101
nomoddaviy shakllarini, ya’ni modda va antimodda ko‘rinishlarini qamrab oluvchi ta’rifga aylandi.
Materialistlar materiyani obyektiv reallik, deb ta’riflashadi. Obyektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning subyektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Obyektiv re- allikning mavjudligi qanday namoyon bo‘ladi? Bu savolga javob topishda, borliqning ajralmas xususiyatlarini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Har qanday jismning ajralmas xususiyati lotincha «atribut» so‘zi bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |