«Фалсафа» фанидан тайёрланган ўқув–услубий мажмуа



Download 28,98 Mb.
bet30/73
Sana25.01.2022
Hajmi28,98 Mb.
#408824
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
2 5345803982101024543

S

M

P

S

P

M



ёки

Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to’g’risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taalluqli fikr hisoblanadi.

Masalan:


Tafakkur shakllari obyektiv xususiyatga ega.

Tushuncha tafakkur shaklidir.

Tushuncha obyektiv xususiyatga ega.

Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o’rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo’lgan narsalar buyum, hodisaning o’ziga ham ziddir.

Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o’zaro uzluksiz, obyektiv bog’langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikka juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik juz’iylik, umumiylik xislatiga ega bo’lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o’zaro uzviy bog’langanligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o’ziga xos belgiga ega bo’lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham xos belgi bo’lishini ifodalaydi. Bular esa, o’z navbatida, yakkalik va umumiylik hamda miqdor va sifat o’rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o’ziga xos namoyon bo’lishidir.
Sillogizmning umumiy qoidalari

Xulosa asoslarining chin bo’lishi xulosaning chin bo’lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo’lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo’lgan qoidalar bo’lib, quyidagilardan iborat:

1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o’rta terminga bo’lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo’lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo’lsa, xulosa yangi bilim bermaydi.

Masalan: Hamma notiqlar so’z san’atini chuqur egallagandir.

So’z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.

Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, terminlarning to’rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi:

Davlat – iqtisodiy munosabatlarning siyosiy ifodasidir.

Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.

Bu mulohazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil ma’noda qo’llanilishi chetki terminlarning o’zaro mantiqiy bog’lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo’lishi asoslar o’rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo’ladi:

Hamma notiqlar – shuhratparast.

Siseron davlot arbobi bo’lgan.

Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi, chunki bu mulohazalar o’zaro mantiqiy bog’lanmagan.

2. O’rta termin hyech bo’lmaganda asoslardan birida to’la hajmda olinishi kerak.

Agar o’rta termin hyech bir asosda to’liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog’lanishi noaniq bo’ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo’lmaydi.

Ba’zi faylasuflar notiqdir.

Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.

Bu sillogizmda o’rta termin katta asosda juz’iy hukmning subyekti, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning predikati bo’lganligi uchun har ikkala asosda to’liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan sun’iy ravishda chiqarilgan “Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir” degan xulosa noaniq bo’ladi:

3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo’lsa, xulosada ham shunday hajmda bo’lishi kerak.

Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noo’rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:

Hamma talabalar imtihon topshiradilar.

Hyech bir abituriyent talaba emas.

Hyech bir abituriyent imtihon topshirmaydi.

Bu misolda kichik termin hajmining noo’rin kengayib ketishi xulosaning xato chiqishiga sabab bo’ldi.

4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:

Ishsizlar tadbirkor emas.

Talabalar ishsiz emas.

5. Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:

Ba’zi ayollar tadbirkordir.


Download 28,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish