КОНТРАР (қарама қаршилик)
Е
А
Б
ў
й
с
у
н
и
ш
Б
ў
й
с
у
н
и
ш
Контрадиктор
(зидлик)
O
I
Cубконрар (қуйи қарама қаршилик)
Ye. Hyech bir jamiyat o’z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba’zi jamiyatlar o’z axloqiy normalariga ega.
O. Ba’zi jamiyatlar o’z axloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan hukmlar bo’lib, ular o’rtasida chinligiga ko’ra o’ziga xos munosabatlar mavjuddir.
Sig’ishmaydigan hukmlar o’rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo’ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko’ra turlicha bo’lgan umumiy hukmlar o’rtasida mavjud bo’lib, bu munosabatga ko’ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo’la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo’lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo’lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A–hukm chin, Ye – hukm xato ekanligi ma’lum bo’ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko’ra turlicha bo’lgan hukmlar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo’lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A – hukm chin bo’lib, O – hukm xatodir. Shuningdek, I – hukm chin, Ye – hukm xatodir.
Sig’ishadigan hukmlardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo’lgan hukmlar o’zaro bo’ysunish munosabatida bo’ladi. Bunda umumiy hukmlar bo’ysundiruvchi, juz’iy hukmlar bo’ysunuvchi bo’ladi. Bo’ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo’lsa, ularga bo’ysunuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo’ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo’lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Yuqoridagi misoldan A – hukm chin bo’lgani uchun unga bo’ysunuvchi I – hukm ham chin bo’ladi. Agar umumiy hukmlar xato bo’lsa, ularga bo’ysunuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Misolimizda Ye – hukm xato bo’lgani uchun O – hukm ham xato bo’ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo’lsa, juz’iy hukmlar chin bo’ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo’lgan juz’iy hukmlar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo’lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo’ladi. Yuqoridagi misolimizda O – hukmning xatoligi aniq bo’lgani uchun I – hukm chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qahramoni» hukmlari o’zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan hukmlardir.
Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega.
Hukmlarning modalligi. Atributiv va munosabat hukmlari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab hukmlar assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqyelik hukmlari deyiladi. Ularda predikatda ko’rsatilgan belgining subyektda bor yoki yo’qligi haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning subyektga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat’iy, kuchli (zaruriy) yoki qat’iy bo’lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal hukmlarda subyekt va predikatning o’zaro munosabati haqida muayyan nuqtai nazardan fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga nisbatan kuchli. «Ukam ingliz tilini o’rganadi» hukmiga nisbatan «Ukam ingliz tilini o’rganishi mumkin» hukmi kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir.
Assertorik (voqyelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar (operatorlar)ni kiritish orqali modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi.
Modal hukmlar modal mantiqda o’rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan.
Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko’rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar subyekt va predikat o’rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o’z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy).
Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm-larda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi:
« A» – A zaruriydir.
« A» – A tasodifiydir.
«A» – A bo’lishi mumkin.
« A» – A bo’lishi mumkin emas.
Ba’zan «Lp» –«r zaruriydir», «Mr» – «r bo’lishi mumkin» belgilaridan ham foydalaniladi.
Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning qonunlarini, shu jumladan, mantiq qonunlarini va ulardan kelib chiqadigan holotlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo’lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo’ysunishi shart».
Qonunlarga zid bo’lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holotlarni inkor etuvchi hukmlar ehtimoliy hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo’lishi mumkin emas».
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo’lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy hukmlar deyiladi. Masalan, ba’zi hududlarda dengiz ko’pigining toshqini bo’lishi tasodifiydir.
Ehtimollik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo’lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, «Marsda hayot bo’lishi mumkin».
Modal tushunchalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin.
Norma(me’yoriy qoida) va hukm
Norma (me’yoriy qoida) amalga oshirilishi zarur bo’lgan yoki istisno qilinadigan xatti-harakatlarni bildiradi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik turmushimizda hamda bilish jarayonida ko’zlangan maqsadga erishishimizga imkon beradi. Masalan, «Ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak», degan qoidaga rioya qilish tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to’g’ri bo’lishini ta’minlaydigan shartlardan biri hisoblanadi. Agar bu qoida talabi buzilsa, tushunchaga beriladigan ta’rif haddan tashqari keng (masalan, «Fan – bilimlar tizimi») yoki haddan tashqari tor (masalan, «Fan – g’oyalarda ifoda etilgan bilimlar tizimi») bo’lib qoladi.
Gapda ifodalangan normalar hukmni (mulohazani) ifoda qilishi ham, qilmasligi ham mumkin. Masalan, «Urushni targ’ib qilish qat’iyan man qilinadi», degan gap – normativ fikr, u hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. «Saidov O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida mehnat qilish huquqiga ega», degan fikr esa norma (me’yoriy qoida) haqidagi hukm (mulohaza) hisoblanadi; bunda norma «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat qilish huquqiga ega», degan fikrdan iborat; shuning uchun ham u mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin fikrni ifoda etadi. Demak, norma haqidagi hukmlar (normativ hukmlar) boshqa hukmlar singari mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin yoki xato fikrni ifoda etadilar.
Normalar ilmiy bilishda qoidalarni, metodlarni, huquqiy sohada – huquqiy normativ hujjatlarni (masalan, qonunlarni, kodekslarni, buyruqlarni va shu kabilarni), axloq-odob normalarini va boshqa sohalardagi normativ fikrlarni ifoda qiladilar. Ularning bilishdagi va amaliyotdagi ahamiyati ana shu bilan belgilanadi.
7-mavzu. Xulosa chiqarish
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakli
Voqyelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.
Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy aloqadorlik yo’q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan, «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |