8-mavzu: Pedagog
faoliyatida estetika
1. Estetika fanining predmeti, tadqiqot doirasi va maqsadi.
2. Estetikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati.
3. Estetikaning asosiy kategoriyalari.
Tayanch so’zlar
Estetika, nafosat, estetik did, go‘zallik, san’at, go‘zallik falsafasi, san’at falsafasi, estetik tarbiya, Go‘zallik, Xunuklik, Tabiat go‘zalligi, inson go‘zalligi, san’at go‘zalligi, ulug‘vorlik va tubanlik, tabiat ulug‘vorligi, fojeaviylik, fojeaviy to‘qnashuv, fojeaviylik va estetik ideal, forig‘lanish, fojeaviy qahramon, kulgili holat, hazil, mutoyiba, kinoya, istehzo.
Reja:
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri.
Uning tarixi ikki yarim-uch ming yilni o‘z ichiga oladi.
Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan.
«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan.
U boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda xulosaga kelgan edi.
Biroq hissiyotni o‘rganadigan fan falsafiy maqomdagi o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos-«oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «yestetik»-«eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi.
Shunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi:
Zotan «san’at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi.
San’at estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, «go‘zallik falsafasi» degan ibora estetikaga ko‘proq mos keladi.
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondoshuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki har bir san’atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot ob’ektiga uch tomonlama - nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondoshadi.
Estetika-falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi mahsus soha. Falsafani esa, o‘zingizga ma’lumki, fanlar podshosi deb atashadi.
Ular quyidagi tadrijiy «zanjir»ni tashkil etadi:
Estetika fani hammasini bir yo‘la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va bu tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo‘ladi.
ijodkor-badiiy asar-badiiy asarni idrok etuvchi-vositachi.
Ma’lumki, san’at asarining mavjud bo‘lishi uchun to‘rt shart-unsur albatta zarur.
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor. Estetika ham bundan mustasno emas.
Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar, tanqidchilar-san’atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham estetikani bilish zarur. Deylik, «sof teatr» - faqat sahna san’atinigina yaxshi bilgan san’atshunos u qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e’tiborga molik maqola ham yoza olmaydi.
Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak.
Fojeaviylik
Kulgulilik
1. Nima uchun go‘zallik nafosatning asosiy mezoniy tushunchasi deyiladi?
2. Ulug‘vorlik nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. qaysi badiiy asarda ulug‘vorlik namunalarini kuzatgansiz?
4. Jamiyatdagi ulug‘vorlikka qanday misol keltirasiz?
5. Qaysi san’at asarida kulgu namunalarini kuzatgansiz?
Takrorlash uchun savollar
- Karimov I.A. Barkamol avlod Hzbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. Hzbekiston. 1997y.
- Imomov B. Tragediya va xarakter. Toshkent. 1977y.
- Umarov E. Estetika. Toshkent. Hzbekiston.1995y.
- Yo‘ldoshev S.A. Antik falsafa. Toshkent.1999y.
- Estetika. Slovar. Moskva.1989y.
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |