14 mavzu korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati
Videokonferensiyani tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 4 yanvardagi Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida yoshlar orasida Korrupsiyaga qarshi kurashish, korruptsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida fikr almashishdan iborat.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Dilshod Pulatov, Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi direktori oʻrinbosari Abduxofiz Karimov, Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo Komissiyasining Ekspert guruhi aʼzosi Nodira Zikrillayeva, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi mutaxassisi Komila Olimova, Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi Shayxontoxur tumani davlat mehnat huquqi inspektori Ergash Saidov, Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi Maʼruf Qurbonovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yosh yetakchilar kengashi ishtirokidaquyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
Tadbirni ochib bergan Abduxofiz Karimov oʻz soʻzida Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinganligi va bu borada muntazam ravishda islohotlar olib borilayotganligi xususida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. – Xususan, bugungi “Yoshlar – Korrupsiyaga qarshi” mavzuidagi videokonferensiya ham Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha 2018 yilda amalga oshiriladigan Jamlanma chora-tadbirlar rejasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2018 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi doirasida boʻlib oʻtmoqda,– dedi A.Karimov.
Tadbirda soʻzga chiqqan Dilshod Pulatov Gʻaznachilik boʻlinmalarida korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi nizom ijrosi xususida, shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi milliy qonunchiliklar yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Kodekslari (JK, JPK, XPK, FPK, MJtK, BK, SK), “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Ushbu meʼyoriy-hujjatlarga asosan shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish noqonuniy hisoblanadi. Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Videokonferensiyada Nodira Zikrillayeva “Davlat boshqaruvi sohasida yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar” mavzuidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. N. Zikrillayevaning maʼruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli qarori “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq Namunaviy qoidalari” koʻra Odob-axloqi qoidalari huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, davlat xizmatchilarining huquqiy ongini oshirishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qatʼiy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilganligi, bundan tashqari, manfaatlar toʻqnashuvi davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning oʻz xizmat vazifalarini xolisona va begʻaraz bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha ham maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida Kamila Olimova “Yoshlar orasida huquqiy taʼlimni targʻib qilishda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining oʻrni” mavzusida maʼlumotlar berib oʻtdi.– Bugungi kunda korruptsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Maʼlumki, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, mamlakat taraqqiyoti va farovonligiga tahdid soladi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi jiddiy va keskin kurash olib borilmoqda.
Mazkur videokonfrensiyada soʻzga chiqqan Ergash Saidov “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida yoshlarning konstitutsiyaviy huquqlari va ularni himoya qilish usullari haqida”gi mavzusi doirasida oʻz fikrlarini bayon etdi. U oʻz soʻzida mehnat kodeksiga asoslangan holda Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar hamda jamoa kelishuvi va shartnomalari, muzokaralar olib borish tartibi, bundan tashqari, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzish tartibi va uni bekor qilish, taraflarning majburiyatlari haqida ham toʻxtaldi.
Ushbu maʼlumotlardan yoshlar oʻzlari uchun kerakli bilim va malakaga ega boʻlishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |