Falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi



Download 183,69 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2017
Hajmi183,69 Kb.
#6657
1   2   3

OO`Ydan keyingi ta'lim. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo’lgan htiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta`lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.


Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`limni oliy o’quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad`yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.

Maktabdan tashqari ta'lim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o’quv-tarbi kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat ko’rsatishi mumkin.


Bolalar va o’smirlarning ta`limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta`lim muassasalarini tashkil etadilar.

Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta`limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular ta`lim-tarbiya berishga mo’ljallangandir.

Maktabdan tashqari muassasalar (kamolot, muzeylar va boshqalar) o’z faoliyatlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta`lim to’g’risida"gi Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda “Maktabdan tashqari muassasa to’g’risida” Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.

2.1. Ta’lim tizimini isloh etishga doir qonunchilik yutuqlari

1991 yildan 2002 yilga qadar Mistaqillik yillari mobaynida O'zbekistondagi ta'lim tizimi rivojlanib tubdan o'zgardi bormoqda. 2001, 2002 yillardagi maktab bitiruvshilari yangi standartlar va o'quv dasturlar bo'yicha Mustaqil O'zbekistonda ta'lim olgan-o'guvchilar avlodi hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim tizimining amaldagi me'yoriy-huquqiy bazasi Respublikada istiqomat qilayotgan xalqqa bo'lgan munosabati demokratik va insonparvarlikdir. O'zbekistondagi ta'lim muassasalarida turli millatdagi bolalar maktab ta'limiga to'liq ega bo'lishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida darslar o'zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg'iz, tojik va turkman tillarida olib borilmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistondagi ta'lim tizimi quyidagicha faoliyat ko'rsatib kelmoqda (2002 yil ma'lumotlari):

- 11000dan ortiq umum-ta'lim makrablar (shu jumladan gimnaziyalar, maktab-litseylar va boshqalar)

- 800ga yaqin o'rta maxsus o'quv muassasalari, ulardan 313ta, 47 ta kollejlar va akademik-litseylar. Qolganlar esa – maxsus kasb hunar texnik maktablar va texnikumlar.

- 63 ta Oliy Ta'lim Muassasalarining umumiy sonidan: Universitetlar - 20 va Institutlar - 43

Shulardan:



  • Texnik - 14

  • Iqtisodiy - 3

  • Gumanitar - 15

  • Pedagogik - 6

  • Tibbiy - 7

  • Agrar (qishloq ho'jaligi) - 4

  • Maxsus (sohalar bo'yicha) - 12

  • V.G. Plexanov nomidagi iqtisodiy akademiyaning filiali - 1

  • Toshkent shahrida Halqaro Vestminster universiteti - 1

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Konstitutsiyasi, Davlat qarorlari hamda "Ta'lim to'g'risida", va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonunlariga muvofiq O'zbekistonda ta'lim amalga oshirilmoqda. Qonun bazasiga muvofiq O'zbekistonda ta'lim uzluksizlik tamoillarni ta'minlaydi. Umumta'lim maktabning birinchi sinf o'quvchisidan tortib akademikgacha bolgan maqsadli, bosqichma-bosqich va standartlashtirilgan ta'lim majmuasini mazkur tamoillarda ko'rib chiqish mumkin. Ta'lim uchta bosqichdan iborat: birinchi bosqich- umumiy ta'lim (maktabning 9ta sinflari), ikkinchi bosqich – o'rta ta'lim (maktabning 10-11 sinflari) yoki o'rta maxsus ta'lim (akademik litseylar va mutaxassislashtirilgan kollejlar), uchinchi bosqich – oily ta'lim (bakalavriat va magistratura darajalariga ega bo'lish uchun universitet va institutlarda ta'lim olish). Magestratura darajasini olgandan so'ng, ilmiy darajalarni himoya qilish uchun (aspirantura, doktorantura va adyutantura)da ta'lim olishni davom ettirish mumkin. Prezidentimizning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida Farg‘ona viloyatida zamonaviy san’at koshonalarini barpo etish, ularni bugungi kun talablari asosida jihozlash, yangi cholg‘u asboblari va musiqa ta’limiga, san’atshunoslikka oid adabiyotlar bilan ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. 1992 yildan boshlab mamlakatdagi OTMiga test sinovlari orqali itimoiy haqiqatlikni ta'minlaydigan va iqtidorli yosh avlodlarni saralash jarayonida yo'l qo'yadigan abiturientlarni saralash o'tkaziladi. 1993 yilda hukumat qarori yuzasidan test vazifalarni ishlab chiqish, metodologiya va test sinovlarining tartibini yaratish, abiturient kontingentlarini sifatini tayyorlashda tahlil va monitoring qilish kabi vazifalardan ibotar bo'lgan O'zR Davlat test matkazi yatatilgan. Mazkur yaratilgan test tizimi O'zbekistonda old mamlakatlarning eng yaxshi tajribalarini singib ketgan va yillar davomida sezilarni darajada takomillashgan.

1994 yildan boshlab birinchi bosqichga abiturientlarni qabul qilish ko'rsatkichi o'sayotganligi kuzatilmoqda, va, o'rtacha har yili 1000ta qabul qilingan talabaga 350-400 ayollar to'g'ri kelmoqda.

2004/2005 o'quv yilida OTMlardagi talabalar soni 222 ming, bitiruvchilar- 42,22 ming, shu jumladan, pedagogik ma'lumotga ega bo'lganlari-8,81 ming odamni tashkil qildi.

Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, shuningdek, bakalavriyatning mavjud 131 yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklarining 664 namunaviy o'quv rejalari tasdiqlandi. Davlat ta'lim standartlari asosida har bir yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha o'quv predmetlarining dasturlari ishlab chiqilgan.

1998-2002 yillarda 2927 ta darslik va o'quv qo'llanmalari nashr qilindi. OTMlarda o'quv amaliyotiga elektron darsliklarni yaratish va tadbiq qilish jarayoni boshlandi. 2000-2002 yillarda 400ta elektron darsliklar tayyorlandi. 2005 yilda 700ta darsliklar va o'quv qo'llanmalari, 40ta elektron darsliklari nashr qilindi.

O'zbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish 22ta vazirlik va muassasalar tasarrufidagi 2ta maqsadli akademiya, 22ta institutlar, 15ta markaz va 17 malaka oshirish fakultetlarda amalga oshirilmoqda. O'qituvchilarning turli xil chet el grantlari, loyihalari, ikki tomonlama shartnomalar va "Iste'dod” jamg'armasi orqali o'z malakalari oshirilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, rivojlangan mamlakatkar hukumati tomonidan O'zbekistondagi o'tkazilayotgan ta'lim reformalari uchun moliyaviy ko'mak va texnik yordam ko'rsatilmoqda (Xalqaro bakn, Osiyo tarraqiyot banki, OECF, GTZ, TACIS, USAID, ACCELS va boshqalar). Investitsiyalar, loyihalar va grant yo'nalishlarida xar tomonlama yordam ko'rsatilmoqda. 2002 yilning o'zida 5,8 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilgan.

O'zbekiston fuqarolarining Yaponiya oliy ta'lim muassasalarida magistraturada tahsil olishlari uchun xar yili joy ajratib kelinmoqda. Rossiya OTMlarida o'z hukumat hisobida O'zbekiston talabalari, aspitantlari va doktorantlari uchun xar yili 50ta joy ajratilish to'g'risida shartnoma imzolandi.

2002 o'quv yilida London Vestminster universiteti tomonidan ta'sis etilgan Xalqaro Vestminster universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining filiali va Boloniya (Italiya) universiteti bilan hamkorligida Samarqand davlat universitetining magistraturasi ochildi. O'zbekistonda xorijiy mamlakatlarning boshqa universitetlarni ochishga oid ishlar olib borilmoqda. Kembrij va Sorbona universitetlari kabi jaxonning etakchi o'quv markazlari bilan samarali hamkorlik o'rnatilgan.

1997-yil 29-avgustda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “T’alim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Ta`lim-tarbiya tizimini, jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning muhim omillari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatib berildi va ular quyidagilardan iborat:



  • respublikaning demokratik huquqiy va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

  • mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyotining kengayayotganligi;

  • davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror topganligi;

  • milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

  • O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obru-e`tiborining mustahkamlanib borayotganligi5



2.2. Mustaqil O’zbekistonda kadrlar siyosati

Mustaqillik O’zbekistonda kadrlar siyosatini qayta ko’rib chiqishni, davlat idoralari uchun ma’naviy sog’lom shaxslarni tarbiyalashni, eskicha andozalardan chiqishni taqazo etdi. Zero, shaxs va hokimiyat munosabatlarini demokratlashtirishda ozodlikka chiqqan xalq uchun uni yuksak maqsadlar sari yetaklovchi siyosiy elitani shakllantirish muhim vazifaga aylandi. Mustaqillikni mustahkamlashga, shaxs va hokimiyat munosabatlarini demokratlashtirishga xavf soladigan salbiy jarayonlardan biri aynan ma’naviy nosog’lom ma’muriy apparat, jinoyatchilik va korrupsiya keltiradigan xavf bo’lganligi uchun Prezidentimiz I.Karimov “Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug’-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo’yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi”6

Davlat va jamiyat qurilishining yaqin istiqboldagi muhim vazifalari qatorida “raqobatbardosh yuksak malakali kadrlarni tayyorlash ustuvorligi” alohida satrlar bilan ko‘rsatilgan. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari shaxsning o‘z ta’limiy, kasbiy, hayotiy yo‘lini tanlashini shart qilib qo‘ydi. Zamonaviy ta’lim jarayonida yoshlar tanlov erkinligi mavjudligini bilishi, mas’uliyatni anglashi, tanlovni asoslashdagi yondashuvlarning turli-tumanligini tushunishi, uning natijalari va oqibatlarini bashorat qilishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishi o‘ta muhim jihatlardan hisoblanadi. Agar ta’lim tizimi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, oqilona tanlovni amalga oshirishga qodir bo‘lgan tashabbuskor shaxsni hayotga tayyorlay olsagina ilg‘or ijtimoiy o‘zgarishlar yanada jadallashishi mumkin. Shaxs o‘z qobiliyati, o‘z qiziqishiga binoan o‘z yo‘lini tanlagandagina sifatli bilim hamda zaruriy ko‘nikmani qo‘lga kirita oladi.

Milliy dasturda shaxsning ta’lim yo‘nalishini tanlashni amalga oshirish huquqi va imkoniyati mukammal o‘rin olgan bo‘lib, u izchil amalga oshirilmoqda. Bu bilan O‘zbekistonning ijtimoiy tuzilmasida oliy insoniy qadriyatlarning amalga oshirilishi tasdiqlanmoqda.


 Shu asnoda, belgilangan maqsadlarga erishishda ta’lim tizimiga birinchi darajali ahamiyat va imkoniyat berilmoqda “...bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri — bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”.
Zamonaviy ta’lim jarayonida yoshlar tanlov erkinligi mavjudligini bilishi, mas’uliyatni anglashi, tanlovni asoslashdagi yondashuvlarning turli-tumanligini tushunishi, uning natijalari va oqibatlarini bashorat qilishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishi o‘ta muhim jihatlardan hisoblanadi. Agar ta’lim tizimi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, oqilona tanlovni amalga oshirishga qodir bo‘lgan tashabbuskor shaxsni hayotga tayyorlay olsagina ilg‘or ijtimoiy o‘zgarishlar yanada jadallashishi mumkin. Shaxs o‘z qobiliyati, o‘z qiziqishiga binoan o‘z yo‘lini tanlagandagina sifatli bilim hamda zaruriy ko‘nikmani qo‘lga kirita oladi.

Milliy dasturda shaxsning ta’lim yo‘nalishini tanlashni amalga oshirish huquqi va imkoniyati mukammal o‘rin olgan bo‘lib, u izchil amalga oshirilmoqda. Bu bilan O‘zbekistonning ijtimoiy tuzilmasida oliy insoniy qadriyatlarning amalga oshirilishi tasdiqlanmoqda.


 Shu asnoda, belgilangan maqsadlarga erishishda ta’lim tizimiga birinchi darajali ahamiyat va imkoniyat berilmoqda “...bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri — bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining uzluksiz ta’lim tizimining jadal rivojini hamda ijrosini ta’minlashga qaratilgan mingga yaqin qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va ko‘rsatmalari, me’yoriy va rasmiy hujjatlar qabul qilindi.
 

XULOSA


Mustaqillikning dastlabki davrlarida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik va ahillikni ta’minlash eng muhim vazifalardan edi. Ayniqsa, mamlakatning taraqqiyot yo‘lini, jamiyat rivojining aniq va yorqin istiqbolini belgilab olish kun tartibida kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida turgan edi.  Ana shunday muhim bir davrda mamlakat kelajagining yaqin va uzoq muddatli taraqqiyot vazifalarini belgilab berishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ilmiy mardligi, donoligi va uzoqni ko‘ra bilish qudrati keng qamrovliligi bilan namoyon bo‘ldi.

Mamlakat rivojining zamonaviy va istiqboldagi talab-ehtiyojlariga munosib ravishda ta’lim jarayoni tashkil etilmoqda, takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, amaliyotga joriy etilmoqda. Ular asosida o‘quv-uslubiy majmualar, yangi pedagogik hamda axborot-kompyuter texnologiyalari yaratilmoqda, kasb-hunar kollejlari qayta ixtisoslashtirilmoqda, oliy ta’lim muassasalari faoliyati iqtisodiyotdagi modernizatsiyani hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda, ilmiy-pedagogik va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari maqsadli yo‘naltirilgan holda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni, ularning o‘zaro bog‘liqlik yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rib chiqish va natijada aniqlangan muammolarni hal qilish maqsadga muvofiqdir.



Birinchidan, bu kadrlar tayyorlash jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi, joylardagi davlat hokimiyati hamda o‘z-o‘zini boshqarish organlari, jamoatchilik tashkilotlari, shuningdek, jamiyatdagi manfaatdor doiralarning yaqindan o‘zaro ijtimoiy hamkorligini ta’minlash taqozo etiladi. Ikkinchidan, birinchi holatga uyg‘un holda ta’lim turlarida kasbiy ta’lim sifatini oshirish va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning davlat, jamiyat, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarning muntazam o‘zgarib turuvchi ehtiyojlariga tezkor va munosib javob topa olish salohiyatini oshirish zarur.

 

А D А B I YO T L А R:




  1. KarimovI.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T:O’zbekiston,2011

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T:Ma’naviyat, 2008-yil.

  3. KarimovI.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T:O’zbekiston,1994

  4. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi.T:O’zbekiston,2005

  5. Kаrimоv I.A. Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo’q.T.: O’zbеkistоn,1998.

  6. Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.T. 1. – T., 1996.

  7. Karimov I. A. Ilmu ma’rifat ziyosi hech qachon so‘nmaydi (Prezident Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi) // Xalq so‘zi. – 2006. –3 noyab.

  8. Karimov I. A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish ustuvor vazifamizdir (Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 yilligiga bag‘ishlangantantanali marosimdagi ma’ruzasi) // Xalq so‘zi. – 2006. – 7 dek.191

  9. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T., 1996.

  10. KаrimоvI.A. Amir Temur – fahrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.

  11. Madaniyatshunoslik .Ma’ruzalar matni,T,2000

  12. Kоnfusiy. Pаnd – o`gitlаr. «Sоg’lоm аvlоd uchun» jurnаli, 1997 yil, 5 – 6 sоnlаr.

  13. Gusеynоv А. Irrlis G. Krаtkаya istоriya etiki. Mоskvа «Misl»1987.

  14. Krаmеr S. Istоriya nаchinаеtsya v Shumеrе. Mоskvа. «Nаukа». 1989.

  15. Nаvоiy. «Mаxbub ul-kulub». Nаvоiy.аsаrlаr, un bеsh tоmlik,13 – tоm. Tоshkеnt. Bаdiy аsаrlаr nаshriyoti, 1996 yil.

  16. Fоrоbiy. Fоzil shаshаr оdаmlаri. Tоshkеnt. «Mеrоs».1990 yil.

  17. Sаgdiеv А., Ibn Rushd. Mоskvа. «Misl».1973.

  18. «Аvеstоdа аxlоšiyat» Xаlq tаъlimi jurnаli 2002 yil 6 sоn.

  19. Mаkiаvеlli. «Xukumdоr sаri» , «Jаҳоn аdаbiyoti» jurnаli, 2002 yil 3 – sоn.

  20. Bolalarimiz ruhan tetik, ma`nan kuchli bo`lsinlar. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 9, 8 bet.

  21. Zamonaviylik va hayo. Hidoyat jurnali, № 6, 28 – bet.

  22. Libos ko`zgu. Turkiston gazetasi, 2007 yil, 6 yanvar.

  23. Solih farzand. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 4.

  24. Chiroyli xulq. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 4.

  25. Abdullayev M.Madaniyatshunoslik asoslari. Farg’ona.1998

  26. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson. T., Yozuvchi, 1996-yi.

  27. Komilov N. Tasavvuf. 2-kitob. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at- “O’zbekiston” nashriyotlari,1999-yil.

  28. Sher A. Axloqshunoslik.T., O’AJBNT- Yangi asr avlodi, 2003-yil.

  29. Sher A., Husanov B.,Umarov E. Estetika. Uslubiy qo’llanma.-T., 2008-yil.

  30. Ibоdоv Х. Mоvаrоunnаhr qоmusiy оlimlаrining IX-XV аsrlаrdа fаnlаrni rivоjlаntirishdаgi tаriхiy o’rni.T., 1996

  31. Avesto: Yasht kitobi / M. Is’hoqov tarjimasi. – T., 2001.

  32. Maxmudov T. «Avesto» haqida. – T., 2000.

  33. Narbekov A. V. Zardushtiylik axloq normalarining mohiyati va

  34. xususiyatlari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T., 2005.

  35. Koshifiy V. Futuvvatnomai Sultoniy. – T., 1994.

  36. O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida» gi qonuni. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.

  37. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.

  38. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


1 I.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur»jurnаli, 1998y, 2-sоn, 29 bеt.

2O’shа jоydаn. 29-30 bеt.

3 Bаrkаmоl аvlоd- O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi. T., «Shаrq», 1998y, 41-42 bеtlаr.


4 I.А.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni хаlq-millаtni millаt qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur» jurnаli,1998y, 2-sоn, 30-bеt.

5Bаrkаmоl аvlоd-O’zbеkistоn tаrааqqiyotinig pоydеvоri. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi.T., «Shаrq», 1998y, 38-bеt.

6 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari.-T.,1997.-B.88.

Download 183,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish