143
o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omil- lar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. Aks hol- da ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib bo- rayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |