

1

AV

xy

2

AVS

xyz

Ehtimol, S holat z ning sababidir.
Qoldiqlar metodini qo’llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid ko’p hodisalar aniqlangan.

Bu metodni qo’llaganda muhokama yuritish jarayonining qanday kechishini Neptun planetasining kashf etilishi misolida ko’rib chiqamiz. Uran planetasining harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan ko’proq miqdorda og’ishgan orbita bo’ylab harakat qilishini qayd etganlar. Ma’lumki, planetaning og’ishish miqdorining bir qismi unga shu paytgacha ma’lum bo’lgan planetalarning ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq. Qolgan qismining esa boshqa bir kuch ta’sirida bo’layotganini bu yerda tushunib olish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha noma’lum planeta mavjud bo’lib, ana shuning ta’sirida Uran planetasining og’ishish miqdori ko’payayotgan bo’lsa kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin Leverye hisoblash yo’li bilan yangi planetaning – Neptunning joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846  yili yangi qurilgan teleskop yordamida uni osmon sferasidan topadi.

Agar Uran planetasiga ta’sir etuvchi planetalarni A, V, S lar, Uran planetasining umumiy og’ishish miqdorini tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan holda, og’ishishning a miqdorini — A planetasi, v miqdorini — V planetasi, s miqdorini – S planetasi ta’siri bilan bog’lasak, unda d miqdori «Qandaydir noma’lum X planetasi mavjud bo’lib, ana shuning ta’sirida vujudga kelsa kerak», degan xulosani hosil qiluvchi muhokamaning amalga oshayotganini ko’ramiz.

Uning formulasi quyidagicha bo’ladi:

A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi.

A a ni keltirib chiqaradi.

V v ni keltirib chiqaradi.

S s ni keltirib chiqaradi.

Ehtimol, qandaydir X mavjud bo’lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bo’lsa kerak.

Demak, qoldiqlar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: agar o’rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo’lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo’lishi mumkin.

Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.

Shunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko’rib chiqqan induktiv metodlari o’z mantiqiy tarkibiga ko’ra yetarli darajadagi murakkab muhokama yuritish usullari bo’lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv xulosa chiqarish ishtirokida amalga oshadi. Xususan, deduksiya tasodifiy holatlarni muhokama jarayonidan chiqarib tashlash (eliminasiya qilish) yo’li bilan (ayiruvchi-qat’iy sillogizmning tollendo ponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yo’nalishini belgilashga, uning xulosasining asoslanganlik, ishonchlilik darajasining ortishiga hizmat qiladi.
Statistik umumlashtirish

U to’liqsiz induksiyaning alohida bir turi bo’lib, ilmiy induksiya singari, xulosa chiqarishda eliminasiya qilish usuliga, ya’ni keraksiz holatlarni muhokamadan chiqarib tashlash yo’li bilan kerakli holatlarni ajratib olishga asoslanadi. U ommaviy tusga ega, keng ko’lamda sodir bo’ladigan hodisalarni o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, u iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini o’rganish, tug’ilish va o’lish haqidagi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va shu kabi hollarda muvaffaqiyatli qo’llaniladi.

Ommaviy tusdagi hodisalarni o’rganish tasodifiy belgilar, ularning mavjud hodisalarda takrorlanishi, ko’lamini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa sababiy aloqalarni o’rnatishni osonlashtiradi.

Statistik umumlashtirish ko’proq ommaviy tusdagi hodisalarning miqdoriga tegishli ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish, umumlashtirish bilan bog’liq. Bunday miqdoriy ma’lumotlar hodisalar taraqqiyotining nisbatan turg’un tendensiyalarini o’zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini belgilashga, strategik va taktik ahamiyatga molik vazifalarni hal etishni tashkil qilishga yordam beradi. Masalan, u aholiga xizmat ko’rsatish, turli xil kasalliklarning tarqalishi, qonunbuzarlik kabi hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Ommaviy tusdagi hodisalar haqida ularni yoppasiga qarab chiqish yo’li bilan emas, balki ayrimlarini tanlab olib o’rganish asosida, ularga xos bo’lgan turg’un belgilar, aloqalar, qonuniyatlarni mantiqan butun sinfga ko’chirish orqali xulosalar hosil qilinadi. Xulosa chiqarish bunda statistik umumlashtirish tarzida sodir bo’ladi.

Statistik umumlashtirish – to’liqsiz induksiya bo’yicha xulosa chiqarishdan iborat bo’lib, unda asoslarda o’rganilayotgan hodisalar guruhida — namunada muayyan belgining chastotasi haqidagi miqdoriy axborot xulosada shu jinsdagi hodisalarning butun sinfiga ko’chiriladi.

Statistik umumlashtirishda asosda qayd etilgan miqdoriy ma’lumot o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1) ommaviy tusdagi hodisalarning o’rganilayotgan guruhi (namuna)ni tashkil etuvchi hollarning umumiy soni; 2) tadqiqotchini qiziqtirayotgan belgining takrorlanayotgan hollari soni; 3) shu belgining paydo bo’lish chastotasi.

Statistik umumlashtirishning amalga oshish shaklini qurish uchun quyidagi shartli belgilardan foydalanamiz: S – tadqiq etilayotgan hodisalar guruhi yoki namuna; R – tadqiqotchini qiziqtirayotgan belgi; n – kuzatilayotgan hollarning (namuna elementlarining) umumiy soni; m-r belgisi xos bo’lgan hodisalar (hollar) soni; f (p) – r belgisining chastotasi; K – populyasiya, ya’ni ommaviy tusdagi hodisalarning butun sinfi (belgi chastotasi yoyiladigan hodisalar sinfi).


S – namunada r belgisining paydo bo’lishi chastotasi ga teng. Uni f(p)= ko’rinishda yozish mumkin.

Masalan, avtomobil avariyalarining 100  tadan 17  tasini haydovchining mast holatda avtomobilni boshqarishi keltirib chiqaradi, deb faraz qilaylik. Unda mast holda haydovchining avtomobilni boshqarishi natijasida sodir bo’lgan avariya chastotasi 17\100 ni, ya’ni 17% ni tashkil etadi.

Umumiy holda hodisalarni statistik tasvirlashda r belgining paydo bo’lish chastotasi 0 dan 1 gacha bo’lgan intervaldagi qiymatni tashkil etadi.0‹f(p)‹1

Buning sababi shundaki, statistik namunada (s) r belgining paydo bo’lgan hollari soni (m) kuzatilayotgan elementlar umumiy sonidan (n) doimo kichik bo’ladi. Bunda n>m bo’lgani hamda f (r) qiymati ga teng bo’lgani uchun

u doimo 1  dan kichik, 0  dan katta bo’ladi.f(p)=0 ifodasi r belgisining kuzatilayotgan hodisalardan birortasiga ham xos emasligini anglatadi. Undan induktiv umumlashtirish asosida r belgisi butun K sinfiga xos emas, degan umumiy inkor hukm shaklidagi xulosa chiqariladi. ifodasi esa r belgisining kuzatilayotgan hodisalarning har biriga, ya’ni namunaga xos umumiy xususiyat ekanligini bildiradi. Uni umumlashtirish asosida, ya’ni r belgisini S dan – namunadan K ga – butun sinfga ko’chirish (generalizasiya qilish) asosida, «r K sinfining har bir hodisasiga xosdir», degan umumiy tasdiq hukm hosil qilinadi.

Statistik umumlashtirish to’liqsiz induksiyaning bir turi bo’lgani uchun uning xulosasi ehtimoliy bilim bo’ladi.

Demak, o’rganilayotgan namunaning statistik tasviri aniq bo’lishi va belgi chastotasining populyasiyaga ko’chirilishining mantiqan asoslangan bo’lishi xulosaning chin fikrga yaqin bo’lishiga, undan bilish va amaliyotda samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi.

Induktiv xulosa chiqarishni tahlil etishga yakun yasar ekanmiz, uning deduksiya bilan bo’lgan aloqasini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Bu aloqadorlik xuddi analiz va sintez o’rtasidagi aloqadorlik kabi zaruriydir.

Falsafa va demak, mantiq ilmi taraqqiyoti davomida ayrim mutafakkirlar bilishda deduksiyaning roliga yuqori baho berib, uni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratgan bo’lsa (masalan, Arastu, Dekart), boshqalari induksiyaning imkoniyatlarini yuqori deb hisoblaganlar (Demokrit, Suqrot, F.Bekon, J.S.Mill), ba’zilari esa ularni o’zaro bog’liq holda olib qarashga uringan (Galiley, Gegel). Buning o’z sababi bor. Induksiya va deduksiya bilishning turli bosqichlarida, turli xil bilish vazifalarini hal etishda turlicha ahamiyatga ega bo’ladi. Xususan, bilishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, tajriba natijalarini umumlashtirish jarayonida induksiyaga ko’proq murojaat qilinadi. Ana shuning uchun F. Bekon Yangi davrda tabiatshunoslikning eksperimentga asoslanadigan yo’nalishlari rivoji uchun induksiya muhim ahamiyatga ega, deb ta’kidlagan. Bilishning nazariy bosqichida, ayniqsa, aksiomatika qo’llaniladigan hollarda, deduksiyaga ko’proq murojaat qilinadi. Matematika va mantiqda bunday hollar ko’p uchraydi. O’z paytida Dekart buni yaxshi asoslagan.

Lekin, shunga qaramasdan, bilishning barcha bosqichlari, sohalari, yo’nalishlarida induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning o’zaro aloqadorligini, birining ikkinchisisiz mavjud bo’la olmasligini kuzatish mumkin. Xususan, deduktiv xulosa chiqarishning asoslarini induktiv yo’l bilan hosil qilingan umumiy bilimlar tashkil etadi. O’z navbatida, induksiya xulosasining chinligi deduksiya yordamida tekshiriladi.

Induksiya va deduksiyaning obyektiv asosini borliqdagi yakkalik, juz’iylik va umumiylikning o’zaro aloqasi, ularning birini ikkinchisi orqali namoyon bo’lishi tashkil etadi. Deduksiyada fikrimiz umumiylikdan juz’iylik va yakkalikka, induksiyada – yakkalik va juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlanadi. Buni barcha mutafakkirlar yaxshi tushunishgan. Ana shuning uchun ham Arastu deduksiya nazariyasining (sillogistik nazariyaning) asoschisi sifatida induksiyaning bilishdagi tutgan o’rnini inkor etmagan. Xuddi shuningdek, F. Bekon, J.S. Mill induktiv metodning jiddiy tadqiqotchilari sifatida bilishda deduksiyaning o’z o’rniga ega ekanligini ta’kidlashgan.

Induksiya va deduksiyaning o’zaro aloqadorligini biz ilmiy induksiya metodlarining qo’llanilishi jarayonida kuzatdik. Xuddi shunday, uni isbotlash va rad etishda, ilmiy nazariyalarni qurishda va shu kabilarda ham ko’rishimiz mumkin.

Analogiya

Analogiya (grek. – moslik, o’xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.

Analogiyada predmetlarning o’xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o’xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o’z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lsa, ular aks ettirgan voqyelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o’xshash bo’ladi.

Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish obyektiv reallikning cheksiz ko’rinishlari hamda unda mavjud bo’lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkiblaridagi o’xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o’xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o’xshashligi asosida analogiya bo’yicha xulosa chiqariladi.

Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o’tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo’ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo’lish uchun o’zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.

Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo’q, u uchmaydi.

Insonning ham qanoti bo’lsa, u, ehtimol, uchadi.

Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo’lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.

Analogiya o’zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o’rtasidagi aloqalar va munosabatlardir.



Download 28,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish