«Фалсафа» фанидан тайёрланган ўқув–услубий мажмуа



Download 28,98 Mb.
bet22/73
Sana25.01.2022
Hajmi28,98 Mb.
#408824
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
Bog'liq
2 5345803982101024543

Tasniflash

Tasniflash (turkumlash, klassifikasiya) tushunchalarni bo’lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo’lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o’zining aniq va qat’iy o’rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o’z aksini topadi.

Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko’ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko’rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo’lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog’lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo’la oladi.

Tasniflashda tushunchani bo’lish qoidalariga amal qilish zarur.

Tasniflar nisbiy turg’un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.

Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko’p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o’zining muhim ahamiyatiga ega bo’lib qoladi.


Tushunchalarni ta’riflash (definisiya)

Ta’riflash (yoki definisiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, «mantiq to’g’ri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi falsafiy fandir» degan ta’rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko’rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so’zning (terminning) ma’nosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta’riflar farq qilinadi.

Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos» so’zidan olingan bo’lib, tushuncha, fikr, so’z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo’lamiz. «Til belgilarini o’rganuvchi fan semiotikadir», degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir.

Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», degan ta’rif real ta’rifdir.

Real ta’rif aniq va noaniq ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o’qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lug’atdan foydalanmasdan, boshqa so’zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.

Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1)  yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash; 2)  genetik ta’rif.

Yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko’p ishlatiladigan turi bo’lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. Shu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko’rsatiladi. Shu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so’z» tushunchasidir. «Metafora so’zdir» deyish bilan «so’z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko’rsatamiz, ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko’chirma ma’noda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so’zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo’shib «Metafora ko’chirma ma’noda ishlatiladigan so’zdir», degan to’la ta’rif hosil qilamiz. Shu tariqa eng qisqa yo’l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.

Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo’lgan kimyoviy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.

Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:

a)  ta’rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig’indisi teng bo’lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta’rif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo’lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o’rganuvchi fandir» – haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o’rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor ta’rifdir;

b) ta’rif aniq bo’lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar,  mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo’lishidir» (Gegel) degan ta’riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo’lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;

v) ta’rif aylana shaklida bo’lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo’ladi. Masalan, «Mantiq to’g’ri fikrlash haqidagi fandir», deyilganda ta’rifda aylana vujudga keladi. Chunki «To’g’ri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to’g’ri keladi, ya’ni «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.

Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, «Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo’l qo’ygan bo’lamiz.

g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos bo’lgan belgi o’rniga unda yo’q bo’lgan belgi ko’rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy emas», degan ta’rif «ong» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi.



Download 28,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish