Falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi



Download 183.69 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2017
Hajmi183.69 Kb.
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FALSAFA FAKULTETI

ETIKA VA ESTETIKA KAFEDRASI

Boshqaruv etikasi” fanidan



KURS ISHI

Mavzu: Boshqaruv etikasida ta’lim omilining ustuvorligi

Bajardi:Djumanqulov A

Tekshirdi: Husanov B

TOSHKENT-2012 



MAVZU: Boshqaruv etikasida ta’lim omilining ustuvorligi
REJA:

KIRISH

ASOSIY QISM:

I-BOB.Davlatning ta’lim tizimini isloh etish siyosati

    1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni

    2. Uzluksiz yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni

II-BOB. Rahbar kadrlarni tayyorlash siyosati

 2.1. Ta’lim tizimini isloh etishga doir qonunchilik yutuqlari

2.2. Mustaqil O’zbekistonda kadrlar siyosati

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH.

Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi». Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi» degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotining murakkab hamda ko‘p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan yetuk rahbar kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish

Ushbu maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar quyidagicha:

Birinchidan: Jamiyatimizda tubdan isloh etilgan ta’lim tizimi bilan tanishish va ularning bugungi hayotimizda tutgan o’rnini aniqlash;

Ikkinchidan: yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish

Tadqiqotning obyekti va predmeti: Ta’limga doir qonun-hujjatlar, milliy dastur, shaxs va davlat munosabatlariga doir demokratik islohatlar

Tadqiqotning nazariy va metodologuk asosi: Mazkur kurs ishining ilmiy nazariy konsepsiyasini belgilab olishda mavzuga doir davlat qonun hujjatlari, bugungi olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy asarlar va mavzuga doir nazariy fikrlar, xulosalar metodologik asos vazifasini o’taydi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mustaqillik sharofati bilan totalitar tuzumining eskicha qarashlaridan ham xalos bo’ldik. Barcha soha singari ta’lim tizimi ham tubdan isloh etildi. Bundan ko’zlangan maqsad ma’naviy sog’lom va yetuk kadrlarni tarbiyalash hamda bu orqali boshqaruv jarayonini yanada demokratlashtirish edi.Ilmiy tadqiqotning yangiligi ham shu bilan ifodalanadi.

1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqi iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada jamiyatda yangicha ma’naviy va axloqiy qadriyatlar shakllanmoqda. Shu asosda ta’limning qadriyatlari muntazam to‘ldirib borilmoqda. Islohotlarning asosiy mohiyati —shaxsga, uning huquqlari, fuqarolik erkinligi, orzu-umidlari, jamiyatdan munosib o‘rnini egallay olishiga yo‘naltirilganligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda milliy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosni tiklash va rivojlantirish borasida erishilgan zalvorli yutuqlar bevosita o‘qitish va ta’lim jarayonining mazmuni hamda shaklini sezilarli darajada o‘zgartirib yubordi. Bu shubhasiz, ta’limni insonparvarlashtirish, shaxsni vatanparvarlik va bag’rikenglik ruhida tarbiyalashda ko’rinadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning, ziyolilarning fidokorona menati bilan boliqligini nazarda tutadi.

Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama etuk, komil insonni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir. Ta`lim to’g’risidagi qonunning 5-moddasida tegishli ma`lumoti "kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega" ekanligi ta`kidlanadi. Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kunimiz talabi bo’yicha o’qituvchiga qo’yilgan talablar ham ortib bormoqda.

O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etiladi. Maktab hayoti-amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.

Hozirgi kun o’qituvchisi chuqur bilimli, mutaxassislik fanini to’liq egallagan bo’lishi bilan birga buyuk insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, bolalar va kattalar bilan qiynalmasdan muomalaga kirisha oladigan, ularning ruhiyatini, holatini tushuna oladigan haqiqiy mohir pedagog bo’lishi lozim.

Bunday mutaxassis pedagog-psixolog-amaliyotchi o’qituvchi uchun kerak bo’ladigan yuksak pedagogik mahorat va texnika ko’nikmalarini egallagan shaxs bo’lishi kerak.

Mustaqil Respublikamizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Bu esa o’z navbatida yoshlarning bilim darajasini kengaytirishni, ma`naviy va intellektual meroslarimizga to’g’ri munosabatda bo’lishni talab qiladi.

Ma`lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta`lim sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta`limni insonparvarlashtirish orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish kelajakda o’qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.

Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o’ta salmoqlidir.

Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»1. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi»2 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlari:


  • ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish;

  • ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

  • ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

  • ota-ona, o’qituvchi. O’quvchining ta`lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

  • va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

Yangi ta`lim modeli. Ta`lim islohatlarini amalga oshirish va ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun ta`limning yangi modeli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uning tarkibiy qismlari ko’rsatib berildi va ular quyidagilardan iboratdir:

shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

uzluksiz ta`lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limning barcha turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;

fan- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;

ishlab chiqarish- kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi3.

«Ta`lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar va ta`limning yangi modeli amalga oshib borsa, mamlakatimizda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligini yurtboshimiz quyidagicha ko’rsatib beradi:

«Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma`nodagi «portlash effekti» ga, ya`ni uning samarasiga erishamiz»

Bu samara natijasida esa quyidagilar yuz berishi nazarda tutiladi:

Birinchidan, ta`lim qonuni va Milliy dasturimizda nazarda tutilgan vazifalar to’liq amalga oshgan taqdirda ular ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamalakatimizda mavjud muhit butunlay o’zgaradi.

Ikkinchidan, ta`limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi.

Uchinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi.

To’rtinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi, har bir inson o’zining qobiliyat, iste`dodini ishga sola oladi.

Beshinchidan, fuqarolik jamiyati qurilishi ta`minlanadi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng tarannum etishga erishiladi4.

Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlagan «portlash effekti»ga etib borish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni engib o’tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o’qituvchi- pedagoglarninggina vazifasi bo’lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta`minlanishi hozirgi kun talabidir.
1.2. Uzluksiz yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni

Uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, kasbiy ta’limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotining murakkab hamda ko‘p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish jarayonini muntazam ravishda tahlil qilib borish taqozo etiladi. Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalardagi bugungi ilg‘or o‘zgarishlar, ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanayotgani, ta’lim muassasalarida yangi texnika va texnologiyalar, AKTdan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilayotganligini nazarda tutgan holda Milliy modelining mazmun va mohiyati, uni amalga oshirish jarayonlariga doir olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ham takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shu tariqa Milliy dasturda yaqin yillarda hamda istiqbolda bajarilishi belgilangan vazifalarni ishonchli yondashuv asosida amalga oshirish hamda uning mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin.


  Ta’kidlash joizki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini ta’minlashda davlat ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari, maqsadli ko‘rsatmalari, uning shaxsga, barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligi o‘zgarishsiz qolishi muqarrardir. Vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayotining barcha sohalaridagi chuqur islohotlar, ularning mamlakatdagi jadal rivojlanishga ta’siri, natijalari Milliy dasturni amalga oshirishda yangi talablar qo‘ymoqda, tegishli ustuvor vazifalarni hal qilish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Bu talab uning mazmuni (2.2.-bo‘lim)da berilgan hozirgi bosqich vazifalarida o‘z aksini topgan: “... to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish”.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturini amalga oshirishda uni faqatgina tayanch tushuncha va kategoriyalar asosida rasmiyatchilik bilan hayotga tatbiq etish holatlari kuzatilmoqda. Bu uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar, bevosita ijrochilar, shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturining fundamental g‘oya va qoidalariga yetarlicha e’tibor berilmayotganini yoki yuzaki yondashilayotganini anglatadi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik va ahillikni ta’minlash eng muhim vazifalardan edi. Ayniqsa, mamlakatning taraqqiyot yo‘lini, jamiyat rivojining aniq va yorqin istiqbolini belgilab olish kun tartibida kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida turgan edi.  Ana shunday muhim bir davrda mamlakat kelajagining yaqin va uzoq muddatli taraqqiyot vazifalarini belgilab berishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ilmiy mardligi, donoligi va uzoqni ko‘ra bilish qudrati keng qamrovliligi bilan namoyon bo‘ldi. Buning yaqqol misoli 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan Asosiy qonun — O‘zbekiston Konstitutsiyasidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan asosiy qonunchilik hujjatlaridan biri — “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanish yo‘llarini belgilab berdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan va amalga oshirilayotgan yo‘lning to‘g‘riligi hech kimda shubha qoldirmadi, rivojlanishning besh asosiy tamoyiliga asoslangan o‘ziga xos “o‘zbek modeli” esa, umume’tirofga sazovor bo‘ldi. U O‘zbekistonda qator davlatlar amaliyotida kuzatilgan ko‘plab xatolarning chetlab o‘tilishiga, mamlakat rivojida ilg‘or tadrijiylik ta’minlanishiga hamda haqli ravishda yurtimizning xalqaro hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rinini egallashida mustahkam asos vazifasini o‘tadi.
 Mazkur siyosat o‘zining dinamikasi, zamonaviy hayot haqiqatlarini chuqur ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan talqin qilganligi, strategik maqsadga erishishdagi qat’iyligi hamda bu borada izchillikni ta’minlaganligi bois O‘zbekiston xalqini hamda jahon hamjamiyati ishonchini qozonib bormoqda, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka kafolatni mustahkamlamoqda.Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, yangilanishlar zamirida avvalo inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash, ilg‘or ijtimoiy ongni shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash kabi eng ezgu maqsadlar mujassamlashgan. Tanlangan strategiyaning noyobligi ham shundaki, o‘tish davrida, ko‘plab iqtisodiy va siyosiy muammolar mavjud bo‘lib turgan bir paytda, davlat va jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy sohaga — ta’lim va tarbiyaga, aholi sog‘ligini saqlashga, ma’naviy yangilanish, tiklanishga va yangi ijtimoiy ongni shakllantirishga ustuvorlik berildiki, buning asosiy maqsadi mamlakat mustaqilligi va gullab-yashnashiga erishish, xalqning erki va farovonligini ta’minlash edi. Qisqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati strategik maqsadga erishishning eng muhim sharti va omili sifatida iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga asoslangan yuqori sifatli ta’lim-tarbiya tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish ekanligini ko‘rsatib berdi. 

Davlat ta’lim siyosati aynan mana shu aniq, chuqur o‘ylangan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u Milliy modelda aniq aks etgan: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, hayotga tatbiq etish, hech bir mubolag‘asiz, strategik maqsadlarimiz — farovon, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo‘lmog‘i zarur”. Mustahkam siyosiy iroda va jamiyatning keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlashi orqaligina Kadrlar tayyorlash milliy dasturi singari o‘z miqyosiga ko‘ra ulkan ijtimoiy loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin edi. O‘z faoliyati davomida kadrlar tayyorlashga o‘ta jiddiy, birlamchi e’tibor qaratib, ta’lim sohasi, barkamol avlodni tarbiyalashga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotgan mamlakatimiz Prezidenti davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichida barcha davlat tuzilmalari va jamoatchilik tashkilotlari oldiga bugungi va istiqboldagi aniq maqsad va vazifalarni belgilab bermoqda. Yuqorida ta’kidlangan faoliyatning asosiy natijalaridan biri sifatida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar — kelajakka, ya’ni o‘sib kelayotgan avlodga, mustaqil fikrlovchi, yuksak ma’naviyatli, yuqori darajada ta’lim olgan, yetuk kasbiy salohiyatga ega shaxsni tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyaning qaror topishidir: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart”. Aynan shuning o‘zi jamiyatda yangicha ijtimoiy ongning shakllanishi, ijtimoiy-siyosiy iqlimning yanada yaxshilanishi, mamlakatning taraqqiyoti va gullab-yashnashi, uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashining sharti va kafolatidir.


 Davlat va jamiyatning eng muhim, dolzarb vazifasini hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda 1997 yilning fevral-mart oylarida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishga kirishildi.
Bu davr davlatimiz kelajagini belgilovchi, yangi ong, yangi tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni maqsadli tarbiyalashning o‘ziga xos sarchashmasiga aylandi. Davlat rahbarining maqsadi aniq va ravshandir, ya’ni xalqning boy madaniy-tarixiy hamda ma’naviy an’analari asosida ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda zamonaning eng yuqori talablariga, jamiyat va har bir shaxsning ehtiyojlariga to‘liq javob bera oladigan o‘zimizga xos va mos bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimini barpo etishdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining bu sohada mavjud bo‘lgan modellardan mazmun-mohiyat jihatdan farqli tomonlari shundaki, avvalo, uning sistemali yaxlitligi va uzviyligi, o‘z ichiga qamrab olgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish kabi o‘ta muhim komponentlar hamda mazkur sohalarning iqtisodiy-ijtimoiy modernizatsiyasining hisobga olinganligidadir. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlarning me’yoriy-huquqiy asosi bo‘lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta’lim tuzilmasi, mazmuni va sifatini tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning g‘oyalari oddiy pedagogik talqin doiralaridan ancha keng bo‘lib, chuqur, ijtimoiy va shaxsga yo‘naltirilgan qadriyatlar mohiyatini ochib beradi. Ushbu g‘oyalar hayotga izchil tatbiq qilinmoqda hamda kutilgan ilk natijalarini namoyon etmoqda. Oldimizga qo‘yilgan strategik maqsad—“gullab-yashnayotgan, qudratli demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllantirish” davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida izchil, maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni avvaldan belgilab berdi.

Каталог: uploads -> books -> 696768
696768 -> Oliy matematika
696768 -> Referat mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat Topshirdi: Azatova G
696768 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
696768 -> Turkistonda ikki hokimiyatchilik va sho’rolar hukmronligining o’rnatilishi”
696768 -> Nasimxon rahmonov o‘zbek mumtoz adaBIyoti tarixi
696768 -> Mirzo ulug‘bek nomli o‘zbekiston milliy universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti kurs ishi mavzu
696768 -> O’zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya Texnologiyalari Davlat Qo`mitasi
696768 -> Mundarija kirish
696768 -> O’. Toshbekov tuproqshunoslik asoslari fanidan o’quv-uslubiy majmua
696768 -> Elektronika va sxemotexnika


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa